Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Volvit plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин В7
Страна производитель
Индия
Дозировка
5 мг
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Volvit®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) biotin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda biotin - 5 mg;
yordamchi moddalar sellaktoza 80, natriy laurilsulfati, natriy kroskarmellozasi, magniy stearati, kremniy kolloid dioksidi, tozalangan suv, Opadry II 85 G 54348 pushti qoplamasi saqlaydi.
Ta'rifi dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar. Biotin.
ATX kodi A11NA05.
Farmakologik xususiyatlari
Biotin (N vitamini, V7 vitamini) V guruhining suvda eruvchi vitaminidir. Organizmda biotin uglevodlar, yog‘lar va oqsillar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi va xujayralarni normal o‘sishi va rivojlanishi uchun hayotiy zarur hisoblanadi. Organizmga tushganida biotin karboksilazalarning kofermenti bo‘lib xizmat qiladi, insulinga o‘xshash ta'sir ko‘rsatadi va glyukoneogenez jarayonida ishtirok etadi (glyukokinazaning sintezida ishtiroki tufayli), buning oqibatida qonda qand darajasini normallashishiga yordam beradi, nerv tizimining faoliyatini yaxshilaydi. Biotin V guruhining boshqa vitaminlari, folat kislotasi, pantotenat kislotasi, sianokobalaminning sinergisti hisoblanadi. Biotinni purin nukleotidlarining sintezida ishtirok etishi to‘g‘risida ma'lumotlar bor. Biotin, shuningdek oqsil-kollagenning sintezida ishtirok etuvchi oltingugurtning manbaidir va shunday qilib teri va uning qo‘shimchalarining (soch, tirnoqlar) tuzilishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Biotin odam organizmiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan tushadi, shuningdek ichak mikroflorasi tomonidan sintez qilinadi.
Farmakokinetikasi
Organizmda biotin ingichka ichakda passiv diffuziya yo‘li bilan so‘riladi, shundan keyin portal tizim orqali jigarga va keyinchalik tizimli qon oqimiga tushadi. Biotinning qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish darajasi 80% ni tashkil qiladi. Qonda erkin yoki kuchsiz bog‘langan biotinning kontsentratsiyasi, odatda 200 dan 1200 mkg/l gachani tashkil qiladi. Biotin gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi. Organizmda turli metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Biotin siydik bilan (sutkada 6 dan 50 mkg gacha) va ahlat bilan o‘zgarmagan holda (taxminan 50%), shuningdek almashinuvning biologik inert mahsulotlari ko‘rinishida chiqariladi. Yarim chiqarilish davri yuborilgan dozaning hajmiga bog‘liq va tana vaznining 1 kg ga 100 mkg ni tashkil qiluvchi doza ichga qabul qilinganidan keyin taxminan 26 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarning, biotinning tanqisligi oqibatida chaqirilgan kasalliklarni kompleks davolashda qo‘llanadi
• soch kasalliklarida (sochlarning yuqori ingichkaligi, qirqiluvchanligi, gullagan va sinuvchan sochlar, soch to‘kilishi, sochlarni yuqori yog‘liligi yoki quruqligi, oqarishi);
• teri kasalliklarida (dermatit, yog‘li serobeya, terining quruqligi va qipiqlanishi);
• tirnoq kasalliklarida (sinuvchanlik, qavat-qavat bo‘lishi, tirnoq o‘sishini va ularning strukturasini buzilishi);
• me'da-ichak yo‘llari tomonidan funktsional buzilishlar (kam malabsorbtsiya sindromi);
• biotinidazaning yetishmovchiligi;
• psixoemotsional buzilishlarda (kuchli ta'sirchanlik va charchoqlik, uyquchanlik, apatiya, mushak holsizligi);
• qandli diabet qonda qand darajasini norma chegaralarida tutib turishga yordam beradi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Volvit® tabletkalari ichgaovqatdan oldin, oz miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi.
Tirnoq, soch, teri kasalliklari va nerv tizimi tomonidan buzilishlarni davolash uchun tavsiya qilingan doza sutkada 5 mg biotinni tashkil qiladi.
Malabsorbtsiyasindromida tavsiya qilingan sutkalik doza, sutkada 10 mg ni tashkil qiladi.
Biotin tanqisligining belgilarida tavsiya qilingan doza sutkada 5-20 mg ni tashkil qiladi.
Biotinidaza yetishmovchiligida tavsiya qilingan doza 5-10 mg ni tashkil qiladi.
Preparat uzoq vaqt qo‘llanishi mumkin, bir uzluksiz davolash kursi o‘rtacha 1 oyni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Biotinga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin, ularni simptomlariko‘krakda og‘riq, hansirash, eshakemi, teri toshmalaribilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Biotinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Biotin tirishishga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanganida qon plazmasida biotinning kontsentratsiyasi pasayishi mumkin. Valproat kislotasi jigarda mitoxondriyalarning faoliyatini pasaytirib, biotinidazaning faolligini pasaytiradi.
Xom tuxumning oqsili avidin proteinini saqlaydi, u biotin bilan o‘zaro ta'sir qiladi, shuning uchun ularni bir vaqtda iste'mol qilishdan saqlanish kerak. Xom tuxumlarning katta miqdorini 2-3 hafta davomida iste'mol qilish biotinning tanqisligini chaqirishi mumkin.
Pantotenat kislotasi katta dozalarda biotin bilan raqobatlashadi, shuning uchun ularni bir vaqtda iste'mol qilish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shifokor tomonidan buyurilgan davolashning davomiyligini buzish mumkin emas. Bo‘lib-bo‘lib olingan yoki barvaqt to‘xtatilgan davolash hollarida preparatning samarasi kamayishi mumkin. Biotinning yaxshi o‘zlashtirilishi tufayli, davolash uzoq vaqt davom etishi mumkin.
Bolalar
Preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishiga oid ma'lumotlar yo‘q.
Transport vositasiva boshqa mexanizmlarni ishlatishni boshqarishdata'sir qilish qobiliyati.
Psixomotor reaktsiyalar tezligiga preparatning salbiy ta'siriga oid ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Bugungi kunda biotinning, hatto katta dozalari qo‘llangan hollarda ham dozani oshirib yuborilishiga oid xabarlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda, 3 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Xeltxker Pvt. Ltd.
Manzili
SP-289(A), RIICO Industrial Area,Chopanki, Bhiwadi, Dist. Alwar (Rajasthan) India
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.