Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Brikeza sirop 150ml flakon
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин D3, Ca, Mg
Страна производитель
Турция
Дозировка
150 мл
Производитель
Rotapharm Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.S.
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Brikeza
Dori shakli
sirop
Tarkibi
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
D3 vitamini (xolekaltsiferol) 99 XB;
kaltsiy (kaltsiy sitrati shaklida) 150 mg;
magniy (magniy sulfati digidrati shaklida) 75 mg;
rux (rux sitrati trigidrati shaklida) 3 mg.
yordamchi moddalar suvsiz dekstroza, mikrokristall sellyuloza, natriy karmelloza, glitserin, kaliy sorbati, polisorbat 80, “Apelsin” aromatizatori, “Yalpiz” aromatizatori, “Vanil” aromatizatori, sukraloza, sariq sanset, saxaroza, kristallanmaydigan sorbitol eritmasi, tozalangan suv.
Ta'rifi vanil-apelsin-yalpiz hidli va shirin ta'mli och to‘q sariq-pushti rangli sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
boshqa preparatlar bilan majmuada kaltsiy preparatlari
ATX kodi A12AX
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Brikeza – majmuaviy preparat bo‘lib, kaltsiy, magniy, rux va D3 vitamini tanqisligini to‘ldiradi; fosfor-kaltsiy almashinuvini boshqaradi. Suyak to‘qimasi mineralizatsiyasini va suyak qadog‘ini shakllanishini tezlashtiradi.
D3 vitamini kaltsiy va fosfor almashinuvini, suyaklar strukturasini qurilish jarayonini boshqaradi; ichakda kaltsiy ionlarini so‘rilishini, ingichka ichak, jigar va suyaklarda oqsil sintezini oshiradi. Osteotsitlarda DNK sintezini rag‘batlantiradi, osteoklastlar funktsiyasini tormozlaydi va suyak to‘qimasini involyutsiya jarayonlarini sekinlashtiradi.
Kaltsiy suyak to‘qimasini hosil bo‘lishi, tishlarni normal mineralizatsiyasi, qonning ivish tizimini funktsiyasi, nerv va mushak tolalarida impulslarni o‘tkazuvchanlik jarayonlarini ta'minlash uchun, yurakni to‘xtovsiz ishlashini ta'minlash uchun zarur.
Magniy kaltsiyni metabolizmini boshqarishda, suyaklarni o‘sishi va mineralizatsiyasida ishtirok etadi; D vitamini bilan birga suyak gomeostazini bir maromda ushlab turadi.
Rux o‘sish jarayoniga ta'sir qiluvchi muhim mineral modda hisoblanadi. Organizmga ruxni tushishi tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan turli holatlarda, odatda suyaklarni o‘sishini sekinlashishi kuzatiladi. Rux osteoblastogenezni faollashuvi va suyaklarni mineralizatsiyasi, osteoklastlar tomonidan suyaklar rezorbtsiyasini ingibitsiya bo‘lishi orqali suyak to‘qimasini hosil bo‘lishiga bevosita rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ruxni ovqat bilan iste'mol qilish suyak massasini oshishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Preparatning komponentlarini so‘rilishi bevosita qabul qilinganidan keyin boshlanadi, me'da-ichak yo‘llari orqali kaltsiyning taxminan 1/3 qismi so‘riladi, va butun organizm bo‘ylab taqsimlanadi; kaltsiyning maksimal miqdori suyak to‘qimasida to‘planadi. Organizmda asosan axlat massalari va siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• raxitni davolash va oldini olish;
• bolalar va o‘smirlar osteoporozi;
• suyaklar singanidan keyingi reabilitatsiya davri;
• bolalik va o‘smirlikda jadal o‘sish davri;
• sport bilan faol shug‘ullanish;
• ovqatda kaltsiyni tanqisligi bo‘lganida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ovqatlanishdan 15-20 minut oldin ichga qabul qilinadi. Qabul qilishdan avval flakonning ichidagi siropni chayqatish lozim.
Preparatni 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
6 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml dan kuniga 1-2 marta buyuriladi.
1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan kuniga 2 marta buyuriladi.
3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 10 ml dan kuniga 2 marta buyuriladi.
Bolalar va 12 yoshdan katta o‘smirlarga – 10 ml dan kuniga 2-3 marta buyuriladi.
Siropni dozalash uchun 2,5 ml, 3 ml, 5 ml, 7,5 ml, 10 ml, 15 ml hajmlarga bo‘lingan o‘lchov stakanchasidan foydalaniladi.
Davolash kursi va davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Uzoq muddat qo‘llanganida giperkaltsiyemiya rivojlanishi mumkin.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatni individual o‘zlashtirolmaslik yoki preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• giperkaltsiyemiya;
• D3 vitamini gipervitaminozi;
• giperfosfatemiya;
• giperparatireoidizm;
• og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi;
• 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tiazid qatori diuretiklar bir vaqtda qo‘llanganida giperkaltsiyemiyani rivojlanish havfi oshadi, chunki oxirgilari kaltsiyni buyrak naychalari orqali qayta so‘rilishini oshiradilar; qondagi kaltsiyning darajasini monitoringini o‘tkazish kerak. Aksincha, furosemid va boshqa xalqali diuretiklar kaltsiyni buyraklar orqali chiqarilishini oshiradilar. Tizimli glyukokortikosteroidlar kaltsiyni so‘rilishini kamaytiradilar, shuning uchun kortikosteroidlar bilan davolanganda preparatning dozasini oshirish talab etilishi mumkin. Kolestiramin preparatlari yoki asosi mineral yoki o‘simlik moyi bo‘lgan surgi vositalari bilan bir vaqtda davolanganda D vitaminini so‘rilishi pasayishi mumkin. Kaltsiy tetratsiklin qatori preparatlarini so‘rilishiga ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun preparatni yuqorida ko‘rsatilgan preparatlarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 4-6 soatdan keyin qabul qilish kerak. Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda davolanganda elektrokardiogramma (EKG) ni va bemorning klinik ahvolini nazorat qilish kerak, chunki kaltsiy preparatlari yurak glikozidlarining terapevtik va toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin. Bisfosfonatlar va natriy ftoridini so‘rilishini pasayishini oldini olish uchun ushbu preparatlarni Brikeza preparatini qabul qilishdan kamida 3 soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Barbituratlar (shu jumladan fenobarbital), fenitoin va primidonni ta'sirida D vitaminiga bo‘lgan ehtiyoj ahamiyatli darajada oshishi mumkin (chunki ushbu preparatlar metabolizm tezligini oshiradilar). Alyuminiy- va magniy saqlovchi antatsidlarni bir vaqtda qo‘llash fonida preparat bilan uzoq muddat davolash ularning qondagi kontsentratsiyasini va intoksikatsiyani rivojlanish havfini oshiradilar. Brikeza fosforsaqlovchi preparatlarni so‘rilishini va giperfosfatemiyani rivojlanish havfini oshiradi.
Tarkibi
da kaltsiy va D vitaminini saqlovchi boshqa polivitamin komplekslari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etilgan dozadan oshirish mumkin emas.
Davomli davolash vaqtida qondagi kaltsiyning darajasini va buyrak funktsiyasi ko‘rsatkichlarini (kreatinin) ni monitoringini o‘tkazish kerak. Giperkaltsiyemiyada yoki buyrak funktsiyasi buzilganida preparatning dozasini kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda D vitamini ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi, shuning uchun bunday patsiyentlarda kaltsiy va fosfatlarning darajasini nazorat qilish kerak. Yumshoq to‘qimalarni kaltsifikatsiyasi rivojlanish havfini e'tiborga olish kerak. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda D vitamini xolekaltsiferol shaklida me'yorida metabolizmga uchramaydi, D vitaminini boshqa shakllarini qo‘llash kerak.
Preparatni temir preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
D-Kaltsina Bebi preparatini qabul qilish vaqtida organizmga boshqa manbalardan D vitamini tushishini inobatga olish kerak.
Profilaktika maqsadida qo‘llanganida, ayniqsa bolalarda, dozani oshirib yuborilish ehtimolini inobatga olish kerak. Yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilish surunkali D vitamini giperviraminoziga olib keladi.
Tuberkulyozning faol shakllari va sarkoidoz bo‘lgan patsiyentlarga preparatni (granulemalar kaltsifikatsiya bo‘lishi mumkinligi tufayli) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Yordamchi moddalar
Natriy. Preparat 5 ml siropda 1 mmol (23 mg) dan kamroq natriy saqlaydi, ya'ni bu “natriy saqlamaydi” degani.
Kaliy. Preparat 5 ml siropda 1,56 mg kaliy saqlaydi. Buyrakning funktsiyasi past bo‘lgan patsiyentlarda yoki ovqat ratsionida kaliyning miqdori nazoratda bo‘lgan patsiyentlarda yuqoridagini inobatga olish lozim.
Bo‘yovchi. Preparat tarkibida, allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan sariq sanset saqlaydi.
Saxaroza. Fruktozani o‘zlashtirolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi bilan xarakterlanuvchi, kam uchraydigan naslik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar ushbu dori preparatini qabul qilishlari mumkin emas.
Sorbitol. Preparat 5 ml siropda 4,5 g kristallanmaydigan sorbitol eritmasini saqlaydi.
Sorbitol (yoki fruktoza) saqlovchi mahsulotlarni bir vaqtda qabul qilishda, va sorbitol (yoki fruktoza) ni ovqat bilan iste'mol qilishda additiv samarani hisobga olish lozim.
Peroral qabul qilish uchun mo‘ljallangan dori vositalardagi sorbitolni mavjudligi, bir vaqtda yuboriladigan, peroral qabul qilish uchun mo‘ljallangan boshqa dori vositalarning biokiraolishligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Sorbitol fruktozaning manbai hisoblanadi. Fruktozani nasliy o‘zlashtirolmaydigan patsiyentlar ushbu dori preparatini qabul qilishlari mumkin emas.
Sorbitol me'da-ichak yo‘llarida diskomfort va yengil surgi samarasini chaqirishi mumkin.
Homiladorlikda va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozasi oshirib yuborilganida D vitamini gipervitaminozi va giperkaltsiyemiya yuzaga kelishi mumkin.
Simptomlari bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, giperkaltsiuriya, giperkreatinemiya, anoreksiya, chanqoqlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorinda og‘riq, mushaklar zaifligi, umumiy holsizlik, ruhiy buzilishlar, polidipsiya, poliuriya, suyaklarda og‘riq, nefrokaltsinoz, nefrolitiaz va og‘ir holatlarda – yurak aritmiyasi; koma va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan giperkaltsiyemiya. Kaltsiyning darajasini doimo yuqori bo‘lishi buyraklarni orqaga qaytmas shikastlanishiga va yumshoq to‘qimalarni kaltsifikatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Davolash preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Organizmga katta miqdorda suyuqlik yuborish va kaltsiyning miqdori cheklangan parhezga rioya qilish kerak; giperkaltsiyemiyani og‘irlik darajasiga qarab xalqali diuretiklar, bisfosfonatlar, kaltsitonin, kortikosteroidlar qo‘llanadi. Elektrolitlarning darajasini, buyraklar funktsiyasini va diurezni monitoringini o‘tkazish, EKG ni nazorat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun sirop 150 ml dan sariq rangli shisha flakonda, buraladigan himoya qopqoqcha yopilgan, xalqa bilan himoyalangan.
1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi va o‘lchov stakani bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoitlari
25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.