Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rotavit Kids sirop 150 ml flakon № 1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин A, B1, B2, B5, B6, B9, B12, C, D3, E, PP, железо, медь
Страна производитель
Турция
Дозировка
150 мл
Производитель
Rotapharm Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rotavit Kids
Dori shakli
Sirop.
Tarkibi
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
A vitamini (retinol palmitati) 133 mkg;
V1 vitamini (tiamin gidroxloridi) 0,5 mg;
V2 vitamini (natriy riboflavin 5-fosfati) 0,8 mg;
V5 vitamini (kaltsiy-D-pantotenati) 2 mg;
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) 0,5 mg;
V9 vitamini (folat kislotasi) 80 mkg;
V12 vitamin (tsianokobalamin) 1 mkg;
S vitamini (askorbin kislotasi) 30 mg;
D3 vitamini (xolekaltsiferol) 2,5 mkg;
Ye vitamini (tokoferol atsetati) 5 mg;
RR vitamini (nikotinamid) 6 mg;
temir (temir laktat digidrati shaklida) 4 mg;
mis (suvsiz mis sulfati shaklida) 100 mkg;
rux (rux sitrati trigidrati shaklida) 2,5 mg;
solod ekstrakti 0,5 g;
yordamchi moddalar suvsiz dekstroza, glitserin, kaliy sorbati, «Apelsin» aromatizatori, maltitol, «Vanilin» aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi jigarrang rangdan yashil tusli to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan, shirin ta'mli qovushqoq sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
Polivitaminlar boshqa preparatlar bilan majmuada.
ATX kodi A11AV
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Rotavit Kids – organizmning hayot faoliyati va normal funktsiyasi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, mineral moddalar va o‘simlik ekstraktlari kompleksidir. Turli kasalliklarga va tashqi muhitning noxush omillariga organizmning qarshiligini oshiradi.
A vitamini oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, oqsillari sintezini boshqarishda ishtirok etadi, normal moddalar almashinuviga, hujayra va subhujayra membranalari funktsiyasiga yordam beradi; yangi hujayralarni o‘sishi uchun muhim, ko‘rish funktsiyasini normallashtiradi.
V1 vitamini ketokislotalarni dekarboksillanishi uchun koenzimning tarkibiy qismi sifatida uglevodlar almashinuvining zarur komponenti hisoblanadi; uglevodlar, oqsillari va yog‘lar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, sinapslar bo‘ylab nerv qo‘zg‘aluvchanligini o‘tishida ishtirok etadi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, nerv to‘qimasida metabolizmni yaxshilab, detoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi.
V2 vitamini hujayra nafasi va ko‘rish jarayonlarining muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, DNK ni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, to‘qimalar regeneratsiyasi (shu jumladan, teri hujayralari), hujayralarda trofik buzilishlarni to‘g‘rilanish jarayonlariga yordam beradi.
V5 vitamini A kofermentining (fermentlarning faolligini namoyon qilish uchun kerak bo‘ladigan, oqsil tabiatiga ega bo‘lmagan organik birikma) tarkibiga kiradi. Atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Uglevodlar va yog‘lar almashinuvida va atsetilxolin sintezida ishtirok etadi.
V6 vitamini aqliy jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qonda glyukozaning darajasini boshqaradi, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning faoliyatini normallashtiradi, miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustahkamlaydi, neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi, antidepressiv ta'sir ko‘rsatadi.
V9 vitamini to‘qimalarni o‘sishi, rivojlanishi va proliferatsiyasi jarayonlarini normal kechishi uchun muhim, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, me'dada xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
V12 vitamini immunomodulyator, allergiyaga qarshi ta'sirlarga ega, nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi, ishtahani oshiradi. V12 vitamini turli aminokislotalar sintezida ishtirok etadi, jigar, nerv tizimi funktsiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, qon ivishi jarayonlarini, uglevodlar va lipidlar almashinuvini normallashtiradi.
S vitamini kuchli qaytaruvchi hususiyatlarga ega, xususan, atrof-muhitning toksik moddalarini zararsizlantiruvchi fermentlarni qaytaradi. Kollagenni (qon-tomirlar, pay, boylam va suyaklarning struktur komponentlaridan biri hisoblanadi) sintezi uchun, xolesterinni, yog‘larni hazm bo‘lishi uchun xizmat qiladigan o‘t kislotalariga aylanishi uchun muhim, shu bilan birga ichaklar harakatini kuchaytiradi.
D3 vitamini ichgichka ichakda, kaltsiyni bog‘lovchi oqsillar sintezini rag‘batlantirib, kaltsiyni so‘rilishini oshiradi, buyrak naychalarida kaltsiyni qayta so‘rilishini oshiradi. D3 vitamini osteoblastlar sintezini faollashtirishi hisobiga matritsa oqsillari va I tip kollagan sintezini oshirishi orqali suyak to‘qimasini qayta modellanishi jarayonlarini faollashtiradi. Qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezlari, jinsiy bezlarning funktsional holatiga ta'sir ko‘rsatib, skelet suyaklarini kaltsifikatsiyasini ta'minlaydi.
Ye vitamini hujayralarni shikastlanishlardan himoya qiladigan antioksidant modda hisoblanadi, erkin radikallarni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, mushaklar faoliyatini va jinsiy bezlar funktsiyasini rag‘batlantiradi. Hujayralararo modda, biriktiruvchi to‘qima tolalari, qon-tomirlar, ovqat hazm qilish yo‘llarining silliq mushaklarini shakllanishida ishtirok etadi.
RR vitamini hujayra nafasida va oliy nerv faoliyatini boshqaruvchi oqsillar almashinuvida va ovqat hazm qilish a'zolarining funktsiyasida ishtirok etuvchi fermentlarning tarkibiga kiradi.
Temir – eritropoezni rag‘batlantiruvchi mikroelement. Gemoglobin, mioglobin, turli fermentlarning tarkibiga kiradi; kislorodni qaytar bog‘laydi va qator oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi; qon yaratish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Temir temir tuzlari ko‘rinishida qo‘llanganida organizmda temir tanqisligini tezda to‘ldiradi.
Mis organizmda anabolik jarayonlarga yordam beradi, ayrim fermentlar (tsitoxromoksidaza, tirozinaza va boshqalar) funktsiyasida, teri, sochlar va ko‘z, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, ichki sekretsiya bezlarining funktsiyasiga ta'sir qiladi.
Rux odam organizmdagi 80 dan ortiq fermentlarning tarkibiy qismi hisoblanadi, u eritrotsitlar va qonning boshqa shaklli elementlarini hosil bo‘lishi uchun zarur. Ko‘rish jarayonining fotokimyoviy reaktsiyalarida, ichki sekretsiya bezlarining faoliyatida ishtirok etadi.
Solod ekstraktlari tabiiy energiya manbai hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Rotavit Kids preparatining tarkibi uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning hususiyatlarini yig‘indisi bilan belgilanadi. Kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q, chunki komponentlarning majsuasini markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatish mumkin emas. Shu sababli preparatning metabolitlarini aniqlash mumkin emas.
Qo‘llanilishi
bolalarda gipovitaminozlar va mikroelementlar tanqisligini oldini olish;
infektsion va shamollash kasalliklariga nisbatan organizmning qarshiligini oshirish uchun;
vitaminlar va mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyojni oshishi bilan kechuvchi holatlar (to‘liq bo‘lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanish, ishtahani pasayishi, kimyoviy vositalar bilan davolangandan keyingi davr, astenik holatlar, jismoniy va aqliy yuklamalarni oshishi, o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davri) da preparatni qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rotavit Kids preparati ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Siropni qabul qilishdan oldin flakonni chayqatish kerak. Zarurat bo‘lganida siropni suv, mevali sharbat, bolalar aralashmasiga qo‘shish mumkin.
3-6 oylikdagi bolalarga 2,5 ml dan kuniga 1 marta buyuriladi.
7 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan kuniga 1 marta buyuriladi.
5 yoshdan oshgan bolalarga – 5 ml dan kuniga 2 marta buyuriladi.
Siropni dozalash uchun 2,5 ml, 3 ml, 5 ml, 7,5 ml, 10 ml, 15 ml sig‘imlarga bo‘lingan o‘lchov stakanidan foydalaniladi.
Preparatni qabul qilish davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Tavsiya etilgan dozalardan ortiq dozalarda ishlatilganida ko‘ngil aynishi, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
gipervitaminozda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning tarkibiga kiruvchi V6 vitamini levodopaning samaradorligini kamaytiradi.
Tarkibi
ga mineral moyi kiruvchi surgi dori vositalari, va kolestiramin A, D va E vitaminlarining o‘zlashtirilishini pasaytiradilar.
Ftoruratsil, vinblastin, bleomitsin, sisplatin A, V1 va V6 viaminlarining o‘zlashtirilishini izdan chiqaradilar.
Penitsillamin, izoniazid V1 vitaminini chiqarilishini oshirib, uning samaradorligini pasaytiradi.
Izoniazid piridoksinning samaradorligini pasaytiradi.
Ye vitamini yurak glikozidlari, glyukokortikosteroidlar, nosteroid yallig‘lanish vositalarining samarasini kuchaytiradilar.
Rotavit Kids preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi sulfanilamid guruhiga mansub mikroblarga qarshi vositalarning farmakologik ta'siri va nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi.
Rotavit Kids preparatini, dozani oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida, boshqa polivitamin komplekslari, ayniqsa tarkibida A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etilgan dozalardan oshirish mumkin emas.
Siydikning rangi jadal sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibida riboflavinni borligi bilan ifodalanadi.
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
3 oylikkacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o‘rganilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozasi bexosdan oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash zarurat bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun sirop 150 ml dan buraladigan himoya qopqoqchasi bo‘lgan sariq rangli flakonda.
1 flakon o‘lchov stakani va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Rotafarm Ilachlarы Limited Shirketi», Turkiya
(“Rotapharm Ilaçları Limited Şirketi” Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Farmamag Ambalaj Sanayi ve Tidjaret A.Sh.», Turkiya
(Avdjыlar Ilchesi, Baglarichi Djaddesi №14, Kat 2, Istambul)
“Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.Ş.”, Turkey
(Avcılar İlçesi, Bağlariçi Caddesi No14, Kat 2, İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Tar Pharm Alliance» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch, 166 uy
Telefon 277-76-78, 277-76-48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.