Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Aevit-LIK №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин Е, А
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
Ретинола пальмитате по 100000 МЕ (витамина А) и α - токоферола ацетата (витамина Е) 0,1 г.
Производитель
Lekinterkaps,OOO,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Aevit-LIK
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Ye vitamini + retinol
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar alfa-tokoferol atsetati (E vitamini) (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 g, retinol palmitati (A vitamini) moyli eritma 55,036 mg (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 ml (100000 XB);
yordamchi moddalar makkajo‘xori moyi (rafinatlangan, dezodoratsiya qilingan) yoki soya moyi yoki kungaboqar – 0,2 g.
Ta'rifi och-sariqdan to to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan, achigan hidsiz moyli suyuqlik bilan to‘ldirilgan sharsimon shaklli, sariqdan to och-jigarrang rangligacha bo‘lgan, kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Polivitamin vosita.
ATX kodi A11JA
Farmakologik xususiyatlari
Farmakologik ta'siri. Majmuaviy preparat, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi A va Ye vitaminlarining xususiyatlari bilan belgilanadi. Retinol (A vitamini) normal oqshomgi va rangli ko‘rish uchun kerak bo‘lgan ko‘ruv pigmentlarini shakllanishida ishtirok etadi; epitelial to‘qimalarning butunligini ta'minlaydi, suyaklarni o‘sishini boshqaradi.
Tokoferol (E vitamini) antioksidant xususiyatlarga ega (organizmdan toksiklarni chiqaradi), to‘yinmagan yog‘ kislotalarining himoyasini ta'minlaydi; xujayralararo moddaning, biriktiruvchi to‘qimaning, qon tomirlarning silliq mushaklari, ovqat hazm qilish yo‘llarining kollagen va elastik tolalarining shakllanishida ishtirok etadi. Buzilgan kapillyar qon aylanishini tiklaydi, kapillyar va to‘qimaning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, to‘qimalarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi.
Farmakokinetikasi
. Retinol o‘t kislotalari bilan emulgatsiyasidan keyin me'da-ichak yo‘llarida so‘riladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Retinolning metabolitlari safro bilan (retinilpalmitat, retinal, retin kislotasi) va siydik bilan (retinoilglyukuronid) chiqariladi. Retinolni chiqarilishi sekin amalga oshiriladi, to‘planishi mumkin.
Ye vitamini qabul qilingan dozaning taxminan 50% me'da-ichak yo‘llaridan sekin so‘riladi, qondagi maksimal darajasi 4 soatdan keyin aniqlanadi. Buyrak usti bezlari, urug‘ yo‘llari, yog‘ va mushak to‘qimasi, eritrotsitlar, jigarda to‘planadi. Organizmdan o‘zgarmagan ko‘rinishda va metabolitlari ko‘rinishida safro (90% dan yuqori) va siydik (taxminan 6%) bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
A va Ye majmuaviy avitaminozi.
Majmuaviy davolashda
- to‘qimalarning trofikasini buzilishi bilan birga kechuvchi terini shikastlanishlari va kasalliklari (psoriaz, ekzemaning ayrim shakllari, ixtioz, seboreyali dermatit) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat shifokor tavsiyasi bo‘yicha qo‘llanadi
Kuniga 1 kapsuladan, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar ichga qabul qilinadi. Davolash kursi – 30-40 kun. Shifokor tavsiyasi bo‘yicha takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi), epigastral sohasida diskomfort his qilish, dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya). Uzoq vaqt qabul qilganda o‘t-tosh kasalligi va surunkali pankreatit zo‘rayishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A va/yoki Ye gipervitaminozi, bolalar (18 yoshgacha), homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan tireotoksikoz, surunkali glomerulonefrit, surunkali yurak yetishmovchiligi, xoletsistit, surunkali pankreatitda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparatni tarkibiga A va Ye vitaminlari kiruvchi boshqa dori vositalari bilan qabul qilish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
A vitamini giperkaltsiyemiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar, neomitsin A va Ye vitamini so‘rilishini kamaytiradi (ularning dozasini oshirish talab etilishi mumkin). Peroral kontratseptivlar plazmada A vitaminining kontsentratsiyasini oshiradi. Izotretinoin A vitamini bilan intoksikatsiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Tetratsiklin va yuqori dozada (50000 TB va undan yuqori) A vitaminini bir vaqtda qo‘llash bosh miya ichki bosimini oshishi rivojlanishi xavfini oshiradi.
Ye vitamini glyukokortikosteroid preparatlarning, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning, antioksidantlarning samarasini kuchaytiradi, A, D vitaminlari, yurak glikozidlarining samaradorligini oshiradi va toksikligini kamaytiradi. Ye vitaminini yuqori dozada buyurilishi organizmda A vitamini tanqisligini chaqirishi mumkin.
Ye vitaminini sutkada 400 TB dan yuqori dozada antikoagulyantlar (kumarin va indandion hosilalari) bilan bir vaqtda qo‘llash gipoprotrombinemiya rivojlanishi va qon ketishi xavfini oshiradi. Temirning yuqori dozalari organizmda oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, bu Ye vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
A va Ye gipervitaminozi rivojlanishidan saqlanish uchun tavsiya etilgan dozalarni oshirish mumkin emas. Preparatni qo‘llaganda unda A vitaminining yuqori dozalarini (100000 TB) hisobga olish kerak. Selen va oltingugurt saqlovchi aminokislotalarning miqdori yuqori bo‘lgan parhez Ye vitaminiga ehtiyojni kamaytiradi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Tavsiya etilgan dozalarda preparatning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta'siri haqidagi ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
A vitamini dozasini o‘tkir oshirib yuborilishining simptomlari (qabul qilinganidan keyin 6 soat o‘tgach rivojlanadi) kattalarda - uyquchanlik, holsizlik, diplopiya, bosh aylanishi, kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, og‘ir qusish, diareya, ta'sirchanlik, osteoporoz, milklarni qonashi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quruqligi va yaralanishi, lablar, terini (ayniqsa kaftlarni) po‘st tashlashi, qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi, bosh miya ichki bosimini oshishi (emizikli bolalarda – gidrotsefaliya, liqildoqni bo‘rtishi).
A vitamini bilan surunkali intoksikatsiyaning simptomlari anoreksiya, suyaklarda og‘riq, terini yorilishi va quruqligi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quruqligi, gastralgiya, qusish, gipertermiya, asteniya, bosh og‘rig‘i, fotosensibilizatsiya, pollakiuriya, nikturiya, poliuriya, ta'sirchanlik, sochlarni to‘kilishi, oyoq-qo‘l kaftlarida, burun-lab uchburchagi sohasida sariq-to‘q sariq rangli dog‘lar, gepatotoksik ko‘rinishlar, ko‘z ichki bosimini oshishi, oligomenoreya, portal gipertenziya, gemolitik anemiya, suyaklarning rentgenogrammalarida o‘zgarishlar, tirishishlar.
Ye vitaminining dozasini oshirib yuborilishining simptomlari sutkada 400-800 TB dozalarda uzoq muddat davomida qabul qilinganida – ko‘rishning noaniqligi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, diareya, gastralgiya, asteniya; sutkada 800 XB dan ko‘proq dozada uzoq muddat davomida qabul qilinganida – K gipovitaminozi bo‘lgan bemorlarda qon ketishlari xavfini oshishi, tireoid gormonlarining metabolizmini buzilishi, jinsiy funktsiyani buzilishlari, tromboemboliya, nekrotik kolit, sepsis, gepatomegaliya, giperbilirubinemiya, buyrak yetishmovchiligi, ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi, gemorragik insult, astsit.
Davolash preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 5 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S gacha haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«LEKINTERKAPS» MChJ,
Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy.
Tel. (99895) 170 99 48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.