Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sirimol sirop 200ml №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аминокислоты, витамин D3, B1, B2, B6, B12, A, C, E, PP, В9, кальция пантотенат
Страна производитель
Индия
Дозировка
200 мл
Производитель
Serene Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sirimol
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalarfaol moddalar
L-treonin4,2 mgSianokobalamin2,5 mkg
L-valin6,7 mgAskorbin kislotasi40,0 mg
DL-metionin18,4 mg Sintetik retinol kontsentrati (kukun ko‘rinishida)2500 ME
L-izoleytsin5,9 mgXolekaltsiferol200 ME
L-leytsin18,3 mgAlfa tokoferil atsetati7,5 ME
L-fenilalanin5,0 mg5-gidroksi antranil kislota gidroxloridi0,2 mg
L-triptofan5,0 mgKaliya yodidi 0,1 mg
L-lizin gidroxlorid25,0 mgTemir sulfati20,5 mg
Tiamin nitrati5,0 mgMis sulfati4,0 mg
Riboflavin3,0 mgMarganets sulfati 1,4 mg
Piridoksin gidroxloridi1,5 mg Magniy sulfati7,425 mg
Nikotinamid25,0 mgRux sulfati3,3 mg
Kaltsiy pantotenati5,0 mgNatriy selenit 10 mkg
Folat kislotasi0,75 mg
yordamchi moddalar granulalar qobig‘i (laktoza, kraxmal, dikaltsiy fosfati).
Ta'rifi ichida jigarrang, to‘q sariq rangli hamda och sariq rangli granulalarni saqlagan, “0” o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita. Vitaminlar va aminokislotalar.
ATX kodi A11JC
Farmakologik hususiyatlari
Preparatning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparat.
Aminokislotalar energiya manbai hisoblanadi, shuningdek suyaklar, teri, mushaklarni tiklanishiga yordam beradi.
Leytsin qonda glyukozaning darajasini biroz pasaytiradi va o‘sish gormonini ajralib chiqishini rag‘batlantiradi. Izoleytsin – mushak hujayralari uchun energiya manbai hisoblanadi, shuningdek triptofanni kirishini cheklanishi hisobiga bosh miyada serotonning miqdorini oshishini oldini oladi.
Fenilalanin – markaziy nerv tizimining neyrotransmitter tizimini aminokislotasi hisoblanadi, bosh miyada nerv impulslarini o‘tishiga yordam beradi. Organizmda boshqa aminokislota – tirozinga aylanishi mumkin, u o‘z navbatida ikkita asosiy neyromediatorlar noradrenalin va dopaminni sintezida ishlatiladi.
Treonin – organizmda normal oqsil almashinuvini tutib turishga yordam beradi. Kollagen hamda elastinni sintezida, aspartat kislotasi va metionin bilan majmuada yog‘lar almashinuvida ishtirok etadi. Shuningdek immunitetni rag‘batlantiradi, chunki antitelalarni ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
Metionin lipotrop samaraga ega (jigardan ortiqcha yog‘larni chiqalishiga yordam beradi), fosfolipidlar sintezi buzilganida xolinni hosil bo‘lishiga yordam beradi. Kreatinin, adrenalin va boshqa birikmalarni sintezida ishtirok etadi, gormonlar, vitaminlar, fermentlarni organizmga ta'sirini faollashtiradi.
Triptofan serotoninni hosil bo‘lishida, RR vitaminin sintezida ishtirok etadi, shuningdek tabiiy antidepressant sifatida ma'lum.
V guruhi vitaminlari kichik kontsentratsiyalarda biologik faollikka ega va hujayralarning faoliyatiga boshqaruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Fermentlar tizimining tarkibida ular uglevodlar, oqsillar va lipidlar metabolizmini boshqarishda ishtirok etadilar. V1 vitamini pirofosfati koenzim sifatida ham uglevodlar va oqsillar metabolizmida, ham nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi. Sinapslar bo‘ylab nerv impulsini o‘tishiga ta'sir qiladi. V2 vitamini uglevodlar va oqsillar metabolizmini yaxshilaydi va aminokislotalar metabolizmiga biroz ta'siri bor. U temir va porfirin almashinuvida, gemoglobin sintezida va to‘qimalar nafasida ishtirok etadi. V6 vitamini quyidagi enzimlar dekarboksilaza va transaminazalarning bir qismi hisoblanadi. U gistamin, erkin yog‘ kislotalari va aminokislotalar metabolizmida ishtirok etadi. Vitaminlar markaziy hamda periferik nerv tizimlari, teri va me'da-ichak yo‘llarini normal faoliyat ko‘rsatishida katta rol o‘ynaydi.
Nikotin kislotasi va uning amidi vodorodni tashilishida va to‘qimalar nafasi uchun kerak bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadigan ko-digidrazaning tarkibiga kiradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning ta'siri uning tarkibidagi komponentlarning birgalikdagi ta'siri bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q, uning tarkibidagi barcha komponentlar markerlar yoki biotekshiruvlar yordamida kuzatilishi mumkin emas.
Qo‘llanilishi
Vitaminlar va minerallarni ovqat bilan iste'mol qilish optimal bo‘lmagan holatlarda, masalan, havfli o‘smalar kabi organik kasalliklarda va OITS kabi immun tanqisligi sindromida;
Vitaminlar va minerallarni o‘zlashtirilishi optimal bo‘lmagan holatlarda, masalan, ichakni yallig‘lanish kasalligi yoki oqmalarni hosil bo‘lishi, qisqa ingichka ichak sindromi va Kron kasalligi oqibatida so‘rilishni buzilishida;
Sog‘ayish davrida, masalan, kimyoterapiya yoki radioterapiya olganda anoreksiya yoki kaxeksiya rivojlanganida;
Operatsiyadan keyingi sog‘ayish davrida, masalan, patsiyent mustaqil ravishda ovqatlana olmaganida;
Maxsus yoki cheklangan parhezga rioya qiladigan bemorlar uchun, masalan, buyrak kasalliklarida tutiladigan parhezda, yoki tana vaznini pasaytirish uchun terapevtik maqsadlarda bir qancha mahsulotlar guruhi cheklanganida;
Ovqat mahsulotlarini o‘zlashtirolmaslik, masalan, iste'mol qilish mumkin bo‘lmagan parhez tutish;
Sintetik parhezda, masalan, fenilketonuriya, galaktozemiya va ketogen parhezlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va keksalarga – kuniga bir kapsuladan, ovqatdan keyin bir soatdan keyin qabul qilgan afzal. Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin. Butun holda suv bilan yutish kerak.
12 yoshdan kichik bolalarga – ushbu patsiyentlar guruhida qo‘llashga tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, toshma, ko‘ngil aynishi, qusish, abdominal og‘riq bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Giperkaltsiyemiya, gemoxromatoz, va organizmda temirning miqdorini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa holatlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tarkibi
da A va Ye vitaminlarini, V guruhi vitaminlarini saqlovchi polivitamin komplekslari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sirimol kapsulalarini qabul qilish vaqtida ovqatlanish to‘laqonli bo‘lishi uchun oqsilga boy mahsulotlarni qabul qilish kerak. Shifokor buyurgan vositalardan tashqari, tarkibida A vitaminini saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish mumkin emas. Preparatni och qoringa qabul qilmang. Tavsiya etilgan dozani oshirmang. Agar simptomlar saqlanib tursa, shifokor bilan maslahatlashing.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sirimol kapsulalarining dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan xabarlar kelib tushmagan. Sirimol kapsulalarining katta miqdorini iste'mol qilish bilan bog‘liq holda kuzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday simptomlar preparatning tarkibida yog‘da eruvchan vitaminlarni borligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar temirning miqdorini oshirib yuborilishiga shubha qilinsa, u holda simptomlar ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og‘riq, rektal qon ketishi, holsizlik va qon aylanishini buzilishidan iborat bo‘lishi mumkin. Shuningdek giperglikemiya va metabolik atsidoz kuzatilishi mumkin. Davolash asta-sekin amalga oshirilishi kerak. Og‘ir holatlarda yashirin bosqichidan so‘ng 24-48 soatdan keyin qaytalanishi mumkin, bu gipotenziya, gepatotsellyulyar nekroz va buyrak yetishmovchiligi oqibatida koma bilan namoyon bo‘ladi.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar; 10 kapsula blisterda; 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Corona Remedies Pvt. Ltd.
Village Jatoli, Post office – Oachghat, Tehsil & District Solan,
Himachal Pradesh – 173 223, Hindiston
“SERENE HEALTHCARE PVT. LTD”
C-214 First Floor, B. G. Tower, Shahibaug, Ahmadabad-380004, Hindiston uchun ishlab chiqarilgan.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.