Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tugeviya sirop 150ml flakon №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Экстракты растений
Дозировка
150 мл
Производитель
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.S.
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tugeviya
Dori shakli
Sirop
Tarkibi
150 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
yuraksimon jo‘ka gullarini quruq kontsentrati 2,550 g;
dorivor limono‘t o‘tini quruq kontsentrati 2,475 g;
dorivor moychechak gullarini quruq kontsentrati 2,475 g;
oddiy fenxel urug‘ini quruq ekstrakti 0,0195 g;
dorivor limono‘t barglarini quruq ekstrakti 1,950 g;
yordamchi moddalar glitserin, maltitol, kaliy sorbati, shirin “Gilos” aromatizatori, “Greypfrut” aromatizatori, sukraloza, tozalangan suv.
Ta'rifi to‘q sariq-jigarrang rangli gilos hidli sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
Me'da-ichak yo‘llari kasalliklari va moddalar almashinuvi buzilishlarini davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar.
ATX kodi A16AX
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Tugeviya – o‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat bo‘lib, yel haydovchi va spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan ifodalanadi.
Yuraksimon jo‘ka gullari tinchlantiruvchi, spazmolitik, siydik haydovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Tarkibi
da bioflavonoidlar borligi hisobiga yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Harakat bezovtaligini kamaytiradi, diqqatni jamlash qobiliyatini oshiradi. Jo‘kani keng ta'sir doirasi gullarining kimyoviy tarkibi bilan ifodalanadi, ularga glikozidlar, oshlovchi moddalar, karotin va askorbin kislotasi (A va S vitaminlari), saponinlar, flavonoidlar, kumarin, shuningdek efir moylari va mikroelementlar kiradi.
Dorivor limono‘t o‘ti va barglari miyaning faoliyatini yaxshilaydi, bosh og‘rig‘ini bartaraf qiladi, yaxshi terlatuvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, limono‘t nerv tizimini tinchlantiradi va tabiiy antidepressant hisoblanadi. Ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi.
Dorivor moychechak gullari yallig‘lanishga qarshi, qon to‘xtatuvchi, antiseptik, dezinfektsiya qiluvchi, bujmaytiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, sedativ, tirishishga qarshi, terlatuvchi, safro haydovchi hususiyatlarga ega. Moychechakning tarkibiga oqsillar, kamed, shilliq, achchiq moddalar, efir moyi va boshqa moddalar kiradi. Efir moyining tarkibiga kiruvchi azulen (xamazulen) yallig‘lanishga qarshi hususiyatlarga ega, moychechakdan ajratib olingan apigenin va apinin – spazmolitik hususiyatga ega.
Oddiy fenxel urug‘lari me'da shirasi sekretsiyasini oshirib va peristaltikani kuchaytirib, ovqat hazm bo‘lishini rag‘batlantiradi, shuning uchun ovqat tezroq parchalanadi va so‘riladi. Faol moddalar gazlarni to‘planishini oldini oladi va ularni chiqarilishiga yordam beradi, ichak “spazmlarini yumshatadi”.
Farmakokinetikasi
Tugeviya preparatining ta'siri uning tarkibidagi komponentlarining hususiyatlarini yig‘indisi bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
• ko‘krak yoshidagi bolalarda (shu jumladan sun'iy ovqatlantirishga o‘tish bilan bog‘liq), kichik yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarda meteorizm va me'da-ichak yo‘llari spazmlari;
• asabni buzilishi oqibatidagi uyqusizlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tugeviya siropi ichga 5 ml dan kuniga 2-3 marta ovqatdan bir soat oldin qabul qilinadi. Qabul qilishdan oldin siropni chayqatish kerak. Zarurat bo‘lganida siropni suvda, mevali sharbatda, bolalar ozuqasida suyultirish mumkin.
Siropni dozalash uchun 2,5 ml, 3 ml, 5 ml, 7,5 ml, 10 ml, 15 ml sig‘imlarga bo‘lingan o‘lchov stakani ishlatiladi.
Davolash kursi va davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat patsiyentlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Tavsiya etilgan dozalardan ortiq dozalarda ishlatilganida ko‘ngil aynishi, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibida tabiiy komponentlar borligi tufayli cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik va laktatsiya davrida, ona uchun preparatni qo‘llashdan kutiladigan foyda homila yoki go‘dak uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgan hollardagina preparatni qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o‘rganilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tugeviya preparatining dozasi oshirib yuborilish holatlari xaqida xabar berilmagan. Dozasi oshirib yuborilganida me'dani yuvish va simptomatik davolash buyurish kerak.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun sirop 150 ml dan sariq rangli flakonda buraladigan himoya qopqog‘i yopilgan. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov stakani bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.