Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аskorutin tab. №50 Marbiofarm
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аскорбиновая кислота и рутозид
Страна производитель
Россия
Дозировка
50мг+50мг
Производитель
"Марбиофарм" Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Askorutin
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) askorbin kislotasi + rutozid
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar askorbin kislotasi – 50 mg, rutozid (rutin) – 50 mg;
yordamchi moddalar saxaroza (qand) – 147,1 mg; kartoshka kraxmali – 76,2 mg, kaltsiy stearati monogidrati – 2,6 mg; talk – 4,1 mg.
Ta'rifi yashil, jigarrang va oq rangli mayda dog‘lari bo‘lgan, och yashilroq-sariq rangli, dumaloq, yassi silindrik shaklli, faska va riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
vitamin.
ATX kodi S05CA51.
Farmakologik xususiyatlari
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini boshqarishda, uglevodlar almashinuvida, kollagenning sintezida ishtirok qiladi.
Rutozid kapillyarlarning yuqori o‘tkazuvchanligini bartaraf qiladi, tomirlarning devorini mustahkamlaydi.
Qo‘llanilishi
S va R gipo- va avitaminozlarni oldini olish va davolash.
Venalarni varikoz kengayishi, terining trofik buzilishlari va yaralari, surunkali venoz yetishmovchiligi, gemorragik diatezlarda majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan so‘ng qabul qilinadi. Davolash kursi - 2-3 hafta. Oldini olish uchun – sutkada 1-2 tabletkadan. Davolash kursi shaxsiy aniqlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, dispeptik buzilishlar, bosh og‘rig‘i.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalar, saxaroza/izomaltozaning tanqisligi, fruktozanio‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi.
Ehtiyotkorlik bilan
Qonning giperkoagulyatsiyasi va tromboz, tromboflebitlarga moyillik bilan birga kechuvchi holatlar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Askorbin kislotasi penitsillin guruhi dori vositalari, temirning so‘rilishini oshiradi; geparin va bevosita antikoagulyantlarning klinik samaralarini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatning tarkibida rutin borligi tufayli, uni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikning II-III uch oyliklarida askorbin kislotasiga bo‘lgan minimal kundalik ehtiyoj – taxminan 60 mg. Homila homilador ayol qabul qilayotgan askorbin kislotasining yuqori dozalariga moslashishi mumkinligini va so‘ngra yangi tug‘ilgan chaqaloqda “bekor qilish” sindromini rivojlanishi mumkinligini nazarda tutish kerak.
Laktatsiya davrida minimal kundalik ehtiyoj – 80 mg. Askorbin kislotasining adekvatmiqdorini saqlovchi onaning parxezi, emizikli bolada uning tanqisligini oldini olish uchun yetarli bo‘ladi. Ona askorbin kislotasining yuqori dozalarini qabul qilganida nazariy jihatdan bola uchun xavf mavjud (emizikli ona tomonidan askorbin kislotasiga bo‘lgan kundalaik ehtiyojni oshirmaslik tavsiya qilinadi).
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparat qabul qilinganida, shifokor buyurgan dozaga va qabul qilish kursining davomiyligiga rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 50 mg + 50 mg.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda.
50 tabletkadan polimer materialli bankada.
Polimer materialli har bir banka yoki 5 kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga iste'molchilar tarasi uchun karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixnalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
va shikoyatlarni qabul qiluvchi tashkilot
“Marbiofarm” OAJ.
424006, Rossiya, Mariy El Respublikasi, Yoshkar-Ola sh., K.Marks ko‘ch., 121,
Tel (8362) 42-03-12, faks (8362) 45-00-00
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.