Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vitamin E "LIK" 0,1g №30
Nomi | Narx | |||||
Витамин Е "LIK" 0,1г №30 (031223##2 261) |
UZS 5 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
0,1 г
Производитель
Lekinterkaps,OOO,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vitamin Ye-LIK
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tokoferol
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda alfa-tokoferil atsetat (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 g;
yordamchi moddalar kungaboqar moyi (rafinatlangan, dezodoratsiya qilingan) yoki makkajo‘xori yoki soya moyi – 0,2 g.
Ta'rifi sharsimon yoki oval shaklli och-sariq rangdan to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – och-sariq rangdan to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan yog‘simon suyuqlik. Taxir hid bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitamin.
ATX kodi A11NA03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ye vitamini antioksidant vosita hisoblanadi, xujayralar proliferatsiyasi, to‘qimalarning metabolizmi jarayonlarida qatnashadi, eritrotsitlarning gemolizini oldini oladi, kapillyarlarning yuqori o‘tkazuvchanligi va sinuvchanligiga to‘sqinlik qiladi.
Preparat aterosklerozni, yurak mushagida va skelet mushaklarida degenerativ-distrofik o‘zgarishlarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, miokardni oziqlanishi va qisqaruvchanlik qobiliyatini yaxshilaydi, miokard tomonidan kislorodni iste'mol qilinishini kamaytiradi. Erkin radikalli reaktsiyalarni tormozlaydi, xujayra va subxujayraviy membranalarni shikastlovchi peroksidlarni hosil bo‘lishini oldini oladi. Gem va gem saqlovchi fermentlar – gemoglobin, mioglobin, sitoxrom, katalaza, peroksidazaning sintezini rag‘batlantiradi.
To‘qima nafasini yaxshilaydi, oqsillarning (kollagen, skelet va miokardning silliq mushaklarining ferment, struktur va qisqaruvchi oqsillari) sintezini rag‘batlantiradi, A vitaminini oksidlanishdan himoya qiladi, xolesterin sintezini ingibirlaydi. To‘yinmagan yog‘ kislotalari va selenni (elektronlarni o‘tkazilishini mikrosomal tizimining komponeti) oksidlanishini tormozlaydi.
Organizmda Ye vitamini bo‘lmaganida (E avitaminozida) yurakning mushaklarida degenerativ o‘zgarishlar rivojlanadi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi va sinuvchanligi oshadi, urug‘don, urug‘ naychalarining epiteliysi o‘zgaradi. Embrionlarda qon quyilishlar paydo bo‘ladi, ularning ona qornidagi o‘limi yuz beradi. Shuningdek nerv xujayralarida degenerativ o‘zgarishlar va jigar parenximasining shikastlanishi aniqlangan.
Ye vitaminining yetishmovchiligida qon zardobida oqsillarning kontsentratsiyasini va jigar va urug‘donlarda nuklein kislotalarining miqdorini kamayishi kuzatiladi.
Odamda Ye vitaminining yetishmovchiligi ovqatlanishning o‘ziga xosligi (masalan, ovqatda o‘simlik yog‘larining yo‘qligi) bilan bog‘liq bo‘lishi yoki turli kasalliklar, masalan, jigar, me'da osti bezi va boshqalarning kasalliklari oqibatida bo‘lishi mumkin.
Farmakokinetikasi
MIY dan yuborilgan dozaning taxminan 50% so‘riladi, qonda maksimal darajasi 4 soatdan keyin yaratiladi. So‘rilishi uchun o‘t kislotalari, yog‘larni bo‘lishi, me'da osti bezining faoliyati normal bo‘lishi kerak. So‘rilish jarayonida Ye vitaminining xujayra ichida tashuvchilari bo‘lgan lipoproteidlar bilan majmua hosil qiladi. Asosan limfaga, so‘ngra esa – umumiy qonga tushadi, u yerda asosan alfa- va beta-lipoproteidlar bilan, qisman zardobdagi albumin bilan bog‘lanadi. Oqsillar almashinuvi buzilganida tashilishi qiyinlashadi. Barcha a'zo va to‘qimalarda, ayniqsa yog‘ to‘qimasida to‘planadi. Jigarda xinon tuzilishiga ega bo‘lgan (ulardan ayrimlari vitamin faolligiga ega) hosilalarigacha metabolizmga uchraydi. O‘t-safro bilan (90% dan ortiq) va siydik bilan (taxminan 6%) o‘zgarmagan holda va metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Ye vitamini gipovitaminozda, isitma sindromi bilan kechuvchi kasalliklardan keyingi rekonvalestsentsiyada, astenik va nevrotik sindromda, bo‘g‘imlarning degenerativ va proliferativ o‘zgarishlarida, bog‘lov apparati va mushaklarning kasalliklarida; erkaklarda jinsiy bezlarning faoliyati buzilganida; ayollarda – homiladorlikni to‘xtash xavfida va hayz ko‘rish siklining turli buzilishlarida, homilani ona qornida rivojlanish sharoitlari yomonlashganida qo‘llanadi.
Preparat yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, chala tug‘ilgan yoki tana vazni kichik chaqaloqlarga, kichik yoshdagi bolalarga ovqat bilan Ye vitamini yetarli tushmaganida qo‘llash uchun ko‘rsatilgan. Tana vazni kichik yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga gemolitik anemiyani, bronxopulmonal displaziyani, retrolental fibroplaziyani rivojlanishini oldini olish uchun buyuriladi.
Ye vitamini periferik tomirlarning shikastlanishida (endarteriit, Reyno kasalligi), miokardiodistrofiyada, aterosklerozda, periferik tomirlarning spazmida, gipertoniya kasalligida, yurak-tomir yetishmovchiligida qo‘llanadi.
Ye vitaminini seboreyada, terining atrofik o‘zgarishlarida (sklerodermiya va boshqalar) boldirning trofik yaralarida, fotodermatozlarda, psoriazda, dermatomiozitda va boshqa kollagenozlarda ham buyuriladi.
Alfa-tokoferilatsetati shuningdek nekrozlovchi miopatiyada, abetalipoproteinemiyada, gastroektomiyada, surunkali xolestazda, jigar sirrozida, o‘t yo‘llari atreziyasida, abstruktiv sariqlikda, seliakiyada, tropik spruda, Kron kasalligida, malabsorbtsiyada, parenteral oziqlanishda, homiladorlikda (ayniqsa ko‘p homilali), xavf soluvchi abortda, klimaksda, nikotinga qaramlikda, narkomaniyada, laktatsiya davrida, kolestiraminni, kolestipolni, mineral yog‘larni va temir saqlovchi mahsulotlarni qabul qilishda, polito‘yinmagan yog‘ kislotalarining miqdori yuqori bo‘lgan parhez buyurilganida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Spermatogenez va potentsiyani buzilishida erkaklarga alfa-tokoferilatsetat sutkada 100-300 mg (100-300 XB) dan (gormonal davolash bilan birga) bir oy davomida buyuriladi; homilani ona qornida rivojlanish sharoitlarini yomonlashishida – 100-
200 mg (100-200 XB) dan homiladorlikning birinchi 2-3 oylari davomida har kuni yoki kunora buyuriladi. Mushak distrofiyalarida, amiotrofik yon sklerozida, dermatomiozitda va boshqa kollagenozlarda Ye vitamini sutkada 100 mg (100 XB) dan 1-2 oy davomida qo‘llanadi; takroriy kurslar 2-3 oydan keyin buyuriladi; periferik tomirlarning kasalliklarida – sutkada 100 mg (100 XB) dan (A vitamini bilan birga) 20-40 kun davomida buyuriladi, 3-6 oydan keyin davolashni takrorlash mumkin.
Teri kasalliklarida preparat sutkada 100 mg (100 XB) dan 20-40 kun davomida buyuriladi.
Ye gipervitaminozini davolashning davomiyligi shaxsiy va holatning og‘irligiga bog‘liq. Zarurati bo‘lganida dozani kuniga 1 g (1000 XB) gacha oshirish mumkin.
Uzoq vaqt davomida boshqa polivitamin preparatlar bilan birga buyurish tavsiya etilmaydi, chunki yog‘da eruvchi Ye vitaminining dozasini oshirib yuborilishi yuz berishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar. Katta dozalar qabul qilinganida – diareya, epigastriya sohasida og‘riqlar, kreatinuriya. Nojo‘ya ta'sirlari paydo bo‘lganida preparatning dozasini kamaytirish yoki preparatni bekor qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar quyidagilar
• yuqori sezuvchanlik;
• kardioskleroz;
• miokard infarkti.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Qonda lipidlarning perikisli oksidlanish mahsulotlarining yuqori miqdori aniqlangan tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda, tirishishga qarshi vositalarning samaradorligini oshiradi.
Steroid va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, antioksidantlarning samarasini kuchaytiradi. Yurak glikozidlarining, shuningdek A va D vitaminlarining samaradorligini oshiradi va zaharliligini kamaytiradi. Ye vitaminining yuqori dozalari organizmda A vitaminining tanqisligini chaqirishi mumkin.
Ye vitaminini sutkada 400 XB dan ortiq dozada antikoagulyantlar (kumarin va indandionning hosilalari) bilan bir vaqtda qo‘llashni, gipokrotrombinemiyani va qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshiradi.
Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar alfa-tokoferilatsetatining so‘rilishini kamaytiradi.
Temirning yuqori dozalari organizmda oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, bu Ye vitaminiga ehtiyojni oshiradi.
Alfa-tokoferilatsetati siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganida oxirgisining so‘rilishi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tana vazni kichik yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yo‘ldoshning past o‘tkazuvchanligi tufayli (homilaning qonida Ye vitamini ona qonidagi uning kontsentratsiyasidan faqat 20-30% saqlanadi) Ye gipovitaminozi yuz berishi mumkin.
Selen va oltingugurt saqlovchi aminokislotalarning yuqori miqdori bo‘lgan parhez Ye vitaminiga ehtiyojni pasaytiradi.
Ye vitamini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga buyurilganida foydani nekrotik enterokolitning paydo bo‘lishini potentsial xavfi bilan taqqoslash kerak.
Hozirgi vaqtda quyidagi kasalliklarni davolash va oldini olishda Ye vitamini qo‘llash samaradorligi asoslanmagan deb hisoblanadi beta-talassemiya, onkologik kasalliklar, sut bezining fibroz-kistozli displaziyasi, terining yallig‘lanish kasalliklari, soch to‘kilishi, homilani odatiy tushib qolishi, yurak kasalliklari, “o‘zgaruvchan” cho‘loqlik, postmenopauzal sindrom, bepushtlik, peptik yara, o‘roq xujayrali anemiya, kuyishlar, porfiriya, nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzilishi, tromboflebitlar, impotentsiya, arilarni chaqishi, keksalik lentigosi, bursit, yo‘rgakli dermatiti, atmosfera ifloslanganidagi o‘pka intoksikatsiyasi, ateroskleroz, qarilik. Ye vitaminini jinsiy faollikni oshirish uchun qo‘llash isbotlanmagan hisoblanadi.
Tokoferollar o‘simliklarning yashil qismida, ayniqsa boshoqli o‘simliklarning yosh nishlarida saqlanadi; tokoferollarning katta miqdori o‘simlik (kungaboqar, paxta, makkajo‘xori, yeryong‘oq, soya, chakanda) moylarida aniqlangan. Ularning ayrim miqdorlari go‘shtda, yog‘da, tuxumda, sutda saqlanadi.
Ehtiyotkorliklar
Og‘ir kardiosklerozda, miokard infarktida, tromboemboliyalarni rivojlanishining yuqori xavfida, shuningdek gipoprotrombinemiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (K vitaminining tanqisligi fonida – Ye vitaminining dozasi 400 XB dan ortiq bo‘lganida kuchayishi mumkin).
Homiladorlik va laktatsiya
Ye vitamini homiladorlikda va emizish davrida ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi. Ye vitamini yo‘ldosh orqali yetarli bo‘lmagan miqdorlarda o‘tadi; homilaning qoniga ona qonidagi kontsentratsiyasidan 20-30% o‘tadi. Ko‘krak sutiga o‘tadi. Chala tug‘ilgan va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda to‘planishi mumkin.
Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash imkoniyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari uzoq vaqt davomida sutkada 400-800 XB dozada qabul qilinganida – ko‘rishning noaniqligi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynashi, odatdagi bo‘lmagan charchoqlik, diareya, gastralgiya, asteniya; uzoq vaqt davomida sutkada 800 XB dan ortiq dozada qabul qilinganida – K gipovitaminozi bo‘lgan bemorlarda qon ketishlarining rivojlanish xavfini oshishi, tireoid gormonlarning metabolizmini buzilishi, jinsiy faoliyatning buzilishlari, tromboflebit, tromboemboliya, nekrotik kolit, sepsis, gepatomegaliya, giperbilirubenimiya, buyrak yetishmovchiligi, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishlar, gemorragik insult, astsit, gemoliz.
Davolash preparatni bekor qilish; jigarda Ye vitamining metabolizmini tezlashtiruvchi glyukokortikoidlar buyuriladi; gemorragiyalarning xavfini kamaytirish uchun Vikasol buyuriladi.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 5 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«LEKINTERKAPS» MChJ,
Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy.
Tel. (99895) 170 99 48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.