Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sanovit sirop 100ml №1
Nomi | Narx | |||||
Сановит сироп 100 мл № 1 (405001240##2 276) |
UZS 62 600
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин A, PP, E, D3, B1, B2
Страна производитель
Турция
Дозировка
100 мл
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sanovit
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun sirop.
Tarkibi
1 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
A vitamini (retinol palmitati shaklida) 150 ME;
B1 vitamini (tiamin gidroxloridi) 0,10 mg;
B2 vitamini (riboflavin natriy fosfati) 0,12 mg;
B5 vitamini (dekspantenol) 0,20 mg;
B6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) 0,15 mg;
V9 vitamini (folat kislotasi) 0,01 mg;
B12 vitamini (tsianokobalamin) 0,15 mkg;
S vitamini (askorbin kislotasi) 6 mg;
D3 vitamini (xolekaltsiferol) 40 ME;
E vitamini (all-rac-α-tokoferil atsetati) 0,7 ME;
PP vitamini (nikotinamid) 1,20 mg;
yordamchi moddalar natriy propilparagidroksibenzoati, natriy metilparagidroksi-benzoati, kristallanmaydigan sorbitol eritmasi, glitserin, natriy saxarini, «Apelsin» aromatizatori, polisorbat 80, propilgallat, butilgidroksianizol, natriy gidroksidi, dinatriy edetati, tozalangan suv.
Ta'rifi oltin-sariq rangli, apelsin hidli tiniq sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
polivitaminlar.
ATX kodi A11BA
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sanovit – majmuaviy multivitamin preparat bo‘lib, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning samaralari bilan ifodalanadi. Vitaminlar moddalar almashinuvida biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning katalizatorlari va regulyatorlari sifatida ishtirok etadilar.
A vitamini oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, oqsillar sintezini boshqarishda ishtirok etadi, moddalar almashinuvini normal kechishiga, hujayra va subhujayra membranalarining faoliyatiga yordam beradi, yangi hujayralarni o‘sishi uchun zarur, qarish jarayonini sekinlashtiradi.
B1 vitamini organizmning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beruvchi hujayra energiyasidir, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, detoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek nerv to‘qimasining metabolizmini yaxshilaydi. Tiamin ayniqsa nerv va mushak to‘qimalarida uglevodlar va energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydigan qator fermentlarning kofermentlarini tuzilishida ishtirok etadi. Tiaminni yetishmovchiligi Beri-beri sindromi (spetsifik polinevrit) va Vernike sindromi (polinevrotik psixoz) ni rivojlanishiga olib keladi.
B2 vitamini hujayra nafasi va ko‘rish jarayonlarining muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, DNKni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, to‘qimalar (shu jumladan teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlariga, hujayralarda trofik buzilishlarni korrektsiya qilishga yordam beradi.
B5 vitamini koferment A (fermentlarning faolligini namoyon qilish uchun kerak bo‘lgan oqsil tabiatli bo‘lmagan organik birikma) ning tarkibiga kiradi. Uglevodlar va yog‘larni atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida, o‘t kislotalari sintezida, gormonlar sintezida muhim rol o‘ynaydi.
V6 vitamini aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qonda glyukozaning darajasini boshqaradi, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlarning faoliyatini normallashtiradi, miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustahkamlaydi, antidepressant hisoblanadi.
V9 vitamini to‘qimalarni o‘sishi, rivojlanishi va proliferatsiyasi jarayonlarini normal kechishi uchun, xususan qon yaratilishi va embriogenez uchun zarur, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, me'dada xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
V12 vitamini immunomodulyator, allergiyaga qarshi, antiaterosklerotik ta'sirga ega, arterial bosimni normallashtiradi, nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi, reproduktiv faoliyatni yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. V12 vitamini turli aminokislotalarning sintezida ishtirok etadi, jigar, nerv tizimining faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, qon ivishi, uglevodlar va lipidlar almashinuvi jarayonlarini faollashtiradi.
S vitamin kuchli qaytarilish hususiyatlariga ega, xususan, atrof muhitning zaharli moddalarini zararsizlantiradigan fermentlarni tiklaydi. Kollagen (qon-tomirlar devori, bog‘lamlar va suyaklarning struktur komponentlaridan biri) sintezi, xolesterinni yog‘larni hazm qilish uchun, shuningdek ichaklar harakatini kuchaytiradigan yog‘ kislotalariga aylantirish uchun zarur.
D3 vitamini kaltsiyni bog‘lovchi oqsillar sintezini rag‘batlantirib, ingichka ichakda kaltsiyni so‘rilishini oshiradi, buyrak naychalarida kaltsiyni reabsorbtsiyasini oshiradi. D3 vitamini osteoblastlar sintezini faollashuvi yordamida matritsa oqsillari va I turdagi kollagen sintezini oshirish orqali suyak to‘qimasini qayta modellanish jarayonlarini faollashtiradi. Qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, jinsiy bezlarning funktsional holatiga ta'sir qiladi, skelet suyaklarini kaltsifikatsiyasini ta'minlaydi.
Ye vitamini hujayralarni shikastlanish va qarishdan himoya qiladigan antioksidant modda hisoblanadi, erkin radikallarni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, mushak faoliyati va jinsiy bezlar faoliyatini rag‘batlantiradi. Hujayralararo modda, biriktiruvchi to‘qima tolalari, qon-tomirlar, ovqat hazm qilish yo‘llarining siliq mushaklarini shakllanishida ishtirok etadi.
PP vitamini hujayra nafasi va oliy nerv faoliyati va ovqat hazm qilish a'zolarining faoliyatini boshqaruvchi oqsillar almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning tarkibiga kiradi.
Farmakokinetikasi
Sanovit preparatining ta'siri komponentlarining umumiy hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q. Barcha komponentlarini markerlar yordamida yoki biotadqiqotlar yordamida bir vaqtda kuzatish mumkin emas.
Qo‘llanilishi
• avitaminozlar va gipovitaminozlarni oldini olish;
• jismoniy va aqliy ish faoliyatini oshishi;
• almashinuv jarayonlarini normallashishi;
• o‘tkazilgan kasalliklardan keyin sog‘ayish davri;
• organizmni infektsion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sanovit ichga ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Siropni dozalash uchun o‘lchov stakanidan foydalaniladi.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 5 ml dan buyuriladi;
4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 10 ml dan buyuriladi.
Kattalarga sutkada 10-20 ml dan buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning tarkibiga kiruvchi B6 vitamini levodopaning samaradorligini kamaytiradi.
Tarkibi
ga mineral moy kiruvchi surgi dori vositalari va kolestiramin A, D va E vitaminlarining o‘zlashtirilishini pasaytiradilar.
Ftoruratsil, vinblastin, bleomitsin, sisplatin A, V1 i V6 vitaminlarni o‘zlashtirilishini izdan chiqaradilar.
Penitsillamin, izoniazid V1 vitaminini chiqarilishini oshirib, samaradorligini pasaytiradilar.
Izoniazid piridoksinning samaradorligini pasaytiradi.
Ye vitamini yurak glikozidlari, glyukokortikosteroidlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi.
Sanovit preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi sulfanilamidlar guruhiga mansub mikroblarga qarshi vositalarning farmakologik ta'siri va noxush reaktsiyalarini kuchaytiradi.
Sanovit preparatini, dozani oshirib yuborilishidan saqlanish maqsadida, boshqa polivitamin komplekslar, ayniqsa tarkibida A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etilgan dozalarni oshirish mumkin emas.
Siydikning rangi to‘q sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibida riboflavinni borligi bilan ifodalanadi.
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida Sanovit preparatini qo‘llash mumkinligi masalasi individual ravishda hal qilinadi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi (“
Qo‘llash usuli va dozalari
”ga qarang).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi bexosdan oshirib yuborilganida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan, chunki Sanovit preparatining tarkibiga kiruvchi yog‘da eruvchan vitaminlarni organizmga toksik ta'sir qilishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun sirop 100 ml dan polietilen qopqoqli sariq rangli butilkada. 1 flakon o‘lchov stakani, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqdansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjыlar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Evro Farm Biznes» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy ko‘ch., 1
Telefon 212-18-41,212-20-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.