Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pikovit sirop 150ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамины, минералы
Страна производитель
Словения
Дозировка
150 мл
Производитель
КРКА d.d.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pikovit®
Dori shakli
sirop, 150 ml
Tarkibi
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
retinol palmitati (1,7 mln XB/g) (A vitamini)900 XB
xolekaltsiferol (1 mln XB/g) (D3 vitamini)100 XB
askorbin kislotasi (S vitamini)50,00 mg
tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)1,00 mg
riboflavin natriy fosfati (V2 vitamini)1,00 mg
piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)0,60 mg
sianokobalamin(V12 vitamini) 1,00 mkg
nikotinamid (RR vitamini)5,00 mg
dekspantenol (D - pantenol)2,00 mg
yordamchi moddalar agar, tragant kamedi, saxaroza, suyuq dekstroza (glyukoza), apelsin moyi, greypfrut aromatizatori, apelsin aromatizatori, polisorbat 80, limon kislotasi monogidrati, Ponceau 4R bo‘yovchisi (E124), natriy benzoati, tozalangan suv.
Ta'rifi och-sariqdan to jigarrangsimon-to‘q sariq rangligacha bo‘lgan quyuq qovushqoq, arang ko‘rinadigan kiritmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Yoqimli hid va biroz nordon ta'mga ega.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar. Polivitaminlar.
ATX kodi A11VA
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Pikovit® siropi yuzasidan farmakokinetik ma'lumotlar yo‘q. Alohida vitaminlarning organizmdagi o‘rni ma'lum va adabiyotlarda ta'riflangan. Suvda eruvchi vitaminlar (V guruhi va S vitaminlari), organizmning sutkalik ehtiyojlariga to‘g‘ri keluvchi miqdorlarda juda yaxshi so‘riladi. To‘qimalarning to‘yinish darajasidan yuqori miqdorlari siydik bilan va ba'zida ahlat bilan chiqariladi. Ular organizmda faqat cheklangan miqdorlarda to‘planadi. Shuning uchun bu vitaminlarni muntazam qabul qilish to‘qimalarda kerakli kontsentratsiyalarini saqlab turish uchun muhim.
Peroral qabul qilingandan keyin yog‘da eruvchi A va D vitaminlari, yog‘lar ishtirokida ingichka ichakda yaxshi so‘riladi. Yog‘da eruvchi vitaminlarning ancha yuqori miqdorlari jigarda to‘planadi.
Farmakodinamika
si
Pikovit® siropi to‘qqizta asosiy vitaminlarni saqlaydi, ular organizmda ko‘pchilik biokimyoviy jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadi. Vitaminlarning organizmdagi samaralari, farmakodinamik emas, balki ular asosan fiziologikdir. Hayotiy muhim faoliyatlarni va yaxshi ruxiy jismoniy holatni saqlab turishda muhim rol o‘ynaydi.
A vitamini turli moddalarning (oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar) almashinuvida ishtirok etadi va teri, shilliq qavatlar, shuningdek ko‘ruv a'zosining normal faoliyatini ta'minlaydi.
D3 vitamini organizmda kaltsiy va fosfor balansini saqlab turishida muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmovchiligida suyak to‘qimasida kaltsiy miqdori kamayadi (osteoporoz).
V1 vitamini yurak faoliyatini normallashtiradi va nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi.
V2 vitamini to‘qimalar, shu jumladan teri xujayralarining regeneratsiyasi jarayonlariga yordam beradi.
V6 vitamini suyaklar, tishlar, milklarning strukturasi va faoliyatini saqlab turilishiga yordam beradi; eritropoezga yordam beradi, nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi.
V12 vitamini eritropoezda ishtirok etadi, nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi. V guruhi vitaminlari organizmda moddalar almashinuvini boshqaruvchi turli fermentlarni hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
S vitamini qator biologik faol moddalarni oksidlanishida, biriktiruvchi to‘qimadagi almashinuvni boshqarilishida, uglevodlar almashinuvida, qon ivishida va to‘qimalarning regeneratsiyasida ishtirok etadi, steroid gormonlarning xosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kapillyarlarningo‘tkazuvchanligini normallashtiradi. S vitamini organizmni infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, yallig‘lanish reaktsiyalarini pasaytiradi.
RR vitamini va D-pantenol - oqsillar metabolizmida, yog‘ kislotalari va xolesterinni sintezida, energiya xosil bo‘lishida ishtirok etuvchi kofermentlar va markaziy nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur.
Qo‘llanilishi
Pikovit® siropi profilaktik vosita sifatida bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarda
• ishtaha bo‘lmaganda;
• organizmni infektsion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;
• o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davrida;
• jismoniy rivojlanish yetarli bo‘lmaganda (o‘sishni orqada qolishida);
• kundalik ovqat ratsionida vitamin preparati sifatida, ayniqsa qishki va bahorgi davrlarda;
• maktab yoshidagi bolalarda yuqori jismoniy va nerv-psixik yuklamalarda;
• antibiotiklar qo‘llanganda majmuaviy davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Pikovit® sirop ichga qabul qilinadi.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 2 marta buyuriladi.
4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3 marta buyuriladi.
7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 o‘lchov qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3 marta buyuriladi, maksimal - sutkada 4 marta.
Siropni qoshiqchada yoki choy, sharbat yoki meva pyuresi bilan aralashtirib berish mumkin. Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas.
Ishtaha bo‘lmaganda siropni har kuni 1 oy davomida berish kerak.
Takroriy qabul qilish kursi 1-3 oydan keyin o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganda davolashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-faol moddalarga va preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
-qandli diabetda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sulfanilamidlar bilan davolanganda, kristalluriya rivojlanishini oldini olish uchun, S vitaminini yuqori dozalarda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalar paydo bo‘lgan holda, preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak.
Boshqa vitaminli va vitaminli-mineralli preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llashdan oldin, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish kerak.
Riboflavin saqlanishi tufayli, siydik sariq rangli bo‘lishi mumkin. Bu samara xavfsiz hisoblanadi.
Pikovit® siropini qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki 5 ml sirop (1 o‘lchov qoshig‘i) 3 g qand saqlaydi.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga siropni faqat shifokorning tavsiyasi va kuzatuvi ostida berish mumkin.
Ayrim ingrediyentlari xaqida maxsus ma'lumotlar
Pikovit® siropi saxaroza, glyukoza va azobo‘yovchi Ye124 saqlaydi.
Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza/galaktozani kam so‘rilishi yoki saxaroza-izomaltoza tanqisligini kam uchraydigan nasliy shakllari bo‘lgan patsiyentlarga bu preparatni buyurish mumkin emas.
Ponceau 4R Ye124 bo‘yovchi allergik reaktsiyalar rivojlanishini chaqirishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya samaralarini kuchayishi.
Davolash faollashtirilgan ko‘mir, me'dani yuvish; zarurati bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
100 yoki 150 ml dan sirop suyuqlikni ajratuvchi plastmassa tiqin va birinchi ochish nazorati bo‘lgan plastik qopqoq bilan berkitilgan to‘q shisha flakonda.
1 flakon dozalovchi qoshiq va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilganidan keyin siropni 2 oy davomida ishlatish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmar'eshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.