Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Аскорбиновая кислота
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
200 мг
Производитель
Отисифарм,ПАО произведено Фармстандарт-Лексредства,ОАО,Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Chaynash uchun tabletkalar
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Asvitol®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) askorbin kislotasi
Dori shakli
chaynaladigan tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda askorbin kislotasi – 200 mg;
yordamchi moddalar saxaroza (qand) – 177,9 mg, aspartam – 3,0 mg, magniy stearati – 3,0 mg, stearin kislotasi – 1,0 mg, talk – 6,7 mg, quyi molekulyar povidon (tibbiy quyi molekulyar polivinilpirrolidon) – 5,7 mg, etiltsellyuloza – 1,3 mg, sariq shafaq bo‘yovchisi – 1,0 mg, apelsin aromatizatori – 0,4 mg.
Ta'rifi och-sariq rangdan sariq rangligacha bo‘lgan, yassitsilindrik, dog‘lari bo‘lgan, kuchsiz meva hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
vitamin
ATX kodi A11GA01
Farmakologik xususiyatlari
Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, uglevodlar almashinuvida, qon ivishida, to‘qimalarning regeneratsiyasida, steroid gormonlar sintezida ishtirok etadi; organizmning qarshiligini oshiradi, qon tomirlari o‘tkazuvchanligini kamaytiradi V1, V2, A, Ye vitaminlari, folat kislotasi, pantoten kislotasiga ehtiyojni pasaytiradi. Isitma bilan birga kechuvchi kasalliklarda organizmning S vitaminiga oshgan ehtiyojini qondiradi.
Qo‘llanilishi
S vitaminini gipo- va avitaminozini oldini olish va davolash.
Yordamchi vosita sifatida gemorragik diatez, burun, bachadon, o‘pka va boshqa a'zolardan qon ketishlari, shu jumladan nur kasalligi chaqirgan qon ketishlar; antikoagulyantlarning dozasini oshirib yuborilishi, sust bituvchi jaroxatlar va sinishlar, distrofiyalar, yuqori jismoniy va aqliy yuklamalar, og‘ir, davomli kasalliklardan keyingi tuzalish davri.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Tabletkani chaynash va katta bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutish kerak.
Profilaktika uchun kattalarga sutkada 200 mg (1 tabletka) dan.
Davolash maqsadida kattalarga 1-2 tabletkadan sutkada 1-2 marta (maksimal davolash dozasi – sutkada 1 g).
Nojo‘ya ta'sirlari
Markaziy nerv tizimi tomonidan (MNT) bosh og‘rig‘i, charchoqlik xissi, katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida – MNT yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uyquni buzilishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatini ta'sirlanishi, ko‘ngil aynishi, diareya, me'dada spazmlar.
Endokrin tizimi tomonidan me'da osti bezi insulyar apparatining faoliyatini susayishi (giperglikemiya, glyukozuriya).
Siydik chiqarish tizimi tomonidan katta dozalarda qo‘llanganida giperoksalaturiya va kaltsiy oksalatidan siydik toshlarini hosil bo‘lishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan tromboz, yuqori dozalarda qo‘llanganida arterial bosimni oshishi, mikroangiopatiyalarni rivojlanishi, miokardiodistrofiya.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, kam hollarda – anafilaktik shok
Laboratoriya ko‘rsatkichlari trombotsitoz, giperprotrombinemiya, eritropeniya, neytrofil leykotsitoz, gipokaliyemiya.
Boshqalar gipervitaminoz, qizish xissi, katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida natriyni (Na+) va suyuqlikni tutilishi, rux (Zn2+) va mis (Cu2+) almashinuvini buzilishi.
Chaynaladigan tabletkalarni ko‘p miqdorda iste'mol qilish yoki peroral shakllarini so‘rish, tish emalini shikastlanishini chaqirishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, tromboflebitlar, trombozlarga moyillik, qandli diabet, buyrak-tosh kasalligi, bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Giperoksalaturiya, buyrak yetishmovchiligi, gemoxromatoz, talassemiya, politsitemiya, leykemiya, sideroblast anemiya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, o‘roqsimon xujayrali anemiya, avj olib boruvchi xavfli o‘sma kasalliklari, homiladorlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Qonda benzilpenitsillin va tetratsiklinlarning kontsentratsiyasini oshiradi; sutkada 1 g dozada etinilestradiolning biokiraolishligini oshiradi. Ichakda temir preparatlarini so‘rilishini yaxshilaydi (uch valentlik temirni ikki valentlikka o‘tkazadi); deferoksamin bilan bir vaqtda qo‘llanganida temirni chiqarilishini oshirishi mumkin.
Atsetilsalitsil kislotasi (ASK), peroral kontratseptivlar, yangi sharbatlar va ishqoriy ichimliklar so‘rilishi va o‘zlashtirilishini pasaytiradi. ASK bilan bir vaqtda qo‘llanganida askorbin kislotasini siydik bilan chiqarilishi oshadi va ASK ni chiqarilishi pasayadi. ASK askorbin kislotasini so‘rilishini taxminan 30% ga pasaytiradi. Salitsilatlar va qisqa ta'sirga ega sulfanilamidlar bilan davolanishda kristalluriyani rivojlanish xavfini oshiradi, buyraklar orqali kislotalarni chiqarilishini sekinlashtiradi, ishqoriy reaktsiyaga ega bo‘lgan preparatlarni (shu jumladan alkaloidlarni) chiqarilishini kuchaytiradi, qonda peroral kontratseptivlarning kontsentratsiyasini pasaytiradi. Etanolning umumiy klirensini oshiradi, u o‘z navbatida organizmda askorbin kislotasining kontsentratsiyasini pasaytiradi. Xinolon qatori preparatlari (ftorxinolonlar va boshqalar), kaltsiy xloridi, salitsilatlar, glyukokortikosteroidlar davomli qo‘llanganida askorbin kislotasining zahiralarini kamaytiradilar. Bir vaqtda qo‘llanganida izoprenalinning xronotrop ta'sirini kamaytiradi. Uzoq muddat va katta dozalarda qo‘llanganida disulfiram-etanol o‘zaro ta'sirini buzishi mumkin. Yuqori dozalarda meksiletinni buyraklar orqali chiqarilishini oshiradi. Barbituratlar va primidon askorbin kislotasini siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradi.
Antipsixotik vositalarning (fenotiazin hosilalarining) terapevtik ta'sirini, amfetamin va tritsiklik antidepressantlarning naychalar reabsorbtsiyasini kamaytiradi.
Geparin, bilvosita antikoagulyantlarning samaradorligini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Askorbin kislotasini kortikosteroid gormonlarning sinteziga rag‘batlantiruvchi ta'siri tufayli, buyrak usti bezlarining faoliyati va arterial bosimni kuzatish kerak. Katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida me'da osti bezining insulyar apparatining faoliyati susayishi mumkin, shuning uchun davolash jarayonidauni muntazam nazorat qilish kerak. Organizmida temir miqdori yuqori bo‘lgan patsiyentlarda askorbin kislotasini minimal dozalarda qo‘llash kerak. Askorbin kislotasini tez proliferatsiyalanuvchi va jadal metastazlanuvchi o‘smalari bo‘lgan patsiyentlarga buyurish, jarayonni kechishini yomonlashtirishi mumkin. Askorbin kislotasi qaytaruvchi sifatida turli laboratoriya testlarining (qonda glyukoza, bilirubinning miqdorini, transaminazalar, LDG faolligini) natijalarini buzishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikning II va III uch oyliklarida askorbin kislotasiga bo‘lgan kundalik minimal ehtiyoj taxminan 60 mg.
Emizish davrida kundalik minimal ehtiyoj 80 mg. Askorbin kislotasini adekvat miqdorda saqlovchi onaning parhezi, emizikli bolada S vitaminining tanqisligini oldini olish uchun yetarlidir (emizuvchi onaning askorbin kislotasiga bo‘lgan har oylik ehtiyojning maksimumini oshirish tavsiya qilinmaydi).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kuniga 1 g dan ortiq qabul qilinganida jig‘ildon qaynashi, diareya, siyishni qiyinlashishi va/yoki siydikni qizil rangga bo‘yalishi, gemoliz (glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda) kuzatilishi mumkin.
Har qanday nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Chaynaladigan tabletkalar 200 mg.
10 yoki 20 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
20, 30 yoki 50 tabletkadan polimer bankada.
1, 2 yoki 3 kontur uyali o‘ramlar yoki 1 banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxonaning nomi va manzili
«Farmstandart-Leksredstva» OAJ,
305022, Rossiya, Kursk sh, 2-chi Agregatnaya ko‘ch., 1a/18,
tel./faks (4712) 34-03-13, www. pharmstd.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.