Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Emfetal tab. №60
Nomi | Narx | |||||
Эмфетал табл № 60 (2300520##2 276) |
UZS 145 800
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин A, B1, PP, B6
Страна производитель
Болгария
Производитель
World Medicine Limited, Великобритания произведено: Kendy Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Emfetal
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) vitaminlar va minerallar kompleksi
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Vitaminlar
A vitamini (retinol atsetati shaklida) 400 mkg
V1 vitamini (tiamin gidroxloridi shaklida)1,1 mg
V2 vitamini (riboflavin)0,8 mg
V5 vitamini (kaltsiy pantotenati shaklida)4,5 mg
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi shaklida)1,5 mg
V9 vitamini (folat kislotasi)200 mkg
V12 vitamini (tsianokobalamin)1,5 mkg
S vitamini (natriy askorbati shaklida)45 mg
D3 vitamini (xolekaltsiferol) 5 mkg
Ye vitamini (DL-α-tokoferol atsetati shaklida)10 mg
RR vitamini (nikotinamid)13,5 mg
N vitamini (biotin)75 mkg
Makro- va mikroelementlar
kaltsiy (kaltsiy karbonati shaklida)160 mg
magniy (magniy oksidi shaklida)45 mg
temir (temir fumarati shaklida)13,5 mg
rux (rux oksidi shaklida)7,5 mg
marganets (marganets sulfati shaklida)0,90 mg
mis (mis sulfati shaklida)0,45 mg
yod (kaliy yodidi shaklida)100 mkg
molibden (natriy molibdati shaklida)22,5 mkg
selen (natriy seleniti shaklida)20 mkg
xrom (xrom xloridi shaklida)12,5 mkg
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, kollidon K25, krospovidon.
qobig‘ini tarkibi gipromelloza, fraktsiyalangan kokos moyi, maltodekstrin, polidekstroza, talk.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, och-jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
vitamin-minerallar kompleksi.
ATX kodi A11AA
Farmakologik hususiyatlari
Emfetal – homiladorlar va emizikli ayollar uchun majmuaviy preparat. Preparatning ta'siri tarkibiga kiruvchi vitaminlar va mineral moddalarning samaralari bilan bog‘liq.
Vitaminlar moddalar almashuvida katalizatorlar va biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni boshqaruvchilari kabi ishtirok etadi.
Mineral moddalar odam organizmida almashinuv jarayonlarining hayotiy zarur elementlari hisoblanadi. Organizmning xujayra va to‘qimalarning tuzishda, ferment to‘qimalarining faoliyatida ishtirok etadi.
A vitamini oksidlanishi-qaytarilishi reaktsiyalarida, oqsillarning sintezini boshqarishda ishtirok etadi, me'yoriy moddalar almashinuviga, xujayra va subxujayra membranalarining faoliyatiga yordam beradi, yangi xujayralarning o‘sishi uchun zarur, qarish jarayonini sekinlashtiradi.
V1 vitamini organizmning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradigan xujayra energetiki, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshiradi, detoksikatsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek nerv to‘qimasining metabolizmini yaxshilaydi. Tiamin karbonsuvlar va energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydigan qator fermetlarning kofermentlarini tuzishida, ayniqsa nerv va mushak to‘qimalarining ishtirok etadi. Tiaminning yetishmovchiligi beri-beri (spetsifik polinevrit) va Vernike (polinevrik psixoz) sindromlarining rivojlanishiga olib keladi.
V2 vitamini xujayralarning nafasi va ko‘rish jarayonlarining muhim katalizator hisoblanadi. Riboflavin oksidlanish-qaytarilishi jarayonlarini boshqarib, oqsil, yog‘ va karbonsuvlar almashinuvida ishtirok etadi, DNK ni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobinning sintezida ishtirok etadi, to‘qimalarning regeneratsiyasi jarayonlariga (shuningdek terining xujayralari), xujayralardagi trofik buzilishlarni to‘g‘rilashga yordam beradi.
V5vitamini A kofermenti tarkibiga kiradi (oqsil bo‘lmagan tabiatli organik birikma, fermentlarni faolligining namoyon bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan). Atsetillanishi va oksidlanishi jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Karbonsuvlar va yog‘ almashinuvida va atsetilxolinning sintezida ishtirok etadi.
V6vitamini aqliy va mehnat qobiliyatini oshiradi, qonda glyukozaning darajasini boshqaradi, qalqonsimon bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning ishini me'yorlashtiradi, miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv to‘qimalarini mustahkamlaydi, antidepressant hisoblanadi.
V9 vitamini o‘sish jarayonlarini me'yoriy kechishi uchun, to‘qimalarning rivojlanishi va proliferatsiyasi, xususan qon yaratish va embriogenez uchun kerak, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshiradi, me'dada xlorid kislotasining ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
V12 vitamini immunomodullovchi, allergiyaga qarshi, antiaterosklerotik ta'sirlarga ega, arterial bosimni me'yorlashtiradi, nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi, reproduktiv faoliyatni yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. V12 vitamini turli aminokislotalarning sintezida ishtirok etadi, jigar, nerv tizimi faoliyatiga yaxshi ta'sir ko‘rsatadi, qon ivishi jarayonlarini, karbonsuvlar va lipidlarning almashinuvini faollashtiradi.
S vitamini kuchli tiklovchi xususiyatlarga ega, xususan atrof-muhitning zararli moddalarini zararsizlantiradigan fermentlarini tiklaydi. Kollogenning sintezi uchun (tomirlarni, paylarni, bo‘g‘im va suyaklarning strukturasini komponentlaridan biri), xolesterinning o‘t kislotalariga aylanishi uchun kerak, ular yog‘larning hazm bo‘lishi uchun xizmat qiladi, shuningdek peristaltikani kuchaytiradi.
D3 vitamini kaltsiyning ingichka ichakdan so‘rilishini kaltsiy-bog‘lovchi oqsillarning sintezini rag‘batlantirib oshiradi, kaltsiyni buyrak naychalarida qayta so‘rilishini oshiradi. D3 vitamini suyak to‘qimasini I tur kollageni va oqsillar matritsasini oshirish yo‘lini remodellashish jarayonlarini, osteoblastlarning sintezini faollashtirishi orqali faollashtiradi. Qalqonsimon, paraqalqonsimon, jinsiy bezlarning funktsional xolatiga, skelet suyaklarining kaltsifikatsiyani ta'minlab ta'sir qiladi.
Ye vitamini antioksidant modda hisoblanadi, u xujayralarni shikastlanish va qarshidan himoya qiladi, erkin radikallarning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, mushak faoliyatini va jinsiy bezlarning faoliyatini rag‘batlantiradi. Xujayralararo moddalarni, biriktiruvchi to‘qima tolasini, tomirlarning silliq mushaklarini, ovqat hazm qilish yo‘llarining shakllanishida ishtirok etadi.
RR vitamini xujayra nafasida va oqsillarning almashinuvida ishtirok etuvchi, yuqori nerv faoliyatini va ovqat hazm qilish a'zolarining faoliyatini boshqaruvi fermentlarning tarkibiga kiradi.
N vitamini aminokislotalar va yog‘ kislotalarning almashinuvini boshqaruvchi fermentlarning tarkibiga kiradi.
Kaltsiy suyak to‘qimasining asosini tashkil qiladi, qator muhim fermentlarning faoliyatini faollashtiradi, organizmda ion muvozanatini tutib turishda ishtirok etadi, nerv-mushak va yurak-tomir tizimlarida yuz beradigan jarayonlarga ta'sir qiladi.
Magniy oqsil va karbonsuvlar almashinuvini nazorat qiladi, tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatlarga ega (spazmlarni yo‘q qiladi), o‘t-safro chiqarilishini yaxshilaydi, shuningdek asabiylikni pasaytiradi. DNK va RNK sintezida ishtirok etadi, tomirlarning devorlarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Magniy kaltsiy, fosfor, kaliy, V,S,E guruhi vitaminlarining o‘zlashtirishiga, nerv va mushaklarning faoliyatiga, qandning energiyaga aylanishiga yordam beradi.
Temir- eritropoezni rag‘batlantiruvchi mikroelement. Gemoglobin, mioglobin, turli fermentlarning tarkibiga kiradi kislorodni qayta bog‘laydi va qator oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi. Qon yaratish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Temir tuzlar ko‘rinishida qo‘llanganida uning organizmdagi tanqisligini tezda to‘ldiradi.
Rux odam organizmida 80 dan ortiq fermentlarning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi, u eritrotsitlarni va qonning shaklli elementlarini hosil bo‘lishi uchun kerak. Ko‘rish jarayonining fotokimyoviy reaktsiyalarida, ichki sekretsiya bezlarining faoliyatida ishtirok etadi.
Marganets yog‘larning me'yoriy metabolizmi uchun, suyak va biriktiruvchi to‘qimalarning tuzilishi uchun, xolesterin va nukleotidlarning (DNK) sintezi uchun kerak.
Mis organizmda anabolik jarayonlarga yordam beradi, ayrim fermentlarni (tsitoxromaksidaza, tirozinaza va boshqalar) faoliyatida, teri, soch va ko‘z, gemoglobin pigmentlarini sintezida ishtirok etadi, ichki sekretsiya bezlarining faoliyatiga ta'sir qiladi.
Yod qalqonsimon bezining gormoni-tiroksinning hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Qalqonsimon bezning gormonlari organizmning energik jarayonlarini issiqlikni hosil bo‘lishi, o‘sishi va rivojlanishini boshqaradi.
Molibden moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi, jigarda temirni metabolizmiga yordam beradi va organizmda yuz beradigan qator fermentativ reaktsiyalarning zarur kofaktori hisoblanadi. Metabolizmni va organizmdan siydik kislotasini chiqarilishini tezlashtiradi.
Selen qarish jarayonlarni sekinlashtiradi, immunitetni mustahkamlaydi. Tabiiy antioksidant bo‘lib- xujayralarni rakdan himoya qiladi. Ye vitamining o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Xrom qandlarning va boshqa karbonsuvlarning qayta ishlanishini, insulin almashinuvini nazorat qiladi.
Qo‘llanilishi
• homiladorlikka tayyorgarlik davri;
• homiladorlik toksikozni oldini olish;
• vitaminlar va minerallarning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan homilaning tug‘ma rivojlanishini tug‘ma nuqsonlarini oldini olish;
• homiladorlarda anemiyani bartaraf qilish va davolash;
• ayollarda homiladorlik va laktatsiya davridagi vitaminlar va minerallar tanqisligini oldini olish va davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Emfetalni ichga kuniga 2 marta ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.
Preparatni qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Emfetalni antatsidlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida preparatning tarkibiga kiruvchi temirning so‘rilishi kamayadi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi V6 vitamini levodopaning samarasini kamaytiradi.
Tarkibi
ga mineral moyi va xolestiramin kiruvchi surgi dori vositalari A, D, E vitaminlarining so‘rishini kamaytiradi.
Ftoruratsil, vinblastin, bleomitsin, sisplatin A, V1, va V6 vitaminlarini o‘zlashtirilishini buzadi.
Penitsillamin, izoniazid V1 vitamining samarasini, uning chiqarilishi oshirib kamaytiradi.
Izoniazid peredoksinning samarasini kamaytiradi.
Ye vitamini yurak glikozidlari, glyukokortikosteroidlarni, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi.
Emfetalni boshqa polivitamin kompleksi bilan bir vaqtda qo‘llash, dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun, tavsiya qilinadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etilgan dozalarni oshirmaslik kerak.
Siydikni sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibida riboflovinning borligi bilan bog‘liq.
Axlatni to‘q rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibida temirning borligi bilan bog‘liq.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
15 tabletkadan blisterda. 2 yoki 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va va qayd etish sertifikatining egasi
“Uorld Meditsin Limited”, Buyuk Britaniya
(“World Medicine Limited”, Great Britain)
Ishlab chiqarilgan
“Kendi LTD”, Bolgariya.
(8 Gurmazovskoye shossesi, 2227 Bojurishte)
“Kendy LTD”, Bulgaria
(8 Gurmazovsko shoes, 2227 Bozhurishte).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.