Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vitarich tabletkalari plyonka qobig'i bilan qoplangan №30
Nomi | Narx | |||||
Витарич таблетки покрытые оболочкой №30 (VIOO92301##2 173) |
UZS 75 900
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин A, D3, E, B6, микроэлементы
Страна производитель
Индия
Дозировка
100 мг
Производитель
Saga Laboratories Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Faol modda
Preparatning savdo nomi
Vitarich
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka saqlaydi
Faol modda
Retinol palmitati (A vitamini)5000 TB
Xolekaltsiferol (D3 vitamini)400 TB
Tokoferol atsetati (E vitamini)15 TB
Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)10 mg
Riboflavin (V2 vitamini)10 mg
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 2 mg
Sianokobalmain (V12 vitamini) 7,5 mkg
Nikotinamid 50 mg
Kaltsiy pantotenati 10 mg
Askorbin kislotasi75 mg
Magniy oksidi30 mg
Magniy sulfat2,8 mg
Mis sulfati 2 mg
Rux sulfati63 mg
Selen dioksidi70 mkg
Ta'rifi kapsulasimon shaklli, qizil-pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
vitaminlar va mikroelementlar.
ATX kodi A11AA04
Farmakologik xususiyatlari
Vitarich vitaminlar va mikroelementlarni saqlovchi majmuaviy preparat bo‘lib, farmakologik ta'siri uning tarkibiga kiruvchi vitaminlar va mikroelementlarning xususiyatlariga bog‘liq.
Retinol palmitati (A vitamini) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, purin va pirimidin asoslari sintezini rag‘batlantiradi, ATF sinteziga yordam beradi, teri, shilliq qavati, shuningdek ko‘rish a'zolarini normal faoliyatini ta'minlaydi.
Xolekaltsiferol (D3 vitamini) oqsil (kaltsiy bog‘lovchi oqsil) sintezini rag‘batlantiradi kaltsiyni ichak devori orqali qon va to‘qimalarga tashilishini yaxshilaydi; suyaklarning o‘sish sohalarida tog‘ay to‘qimalarini rivojlanishini normallashtiradi, oqsil stromasi sintezini faollashtiradi, kaltsiyni qon plazmasidan qamrab olinishini va uni suyaklarda fosfatlar ko‘rinishida mustahkam fiksatsiyalanishini faollashtiradi, buyrakning proksimal naychalarida kaltsiy, natriy va fosfatlarni qayta so‘rilishini yengillashtiradi.
Tokoferol atsetati (E vitamini) tabiiy antioksidant hisoblanadi va erkin radikalli jarayonlarni tormozlaydi, hujayra va hujayra organella membranalarini shikastlovchi peroksidlarni hosil bo‘lishini bartaraf qiladi. Tokoferol atsetati gem va gem saqlovchi fermentlar sintezini rag‘batlantiradi, to‘qimalar nafas faoliyatini yaxshilaydi. Xolesterin sintezini ingibirlaydi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini va sinuvchan oshishini, urug‘ naychalari, urug‘don va yo‘ldosh faoliyatini buzilishini oldini oladi, reproduktiv faoliyatni normallashtiradi.
Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) jigarda ko‘pchilik ferment reatsiyalarining kofermenti hisoblangan fosforlanish natijasida karboksilazaga aylanadi. V1 vitamini karbonsuvlar, oqsillar va yog‘larni almashinuvi, shuningdek nerv sinapslarida qo‘zg‘alishni o‘tkazilishi, jarayonlarini boshqarilishida muhim rol o‘ynaydi, anemik miokardiodistrofiyada kardiomiyetsitlarni metabolizmiga va ularning qisqaruvchanlik faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi.
Riboflavin (V2 vitamini) hujayra nafasi va ko‘rish jarayonlarida muhim katalizator hisoblanadi. ATF bilan o‘zaro ta'sirga kirishib, flavoproteinlar koenzimini hosil qiladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, to‘qimalarni nafas jarayonlarida, karbonsuvlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida ishtirok etadi. Ko‘zlarni normal ko‘rish faoliyatini tutib turishda, gemoglobin va eritropoetinni sintezida ishtirok etadi.
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) organizm tomonidan to‘yinmagan yog‘ kislotalarini ishlatilishini yaxshilaydi, nerv tizimiga, jigar faoliyatiga, qon yaratilishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Piridoksin oltingugurt saqlagan aminokislotalarni – taurinnni (metionin va sisteindan) sintezlanishiga yordam beradi, u nerv-mushak o‘tkazuvchanligini, mushak qisqaruvchanligini normallashtiradi, tirishishlarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Sianokobolamin (V12 vitamini) organizmda (asosan jigarda) koferment shakliga – adenozil kobalaminga yoki kobamidga aylanandi, u V12 vitaminining faol shakli hisoblanadi. Yuqori biologik faollikka ega. Kobamid dezoksiriboza va DNK, kreatin va metioninni hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, shuningdek normal qon yaratilishi uchun ham- eritrotsitlarni yetilishga yordam beradi. Eritrotsitlarda sulfgidril guruhlarni saqlagan birikmalarni to‘planishiga yordam beradi, bu ularni gemolizga nisbatan tolerantligini oshiradi. Qonni ivish tizimini faollashtiradi, tromboplastik faollikni va protrombin faollikni oshiradi. Jigar va nerv tizimini faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. To‘qimalarni regeneratsiyasiga bo‘lgan qobiliyatini oshiradi.
Nikotinamid to‘qimalarni nafas jarayonlarida, karbonsuvlar, yog‘lar va aminokislotalarning metabolizmida ishtirok etadi.
Pantotenat kislotasi organizmda atsetillanish koenzimini (KOA) tarkibiga kiradi, u atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Pantoten kislotasi karbonsuvlarni, yog‘larni almashinuvida va atsetilxolinni sintezida ishtirok etadi. U buyrak usti bezi po‘stlog‘ida ancha miqdorda saqlanadi va kortikosteroidlarni hosil bo‘lishinirag‘batlantiradi.
Askorbin kislotasi organizmni hayot faoliyatida muhim rol o‘ynaydi, yaqqol kuchli tiklovchi (antioksidant) xususiyatlarga ega. Ko‘pchilik biokimyoviy reaktsiyalarda vodorodni tashilishini boshqaradi, glyukozani trikarbon kislotasi siklida ishlatilishini yaxshilaydi, tetragidrofolat kislotasini, steroid gormonlarni, kollagenni va prokollagenni sintezida, to‘qimlarni regeneratsiyasida ishtirok etadi. Hujayralaro moddalarni kolloid holatini va kapillyarlar normal o‘tkazuvchanligini (gialuronidaza faolligini susayishi oqibatida) tutib turishga yordam beradi. Xolesterin almashinuvida ishtirok etadi, jigarning detoksikatsion va oqsil sintezlovchi faoliyatini (nafas fermentlarini faollashuvi natijasida) kuchaytiradi, jigarda glikogenni to‘planishiga va protrombinni hosil bo‘lishiga yordam beradi. Me'da osti bezini safro ajralib chiqarilishi va tashqi sekretor faoliyatini yaxshilaydi.
Magniy mushak va suyak to‘qimasini shakllanishida, shuningdek oqsillarni sintezida ishtirok etadi.
Mis metabolizm jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi, eritrotsitlarni va temir almashinuvini normal faoliyati uchun kerak.
Rux organizmda fiziologik va patologik jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi, metabolik va immun jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, skeletni normal shakllanishi va to‘qimalarni regeneratsiyasi uchun kerak, insulin, kortikotropin, somatotropin va gonadotropin kabi hayotiy muhim gormonlarni tarkibiga kiradi.
Selen organizmni fermentativ antioksidant faoliyatini normal taminlovchi muhim mikroelementalardan biri, u antitelalarni hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi va bu bilan shamollash va infektsion kasalliklardan himoyani oshiradi, eritrotsitlarni ishlab chiqarilishida ishtirok etadi, jinsiy faollikni rag‘batlantirib va uzayishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Giporvitaminozni, mineral moddalarni va mikroelementlarni yetishmovchiligini, shu jumladan quyidagilarda qo‘llanadi
- jadal aqliy va jismoniy yuklama davrida,
- o‘tkazilgan kasalliklardan keyin sog‘ayish davrida,
- yetarli bo‘lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanishda,
- homiladorlik davrida va emizish davrida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga – sutkada 1 tabletkadan ovqatdan keyin buyuriladi.
Preparatni qabul qilish davomiyligini shifokor shaxsiy ravishda belgilaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Vitarich preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ba'zida me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bo‘lishi mumkin, ammo ular preparatni bekor qilinishini talab qilmaydi. Allergik reatsiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vitarich preparatini qabul qilish vaqtida vitaminlarni va mikroelementlarni saqlagan preparatlarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qabul qilinganda siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu mutloq xavfsiz bo‘lib, preparatning tarkibida riboflavinni bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Tavsiya qilingan dozani oshirmang.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan hollarda shifokorga murojaat qilish lozim. Davolash preparatni qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar. 10 tabletkadan alyumin folgali blisterda. 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Saga Laboratoties, Hindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.