Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vitrum Kids chaynaladigan tabletkalar №30 Yunifarm
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамины, минералы
Страна производитель
США
Производитель
Unipharm Inc.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки жевательные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
VITRUM® KIDS
Dori shakli
chaynaladigan tabletkalar
Tarkibi
Bir chaynaladigan tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar
Retinol atsetati (A vitamini)2500 XB1)
Kolekaltsiferol (D3 vitamini)400 XB2)
Alfa-tokoferol atsetati (E vitamini)15 XB3)
Askorbin kislotasi (S vitamini)60 mg
Tiamin mononitrati (V1 vitamini)1,05 mg
Riboflavin (V2 vitamini)1,2 mg
Piridoksin (V6 vitamini)1,05 mg
Nikotinamid13,5 mg
Sianokobalamin (V12 vitamini)4,5 mkg
Biotin 20 mkg
Folat kislotasi300 mkg
Kaltsiy pantotenati5 mg
Kaltsiy karbonati kaltsiyga qayta hisoblanganda100 mg
Magniy fosfati magniyga qayta hisoblanganda40 mg
Temir fumarati temirga qayta hisoblanganda15 mg
Mis oksidi misga qayta hisoblanganda1 mg
Rux oksidi ruxga qayta hisoblanganda10 mg
Marganets sitrati marganetsga qayta hisoblanganda1 mg
Natriy selenati selenga qayta hisoblanganda25 mkg
Xrom aminoati xromga qayta hisoblanganda20 mkg
Magniy fosfati fosforga qayta hisoblanganda50 mg
Kaliy yodidi yodga qayda hisoblanganda150 mkg
1) 0,86 mg retinolga ekvivalent
2) 10 mkg kolekaltsiferolga ekvivalent
3) 15 mg alfa-tokoferol atsetatiga ekvivalent.
Yordamchi moddalar saxaroza – 488,53 mg, stearin kislotasi – 29,53 mg, kolloid kremniy dioksidi – 12,0 mg, magniy stearati – 8,0 mg, qulupnay xushbo‘yi – 10,0 mg, sukraloza –1,0 mg, qizil bo‘yovchi (E129) – 1,6 mg.
Ta'rifi och-pushtidan to to‘q-pushti rangligacha bo‘lgan, och va to‘q rangli dog‘lari bo‘lgan, yengil meva ta'mli va hidli, hayvonlar shaklidagi chaynaladigan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
polivitamin vosita + minerallar.
ATX kodi [A11AA04].
Farmakologik xususiyatlari
Vitaminlar va minerallarning muvozanatlangan majmuasi bolalarning sog‘lom o‘sishi va aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Maxsus tanlab olingan dozalari 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning vitaminlar, makro- va mikroelementlarga bo‘lgan kundalik talabiga to‘g‘ri keladi. Preparatning farmakologik ta'siri uni tarkibiga kiruvchi ingrediyentlarning xususiyatlari bilan belgilanadi.
Qo‘llanilishi
-bolalarda jadal o‘sish davridagi gipovitaminoz, mineral moddalarining yetishmovchiligini oldini olish va davolash;
-o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davri;
-muvozanatlanmagan yoki sifatsiz ovqatlanish, ishtahani pasayishi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin, tabletka yaxshilab chaynab qabul qilinadi.
4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – kuniga 1 tabletkadan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin. Siydikni to‘q sariq rangiga bo‘yalishi mumkin, bu xavfli emas, chunki bu preparatning tarkibida riboflavin bo‘lganligi bilan bog‘liq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozi. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dozani oshrib yuborilishidan saqlanish uchun, A, Ye, D vitaminlari va temir saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Fosfatlar va kaltsiy tuzlari me'da-ichak yo‘llarida magniyning so‘rilishini pasaytiradi; magniy tetratsiklinning so‘rilishini pasaytiradi. Piridoksin levodopaning faolligini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etiladigan dozalar oshirilmasin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi ma'lumotlar yo‘q.
Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta'siri haqida ma'lumotlar ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tasodifan doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling.
Davolash ichga faollashtirilgan ko‘mir buyurish, me'dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Chaynaladigan tabletkalar.
30 yoki 60 chaynaladigan tabletkalar burab yopiladigan himoyalovchi folgasi bo‘lgan qopqoqchali va folgali himoyalovchi klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga yorliq yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan yopiladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, rangli varaqa bilan ta'minlangan karton qutilarga joylashtiriladi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 10-30oS haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Yunifarm, Ink., AQSh
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.