Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vobi Kids sirop 150 ml flakonlarda №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Концентрат сока черники обыкновенной, сухой концентрат листьев березы , пивные дрожжи, экстракт пл
Страна производитель
Турция
Дозировка
150 мл
Производитель
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vobi Kids
Dori shakli
sirop.
Tarkibi
150 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
oddiy chernika sharbatining kontsentrati 15,000 ml;
oq qayin barglarining quruq kontsentrati 2,775 g;
pivo achitqilari 3,000 g;
xitoy shizandrasi mevalarining ekstrakti 1,500 g;
pardali astragal ildizining ekstrakti 1,500 g;
hind qalqonbargi o‘tlarining ekstrakti15,000 mg;
liofilizatsiya qilingan asalari ona suti 750 mg;
yordamchi moddalar polietilenglikol 400, kaliy sorbati, glitserin, maltitol, «Gilos» aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi qizg‘ish rangdan qizil ranggacha bo‘lgan, gilos hidli sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
tonusni oshiruvchi vosita.
ATX kodi A13A
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Vobi Kids – o‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat bo‘lib, ta'sir mexanizmi uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan ifodalanadi.
Oddiy chernika sharbati – bakteritsid ta'sirga ega. Chernikaning barglari yallig‘lanishga qarshi, yiringlashga qarshi, siydik haydovchi, safro haydovchi, burishtiruvchi, kardiotonik ta'sir ko‘rsatadi, qonda qandning miqdorini pasaytiradi, me'da osti bezining faoliyatini boshqaradi. Quruq chernika mevalari burishtiruvchi hususiyatga ega, yangi uzilgan mevalari esa – yel haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, siydik haydovchi, qon to‘xtatuvchi, antibakterial hususiyatlarga ega, moddalar almashinuvi, ovqat hazm qilish yo‘llarining faoliyatini boshqaradi. Chernikadagi karotinoidlar tunda ko‘rishni va ko‘ruv apparati faoliyatini yaxshilaydi.
Oq qayin barglari efir moylari va spirt saqlovchi komponentlar, fitontsidlar, S vitamini, karotin, o‘simlik glikozidlari, oshlovchi moddalar va boshqa elementlarga boy.
Tarkibi
shunday bo‘lganligi sababli, oq qayin barglari antimikoz va viruslarga qarshi ta'sirga ega, bakteritsid va yallig‘lanishga qarshi hususiyatlarga ega.
Pivo achitqilari V guruhi vitaminlari (B1, B2, RR, pantoten kislotasi, B6 vitaminlari), D vitaminining manbai hisoblanadi. Ular tarkibida ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirilganida qator kristall moddalar, shu jumladan D2 vitaminini hosil qilishi mumkin bo‘lgan ergosterol saqlaydi. Pivo achitqilari odamning ish qobiliyatini oshishiga yordam beradi va toliqishni kamaytiradi, nerv tizimini mustahkamlaydi va odamga stress holatlarining ta'sirini susaytiradi.
Xitoy shizandrasi mevalari adaptogen, umumiy tonusni oshiruvchi va psixostimulyator ta'sirga ega. Mevalarning tonusni oshiruvchi ta'siri markaziy nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligini oshiruvchi va yurak hamda nafas apparatining ishini rag‘batlantiruvchi sxizandrin bilan ifodalanadi. Xitoy shizandrasi mevalari shuningdek arterial bosimni oshiradi, bosh miyaning tuzilmalarida qo‘zg‘aluvchanlik jarayonlarini va reflektor faoliyatini kuchaytiradi, aqliy va jismoniy harakatlar oshganida ish qobiliyatini oshiradi va toliqishni kamaytiradi.
Pardali astragal ildizi tarkibida triterpen saponinlari - astragalozidlar, alkaloidlar, kumarinlar, bioflavonoidlar, polisaxaridlar saqlaydi. Astragalning noyob davolovchi hususiyatlari selenning biologik faol shakllari va biologik faol moddalarning miqdorini yuqoriligi bilan ifodalanadi. Astragal umumiy mustahkamlovchi, tonusni oshiruvchi, jismoniy ish qobiliyatini oshiruvchi ta'sirlarga ega. Tez-tez kuzatiladigan shamollash kasalliklarida, aqliy va jismoniy harakatlar oshganida immun tizimining normal faoliyatini (birinchi navbatda polisaxaridlar hisobiga) tutib turadi.
Hind qalqonbargi o‘ti – nerv va miya hujayralarini rag‘batlantirish va mustahkamlash uchun asosiy vositadir. Bosh miyaning faoliyatini rag‘batlantiradi, xotirani mustahkamlaydi, kontsentratsiyani, diqqatni yaxshilaydi, fikrni tiniqlashtiradi, miyani oziqlantiradi, miya hujayralarini yoshartiradi, bosh miyada qon aylanishini normallashtiradi. Zo‘raygan ayliy faoliyatdan keyin toliqishni bartaraf qilib, stressni yo‘qotadi, bosh og‘rig‘ini bartaraf qiladi. Immun tizimini mustahkamlaydi.
Liofilizatsiya qilingan asalari ona suti organizmning immun tizimini rag‘batlantiradi, lipidlar metabolizmini, xususan – xolesterol almashinuvini boshqaradi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, ko‘rishni va xotirani yaxshilaydi, bola organizmini normal rivojlanishi va o‘sishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Vobi Kids preparatining ta'siri uning tarkibidagi komponentlarning hususiyatlarini yig‘indisi bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
Vobi Kids preparati maktabgacha va maktab yoshidagi (ayniqsa, kichik va o‘rta maktab yoshidagi) bolalarda xotirani yaxshilash, reaktsiyalar tezligini oshirish, diqqatni jamlash va bilim olish qobiyatini oshirish uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vobi Kids siropi ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi. Qabul qilishdan oldin siropni chayqatish kerak. Zarurat bo‘lganida siropni suvga yoki mevali sharbatga qo‘shish mumkin.
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
6 yoshdan oshgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3-4 marta buyuriladi.
Siropni dozalash uchun 2,5 ml, 3 ml, 5 ml, 7,5 ml, 10 ml, 15 ml hajmlarga bo‘lingan o‘lchov stakani ishlatiladi.
Davolash kursi va davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning biror-bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Tavsiya etilgan dozalardan ortiq dozalarda ishlatilganida ko‘ngil aynishi, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibida tabiiy komponentlar borligi tufayli, cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiyada preparatni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat 3 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o‘rganilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Vobi Kids preparatining dozasini oshirib yuborilish holatlari haqida xabar berilmagan. Dozasi oshirib yuborilganida me'dani yuvish va simptomatik davolashni buyurish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun sirop 150 ml dan buraladigan himoya qopqoqli sariq rangli shisha flakonda.
1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov stakani bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Rotafarm Ilachlar Limited Shirketi», Turkiya
(“Rotapharm Ilaçlarl Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Farmamag Ambalaj Sanayi ve Tidjaret A.Sh.», Turkiya
(Avdjlar Ilchesi, Baglarichi Djaddesi №14, Kat 2, Istambul)
“Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.Ş.”, Turkey
(Avcılar İlçesi, Bağlariçi Caddesi No14, Kat 2, İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«TarPharmAlliance» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch, 166 uy
Telefon 277-76-78, 277-76-48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.