Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ko'z yoshi kapsulalari № 30
Nomi | Narx | |||||
Слезавит капс №30 (0281022##2 159) |
UZS 75 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин A, E, C, B1, B2, B6
Страна производитель
Болгария
Производитель
World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: Adipharm Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
SlezaVit
Dori shakli
Qattiq jelatin kapsulalar.
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
askorbin kislotasi 60,0 mgselen 25,0 mkg
V1 vitamini1,5 mgxrom 50,0 mkg
V2 vitamini3,0 mglyutein 10,0 mg
V6 vitamini2,0 mgzeaksantin 1,0 mg
Ye vitamini10,0 mgmis sulьfati 1,0 mg
A vitamini1,0 mgchernika ekstrakti 60,0 mg
rux oksidi 10,0 mg
yordamchi moddalar mikrokristal sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, makkajo‘xori malьtodekstrin.
jelatin kapsulaning tarkibi jelatin, titan dioksidi, temir (III)-oksidi, temir (II, III)-oksidi.
Ta'rifi oq rangli zarrachalar bilan qizil-jigarrang rangli bir jinsli kukun saqlovchi, korpusi va qopqoqchasi xira, shokolad-jigarrang rangli, №0 o‘lchamli, qattiq jelatin kapsula.
Farmakoterapevtik guruhi
Polivitaminlar boshqa majmualarda.
ATX kodi A11AV
Farmakologik hususiyatlari
Vitaminlar, mikroelementlar va o‘simlik karotinoidlari kompleksini saqlovchi majmuaviy preparat.
Preparatning farmakologik ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning hususiyatlari bilan ifodalanadi.
Askorbin kislotasi kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini boshqaradi, ularning elastikligini saqlashda muhim rolь o‘ynaydi, ko‘ruv a'zolarida qon aylanishini rag‘batlantiradi, ko‘z ichki bosimini pasaytiradi. Bu vitamin organizmda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi va yaqqol ifodalangan antioksidant xususiyatlarini namoyon qiladi, ya'ni ko‘z to‘qimalarini erkin radikallar ta'sirida shikastlanishdan himoya qiladi. Bundan tashqari, mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatib, shikastlarni bitishiga yordam beradi. Umuman organizmga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, uning adaptatsion imkoniyatlarini, infektsiyalarga va noxush ta'sirlarga nisbatan qarshiligini oshiradi.
V1 vitamini nerv tolasi bo‘ylab impulьslarni o‘tish jarayonida ishtirok etadi. Nerv, yurak-qon tomir, endokrin tizimlarining funktsiyasini muvofiqlashtirishda qatnashadi. Energiya metabolizmini me'yorida kechishini ta'minlashda asosiy rolь o‘ynaydi.
V2 vitamini uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, gemoglobin va eritropoetin sintezida ishtirok etadi. Ko‘rish funktsiyasini normal ushlab turish uchun muhim.
V6 vitamini koferment sifatida aminokislotalar va uglevodlar metabolizmida qatnashadi. Markaziy va periferik nerv tizimlarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta'minlaydi, jismoniy ish qobiliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, nerv, immun tizimlarining faoliyatini, terining normal holatini ushlab turadi.
Ye vitamini antioksidant xususiyatlariga ega, eritrotsitlarning barqarorligini saqlab turadi; jinsiy bezlar, nerv va mushak to‘qimalarining funktsiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. To‘qimalar nafasi jarayonlarida ishtirok etadi, ichki sekretsiya bezlarining funktsiyasiga ta'sir qiladi, organizmdagi to‘qimalarni qarish jarayonlarini sekinlashtiradi.
A vitamini ko‘ruv pigmenti rodopsinning tarkibiy qismi sifatida ko‘rish funktsiyasini ushlab turishda muhim ahamiyatga ega, ko‘ruv analizatorini normal faoliyat ko‘rsatishini, hamda ko‘z tomonidan yorug‘likni qabul qilinishini ta'minlaydi. Gemeralopiya (“shabko‘rlik”) da, to‘rparda va shox pardaning kasalliklarida samarali. Teri va shilliq qavatlarni regeneratsiya jarayonlarida qatnashadi.
Rux A vitaminini to‘rparda tomonidan o‘zlashtirilishini ta'minlaydi. Rux insulin, jinsiy bezlar gormonlari sintezi uchun, limfoid to‘qimani normal faoliyati uchun zarur. Rux ko‘zni yorqin nurlar, ulьtrabinafsha-nurlanish yoki boshqa turdagi oksidlanish stresslari tomonidan chaqirilgan shikastlanishlardan himoya qiladi. Organizmda rux tanqisligi to‘rpardani ko‘chishi, rang ajratishni pasayishi, katarakta rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Selen – tabiiy antioksidant bo‘lib, immunitetni oshiradi. A, Ye va S vitaminlari bilan birgalikda yaqqol ifodalangan antioksidant ta'sir ko‘rsatadi, noxush omillarning ta'sirida organizmning adaptatsion xususiyatlarini yaxshilaydi.
Xrom uglevodlar almashinuvi va qonda glyukozaning darajasini boshqarishda ishtirok etadi, yog‘lar va xolesterin almashinuvini normallashtiradi, to‘qimalardagi xujayra retseptorlarini insulinga bo‘lgan sezgirligini oshiradi. Mikroelement qandli diabet, ko‘rishni pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar, yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Lyutein va zeaksantin – ko‘z to‘r pardasini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan karotinoidlar, ko‘zlarni UB-nurlanishning shikastlovchi ta'siridan to‘suvchi va antioksidant himoya tizimining asosiy komponentlaridir. Gavhar va to‘r pardada mavjud bo‘lgan lyutein va zeaksantin xujayralardagi fotoretseptorlarni turli nurlanishlarni ko‘zga noxush ta'siri oqibatida hosil bo‘luvchi kislorod radikallaridan himoya qiladi. Ko‘z to‘qimalarida lyutein va zeaksantinning miqdorini kamligi ko‘zning noxush omillarga, ko‘rish faoliyatini uzoq muddatli zo‘riqishlariga, kompьyuter ta'sirida nurlanishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatini pasayishiga olib keladi.
Mis ko‘pchilik biokimyoviy reaktsiyalarni katalizatori hisoblanadi. Melanin sintezida ishtirok etadi. Kollagen va elastinni hosil bo‘lishida ahamiyatli rolь o‘ynaydi, temir almashinuvida zaruriy komponent hisoblanadi, qon yaratilish jarayonida muhim rolь o‘ynaydi.
Chernika antotsianlari ko‘ruv pigmenti rodopsin sintezi va regeneratsiyasini rag‘batlantirib, ko‘rish o‘tkirligini oshishiga, qorong‘ilikka va yorug‘lik past bo‘lgan sharoitlarga moslashishni yaxshilanishiga yordam beradi. Bunda to‘r pardani yangilanish jarayoni tezlashadi va ko‘zlarni uzoq vaqt davomida ishlashi oqibatidagi toliqishi kamayadi.
Qo‘llanishi
SlezaVit preparatini quyidagi holatlarni kompleks davolash uchun qo‘llash tavsiya etiladi
—uzoq vaqt davomida o‘qish, shaxsiy kompьyuterda ishlash, kontakt linzalarni taqish, uzoq vaqt davomida avtomobilь boshqarish, yorqin nurlarni ta'siri natijasida ko‘zlarni toliqishi va charchashi (astenopik sindrom, ko‘rishni toliqishi sindromi);
—gemeralopiya (yorug‘lik past bo‘lgan sharoitlariga yoki yorug‘lik bo‘lmagan sharoitda ko‘rishni moslashish mexanizmlarini yomonlashishi);
—oftalьmologik operatsiyalardan keyingi tiklanish davri;
—to‘r pardani markaziy va periferik distrofiyalari (xorioretinal distrofiyalar);
—birlamchi glaukoma;
—kataraktani davolash va oldini olish;
—to‘r pardani yoshga bog‘liq o‘zgarishlari, degeneratsiya jarayonlari, refraktsiya anomaliyalari;
—miopiya, akkomodatsiyani buzilishlari, ko‘zning “toliqish sindromi”, to‘r pardani yallig‘lanish jarayonlari;
—qandli diabet va/yoki gipertoniya kasalligi bilan xastalangan patsiyentlarda retinopatiyani davolash va oldini olish;
—yoshga bog‘liq katarakta, senil makulodistrofiya, to‘r pardaning kasalliklarini oldini olish;
—kseroftalьmiya;
—keratomalyatsiya;
—kontakt linzalarni taqish oqibatidagi asoratlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun mo‘ljalangan.
Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarga SlezaVit preparati kuniga 1 kapsuladan ovqat vaqtida qabul qilish buyuriladi. Kapsulani yuta olmaydigan patsiyentlar, kapsulani ochib, ichidagini qoshiqchaga to‘kib, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan aralashtirib qabul qilishlari lozim. Tavsiya etiladigan davolash kursining davomiyligi 1-3 oyni tashkil qiladi.
Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• SlezaVit preparatini individual o‘zlashtirolmaslik va uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dozani oshirib yuborilishi
dan saqlanish maqsadida boshqa polivitamin komplekslari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etilgan dozani oshirib yuborish tavsiya etilmaydi.
Preparat qo‘llanganida siydik to‘q sariq rangga bo‘yalishi mumkin (preparatning tarkibida riboflavin mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, klinik ahamiyatga ega emas).
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash ehtimolini shifokor individual ravishda belgilaydi.
Homiladorlikda va emizish davrida preparatni qo‘llash xususiyatlariga oid ma'lumotlar mavjud emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi bexosdan oshirib yuborilganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, me'dani yuvish; zarurat bo‘lsa – simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Qattiq jelatin kapsulalar. Blisterda 15 kapsula.
2 ta blister tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.