Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Производитель
ЗАО "Алтайвитамины", Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Revit
Dori shakli
draje
Bir draje tarkibi
Faol moddalar
Retinol palmitati (A vitamini) - 0,00138 g
(2500 XB)
Tiamin gidroxloridi – 0,001 g
Riboflavin – 0,001 g
Askorbin kislotasi – 0,035 g.
Yordamchi moddalar
Bug‘doy uni – 0,02747 g
Kraxmal patokasi – 0,02857 g
Saxaroza (qand) – 0,40456 g
“Apelsin 508” ovqat xushbo‘yi – 0,00007 g
Asalari mumi – 0,00013 g
Kungaboqar moyi – 0,00013 g
Talk – 0,00069 g
Draje massasi - 0,5 g.
Ta'rifi sariqdan sariq-to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan draje.
Farmakoterapevtik guruhi
polivitamin
ATX kodi A11BA.
Farmakologik xususiyatlari
Umumiy quvvatlantiruvchi, to‘qima almashinuvini boshqaruvchi.
Qo‘llanilishi
Vitaminlarga yuqori ehtiyoj bilan kechadigan holatlarda (yuqori jismoniy va nerv-ruhiy zo‘riqish, ayniqsa atrof-muhitning noxush sharoitlarida, homiladorlik, emizish, ovqatlanishning umumiy buzilishida, o‘tkazilgan infektsion kasalliklardan keyingi sog‘ayish davrida) va infektsion va shamollash kasalliklariga organizmni qarshiligini oshirish uchun kattalar va bolalar uchun profilaktik vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan 10-15 minut keyin, 1-2 oy davomida har kuni buyuriladi. Kattalarga 1 drajedan kuniga 3 marta buyuriladi.
3 yoshdan 7 yoshgacha - kuniga 1-2 drajedan, 7 yoshdan 15 yoshgacha - kuniga 2-3 drajedan buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tavsiya etilgan dozada klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta'sirlar qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
dan saqlanish uchun polivitamin majmualarini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Siydikni rangi sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu mutlaqo xavfsiz hisoblanadi va preparat tarkibida riboflavin borligi bilan tushuntiriladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Ichga qabul qilish uchun tavsiya etilgan.
Homiladorlarga kuniga 1 drajedan 2 marta, emizikli ayollarga kuniga 1 drajedan 3 marta buyuriladi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Yog‘da eriydigan vitaminlar to‘qimalarda to‘planishi mumkin. Doza oshirib yuborilganida suvda eriydigan vitaminlarga nisbatan ular ko‘proq toksik hisoblanadi.
A vitamini dozasini o‘tkir oshirib yuborilishining simptomlari (bir marta 300000 TB dan 1 mln TB gacha (120-400 draje) qabul qilinganidan keyin 6 soat o‘tgach rivojlanadi) uyquchanlik, lohaslik, diplopiya, bosh aylanishi, kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, og‘ir darajali qusish, diareya, ta'sirchanlik, osteoporoz, milklarni qonashi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi va yara paydo bo‘lishi, lablarni, terini kepaklanishi (ayniqsa kaftni), qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi. Klinik simptomlari qaytuvchandir. Davolash preparatni bekor qilish; simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
100 drajedan qopqoqcha bilan berkitilgan polietilen bankada.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
1 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/sifat bo‘yicha e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
«Altayvitamini» YoAJ
659325, Rossiya, Biysk sh., Zavodskaya ko‘ch, 69
Telefon (3854) 326-946, 338-719
Faks (3854) 327-640
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.