Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Polijen kaps. №12
Nomi | Narx | |||||
Полижен капс № 12 (2210337##2 062) |
UZS 108 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Полижен капс № 12 (2210337##2 100) |
UZS 108 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Полижен капс № 12 (2210336##2 123) |
UZS 111 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кальция гидрофосфат, витамин С, Е, лецитин соевый, железа фумарат, масло ростков пшеницы
Страна производитель
Египет
Производитель
World Medicine, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- L-Arginin20 mgMakroelementlar
- Metionin74 mkgMikroelementlar
- Vitaminlar
Preparatning savdo nomi
Polijen
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsulada quyidagilar saqlanadi
faol moddalar
Asalari suti20 mgAskorbin kislotasi 150 mg
Jenshen ekstrakti40 mgFolat kislotasi 0,5 mg
O‘stirilgan bug‘doy maysasi yog‘i 50 mgKaltsiy pantotenati 10 mg
Saflor yog‘i30 mgOrat kislotasi 10 mg
L-Arginin20 mgMakroelementlar
L-Lizin20 mgKaliy8 mg
Deanol bitartrati25 mgKaltsiy50 mg
Soya letsitini90 mgFosfor38,71 mg
Metionin74 mkgMikroelementlar
Butillangan gidroksitoluyen1 mgTemir14 mg
Gul changi25 mgFtor0,2 mg
Vitaminlar
Magniy1 mg
A vitamin palmitati5000 XBMis2 mg
D3 vitamini (xolekaltsiferol)400 XBYod150 mkg
Ye vitamini 180 mgMarganets2,5 mg
Biotin 0,2 mgMolibden186 mkg
V1 vitamini5 mgRux15 mg
V2 vitamini5 mgSelen50 mkg
V6 vitamini4 mgXrom100 mkg
V12 vitamini15 mkgNikel4 mkg
Nikotinamid 20 mg Bor130 mkg
yordamchi moddalar yeryong‘oq moyi, gidrogenlangan o‘simlik moyi, qisman gidrogenlangan o‘simlik moyi, oq asalari mumi.
kapsula qobig‘ini tarkibi jelatin, sorbitol, natriy metilparagidroksibenzoati, glitserin, natriy propilparagidroksibenzoati, titan dioksidi, etilvanilin, karmazin, brilliant ko‘ki.
Farmakoterapevtik guruxi metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita; aminokislotalar va o‘simlik komponentlaridan tarkib topgan vitamin-mineral kompleksi.
ATX kodi A11AB
Farmakologik xususiyatlari
Polijen tarkibida organizmni normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, mineral moddalar va aminokislotalarning muvozanatlangan majmuasi, shuningdek infektsion, hamda shamollash kasalliklariga, atrof-muhitning zararli ta'sirlariga nisbatan organizmning qarshiligini oshiradigan va organizmning umumiy tonusini oshiradigan biologik faol moddalarni saqlaydi.
Organizmda turli biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadigan vitaminlarning ratsional tanlab olingan majmuasi organizmga har tomonlama ijobiy biologik ta'sir ko‘rsatadi; mineral moddalar, tabiiy kimyoviy elementlar organizmda tabiiy kimyoviy muvozanatni ta'minlaydi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi aminokislotalar to‘qima oqsillari, fermentlar, gormonlar va boshqa biologik muhim birikmalarni sintezi uchun asosiy qurilish materiali hisoblanadi.
Jenshen keng farmakologik ta'sir doirasiga ega. Jenshenning biologik faol moddalar majmuasi markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini kuchaytiradi. Organizmning tabiiy qarshilik ko‘rsatish va regenerativ hususiyatini oshiradi.
A vitamini ko‘rish pigmentlarini shakllanishida ishtirok etadi; epitelial hujayralarining butunligini ta'minlaydi, organizmning o‘sishini boshqaradi.
V1 vitamini - koferment sifatida uglevodlar almashinuvida, nerv tizimining faoliyatida ishtirok etadi.
V2 vitamini – hujayra nafasi va ko‘rish jarayonining katalizatoridir; DNK shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, to‘qimalar (shu jumladan teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlariga yordam beradi.
B6 vitamini - koferment sifatida aminokislotalar, oqsillar metabolizmida, shuningdek neyromediatorlarni sintezida ishtirok etadi.
B12 vitamini folat kislotasi bilan birga nukleotidlar sintezida qatnashadi; hamda eritrotsitlar va miyelin xujayralarini shakllanishida ishtirok etadi, organizmning o‘sishi uchun zarur.
Folat kislotasi megaloblastlarni normal yetilishi va normoblastlarni hosil bo‘lishi uchun kerak. Eritropoezni stimullaydi, aminokislotalar (shu jumladan metionin va serin), nuklein kislotalari, purin va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi.
Kaltsiy pantotenati koenzima A ning tarkibiy qismi sifatida atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi; epiteliy va endoteliyni shakllanishi va regeneratsiyasiga yordam beradi.
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi; kollagen sintezini ta'minlaydi; folat kislotasi va temir metabolizmida, shuningdek steroid gormonlar va katexolaminlarni sintezida qatnashadi.
Ye vitamini antioksidant xususiyatlariga ega, membranalarda to‘yinmagan yog‘ kislotalarini lipoperoksidlanishidan himoyalaydi; xujayralararo modda, kollagen va elastik tolalarni shakllanishida ishtirok etadi.
D3 vitamini ichaklardan kaltsiy, fosfatlar va magniyni so‘rilishini stimullaydi va suyaklarning oqsil stromasi sintezini va kaltsiyni suyak to‘qimasi va dentinda to‘planishini faollashtiradi, suyak to‘qimasini rezorbtsiyasiga to‘sqinlik qiladi, organizmdan qo‘rg‘oshinni chiqarilishiga yordam beradi.
Biotin - yog‘lar va uglevodlar almashinuvida, pirouzum kislotasini oksidlanishida ishtirok etadi.
Orat kislotasi - pirimidin asoslarining oraliq mahsuloti sifatida nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi, jigarda albuminlar hosil bo‘lishini, ayniqsa uzoq davom etgan gipoksiya sharoitlarida kuchaytiradi, regeneratsiya faoliyatini yaxshilaydi, anabolizmni oshiradi.
Nikotinamid hujayra nafasi jarayonlarida, yog‘lar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi.
Magniy neyronlar qo‘zg‘aluvchanligini va mushaklarga nerv impulslarini o‘tishini kamaytiradi, kofaktor sifatida ko‘pchilik fermentativ reaktsiyalarda ishtirok etadi.
Fosfor metabolitik jarayonlarda, energiya almashinuvida, suyak to‘qimasiini shakllanishida, o‘sish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi.
Kaltsiy suyak to‘qimasi va tishlarni shakllanishi uchun zarur; qon ivishi jarayonlarini taminlaydi.
Kaliy hujayra ichidagi osmotik bosimni tutib turishda, nerv impulslarini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etadi; mushaklar, shu jumladan miokard metabolizmi va faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
Temir eritropoezda ishtirok etadi, gemoglobin tarkibida kislorodni to‘qimalarga tashilishini ta'minlaydi.
Rux V guruhi vitaminlarini o‘zlashtirilishini yaxshilanishiga yordam beradi, suyak to‘qimasini normal rivojlanishi uchun muhim, me'da osti bezi shirasining tarkibiy qismi hisoblanadi, bir qator gormonlarni hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Yod qalqonsimon bez gormonlarini sintezi uchun zarur.
Xrom qonda glyukozaning miqdorini va organizmning gormonal holatini boshqarilish jarayonlarida ishtirok etadi, qonda xolesterinning darajasini pasayishiga yordam beradi, organizm xujayralarida yog‘larni to‘planishiga qarshilik qiladi.
Mis hujayra nafasi jarayonida, qon hosil bo‘lishida, immun rektsiyalarda ishtirok etadi.
Marganets suyak to‘qimasini rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatadi, to‘qimalar nafasida, immun reaktsiyalarda ishtirok etadi.
Molibden oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarda ishtirok etadi, ferment kofaktori sifatida ta'sir qilishi mumkin.
Selen to‘qimalarning elastikligini boshqarilishida ishtirok etadi, yaqqol antioksidant ta'sir ko‘rsatadi.
Nikel biologik tizimlar tarkibiga kiruvchi muhim element hisoblanadi (uning spetsifik metallofermentlar tarkibiga kirishi taxmin qilinadi).
Ftor tish emali va suyaklarning komponentidir.
Bor suyak to‘qimasini shakllanishida muhim ahamiyatga ega, uning mustahkamligini ta'minlaydi, osteoporoz rivojlanishini oldini oladi. Bor, suyak to‘qimasi tomonidan kaltsiyning assimilyatsiyasini yaxshilaydi, deb taxmin qilinadi.
L-arginin aminokislotasi oqsillar uchun qurilish blokidir. L-arginin normal arterial bosimni ta'minlaydi va umuman yurak qon-tomir tizimining normal faoliyatini ta'minlaydi. U qon tomirlarini kengayishiga yordam beradi va shunday qilib aterosklerotik blyashkalarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ushbu aminokislota to‘qimalarni o‘sishi, qayta tiklanishi uchun, antitelolar, gormonlar va fermentlar hosil bo‘lishi uchun zarur.
Metionin – almashtirib bo‘lmaydigan aminokislota bo‘lib, u yog‘larni qayta ishlanishiga yordam berib, ularni jigarda va arteriya qon-tomirlarining devorlarida to‘planib qolishini oldini oladi. Metionin tarkibida erkin radikallarni faolsizlantiruvchi oltingugurt saqlaganligi sababli, yaqqol antioksidant ta'sir ko‘rsatadi.
L-lizin to‘qimalarni o‘sishi, qayta tiklanishi uchun, antitelolar, gormonlar va fermentlarni ishlab chiqarilishi uchun zarur bo‘lgan aminokislotadir. Lizinni qo‘shimcha qabul qilish toliqishni oldini oladi, kaltsiyni o‘zlashtirilishi hamda suyak va biriktiruvchi to‘qimalarning tiklanishiga yordam beradi.
Gul changi – organizmning chidamliligini oshiradi, immun tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Asalari suti tarkibida A, S, Ye, V guruhi vitaminlari, aminokislotalar, mineral tuzlar, kaltsiy, temir, kremniy, organik kislotalarni saqlaydi. Qon tomirlarini kengaytiradi, arterial bosimni boshqaradi, hujayralarni oziqlanishini yaxshilaydi, toliqish va stressni yengishga yordam beradi, immun tizimi, hujayralar metabolizmini hamda regenerativ jarayonlarni stimullaydi. Yallig‘lanishga qarshi va adaptogen ta'sirlarga ega. Immunitetni oshiradi.
Deanol – MNT ni yengil stimulyatori va nootrop vosita. Deanol kognitiv faoliyatlarni yaxshilaydi, almashinuv jarayonlarini faollashtiradi, miyaning gipatalamus va boshqa sohalarida sinaptik o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi. Deanolni katta dozalarda qo‘llash sinaptik oxirlarda atsetilxolinning miqdorini oshiradi, xolinoretseptorlarning zichligini oshiradi.
O‘stirilgan bug‘doy maysasining yog‘i - (E vitaminining manbai) hujayra membranalari butunligini saqlanishiga yordam beradi va xujayra tuzilmalarini erkin radikallar va lipidlarning peroksidli oksidlanishi oqibatida hosil bo‘lgan reaktsion hususiyatga ega mahsulotlari bilan shikastlanishdan himoya qiladi. O‘smalarga qarshi va immunostimulyator ta'sir ko‘rsatadi.
Saflor moyi monoto‘yinmagan yog‘ kislotalarini ko‘p miqdorda saqlaydi, ular qonda yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning miqdorini («yaxshi xolesterin») o‘zgartirmasdan, past zichlikdagi lipoproteinlarning («yomon xolesterin») darajasini kamaytiradi.
Letsitinni tarkibiga essentsial fosfolipidlar kiradi, ular hujayra membranalarining universal plastik materiali hisoblanadi. Fosfolipidlar hujayralar membranalarining tuzilishi va faoliyatini tiklanishiga yordam beradi va ko‘pchilik hayot uchun muhim bo‘lgan jarayonlarda qatnashadi. Letsitin jigarni surunkali gepatit, sirroz, oziq-ovqat, dorilar, alkogol va radiatsion shikastlanishlarida jigarning faoliyatini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Polijen preparatining ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarining umumiy ta'siri bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetikkuzatishlarni o‘tkazish imkoniyati yo‘q; tarkibiga kiruvchi barcha komponentlarini markerlar yoki biotekshirishlar yordamida kuzatish mumkin emas.
Qo‘llanilishi
• kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda gipo- va avitaminozlarni davolash va oldini olishda;
• aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi, holsizlik, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishida;
• sog‘ayish jarayonlarini tezlashtirish uchun, xususan og‘ir kasalliklar, jarrohlik operatsiyalari va radioterapiyadan keyin;
• turlicha rivojlangan anemiyada;
• sportchilarning jismoniy chidamliligini oshirish uchun;
• stress oqibatlarini oldini olish uchun;
• ayollardagi klimakterik davrda;
• erkaklar impotentsiyasida;
• jinsiy asteniya va bepushtlikda;
• jinsiy yetilish davridagi vitaminlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lganida;
• parhezga qat'iy rioya qiluvchi shaxslar uchun;
• muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda;
• sochlarni to‘kilishi va sinuvchanligida;
• nevrozlar, qandli diabet, bo‘g‘imlarni yallig‘lanish kasalliklari, ko‘z va teri kasalliklari va boshqa surunkali kasalliklarda;
• organizmning umumiy qarshiligini oshirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kuniga yoki kunora bir kapsuladan nonushtadan keyin qabul qilinadi.
Tavsiya etilgan davolash kursi 2-3 haftani tashkil etadi.
Boshqa holatlarda shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta'sirlari kam rivojlanadi.
Ayrim hollarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, taxikardiya, allergik reaktsiyalar (eshakemi) namoyon bo‘lishi mumkin.
Yaqqol ifodalangan nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga;
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi kungacha Polijen preparatini boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Boshqa vitamin va mineral preparatlari bilan bir vaqtda buyurilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Polijen preparatini kunning ikkinchi yarmida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Polijen preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Agar bunday davolashni o‘tkazish zarur bo‘lsa, u holda qat'iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida o‘tkaziladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Polijen preparati tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan. Dozasi tasodifan oshirib yuborilganida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan, chunki Polijen preparatini tarkibiga kiruvchi komponentlar (ayniqsa yog‘da eruvchi vitaminlar va temir) ning organizmga toksik ta'sir qilishi mumkinligini inobatga olish kerak.
Chiqarilish shakli
6 ta kapsuladan blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15-25°S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Ye.I.P.I. Ko., Misr, Tens ov Ramadan Siti,
Birinchi sanoat zonasi V1, a/ya 149 Tens
(«E.I.P.I.CO.» Egypt, Tenth of Ramadan City,
First Industrial Area B1, P.O. box 149 Tenth)
«Uorld Meditsin», Buyuk Britaniya uchun ishlab chiqarilgan
(«World Medicine», Great Britain)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.