Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Zestkal chaynaladigan tabletkalar № 30 (2*15) (blisterlar)
Zestkal chaynaladigan tabletkalar № 30 (2*15) (blisterlar)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Молочный кальций, витамин D3
Страна производитель
Индия
Производитель
Coral Laboratories Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Zestkal
Dori shakli
chaynaladigan tabletkalar
Tarkibi
Har bir chaynaladigan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
1200 mg elementar kaltsiyga
ekvivalent bo‘lgan sutli kaltsiy300 mg
elementar fosfor150 mg
kolekaltseferol (D3 vitamini) BF400 XB
yordamchi moddalar laktoza - 92,610 mg, suvsiz dekstroza - 320,0 mg, mannitol - 133,0 mg, natriy metilgidroksibenzoat - 2,7 mg, natriy propilgidroksibenzoat - 0,77 mg, makkajo‘xori kraxmali - 73,91 mg, magniy stearati - 13,3 mg, tozalangan talk - 10,0 mg, natriy kraxmal glikolyati - 50,0 mg, qurutilgan achchiq yalpiz - 22,7 mg, aspartam - 11,0 mg,tozalangan suv - yetarli darajada.
Saqlashdagiyo‘qotishlarni o‘rnini bosish uchun vitaminning muvofiq yo‘l qo‘yiladigan miqdori qo‘shilgan.
Ta'rifi oq rangli, cho‘zunchoq shaklli, ikki tomoni qavariq, bir tomoni riskali chaynaladigan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
mineral qo‘shimcha.
ATX kodi
A12AX
Farmakologik ma'lumotlar
Farmakodinamika
si
D vitamini ichakda kaltsiyni so‘rilishini oshiradi.
Kaltsiy va D3 vitamini qabul qilish kaltsiyning tanqisligi chaqirgan paratireoid gormonining (PTG) oshishiga to‘sqinlik qiladi, suyaklarning yuqori rezorbtsiyasini chaqiradi.
D3 vitaminining tanqisligi bo‘lgan, gospitalizatsiya qilingan bemorlardagi klinik tekshirishlarda kaltsiy 500 mg/D vitamini 400 XB 2 tabletkasini har kuni 6 oy davomida buyurish,D3 vitaminining 25-gidroksillangan metabolitlari qiymatini normallashtirgan va ikkilamchi giperparatireoz va ishqoriy fosfatazani, moddalar almashinuvini, ichakning shilliq qavatida kaltsiyning so‘rilishini kafolatlab pasaytirgan.
Farmakokinetikasi
Kaltsiy
So‘rilishi
Kaltsiyning taxminan 30% dozasi me'da-ichak yo‘llari orqali so‘riladi.
Taqsimlanishi va metabolizmi
99% kaltsiy organizmda suyaklar va tishlarning qattiq strukturasida to‘planadi. Qolgan 1% xujayra ichki va tashqi suyuqligida bo‘ladi. Qondagi kaltsiyning umumiy miqdoridan taxminan 50% fiziologik faol ionlangan shaklda taxminan 10% sitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan majmualanadi, qolgan 40% oqsillar, asosan albumin bilan bog‘lanadi.
Chiqarilishi
Kaltsiy ahlat, siydik va ter bilan chiqariladi. Buyraklardan chiqarilishi kaltsiyning kalava filtratsiyasi va naychalardan qayta so‘rilishiga bog‘liq.
D3 vitamini
So‘rilishi
D vitamini ingichka ichakda oson so‘riladi.
Taqsimlanishi va metabolizmi
Kolekaltsiferol va uning metabolitlari ma'lum globulinlar bilan bog‘langan holda qonda aylanib yuradi. Kolekaltsiferol jigarda gidroksillanish yo‘li bilan faol 25-gidroksixolekaltsiferolga aylanadi. So‘ngra keyinchalik buyraklarda 1,25-digid-roksixolekaltsiferolga aylanadi; 1,25-digidroksixolekaltsiferol kaltsiyning so‘rilishini oshishiga javobgar bo‘lgan metaboliti hisoblanadi. Metabolizmga uchramaydigan D vitamini yog‘ va mushak to‘qimalarida saqlanadi.
Chiqarilishi
D vitamini ahlat va siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Keksa yoshli odamlarda kaltsiy va D vitaminining tanqisligini oldini olish va davolash.
D vitamini va kaltsiyning tanqisligi xavfi bo‘lgan osteoporozli davolanayotgan patsiyentlarga D vitamini va kaltsiy qo‘shimchasi sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va keksa patsiyentlarga
Bir chaynaladigan tabletka sutkada 1-2 marta.
Tabletkani og‘izda chaynash yoki sekin so‘rish kerak.
Jigar yetishmovchiligida dozalash
Dozani maxsus boshqarish talab qilinmaydi.
Buyrak yetishmovchiligida dozalash
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Zestkal tabletkalarini qabul qilmasliklari kerak.
Qo‘llash usuli
Peroral.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralari a'zolar tizimi sinfi va tez-tezligi bo‘yicha berilgan. Tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000) yoki juda kam hollarda (≤1/10000).
Immun tizimi tomonidan
Noma'lum angionevrotik shish yoki xalqum shishi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanishni buzilishlari
Tez-tez emas giperkaltsiyemiya va giperkaltsiuriya.
Juda kam hollarda faqat doza oshirib yuborilganida kuzatilgan, sutli-ishqoriy sindrom.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari
Kam hollarda qabziyat, dispepsiya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, diareya.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda qichishish, toshma va eshakemi.
Boshqa maxsus populyatsiya
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar giperfosfatemiya, buyrak-tosh kasalligi va nefrokaltsinozning potentsial xavfi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Giperkaltsiyemiya yoki giperkaltsiuriyaga olib keluvchi kasalliklar va sharoitlar. Nefrolitiaz. D gipervitaminozi. Preparatning faol yoki xar qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ishlatish uchun ehtiyotkorlikni talab qiluvchi majmualar
Yurak glikozidlari
Yurak aritmiyasining xavfi. Klinik kuzatuv kerak va EKG va plazmada kaltsiyning monitoringi tavsiya etiladi.
Tiazid diuretiklar
Tiazid diuretiklar kaltsiyning buyraklar orqali chiqarilishini pasaytiradi. Plazmada muntazam kaltsiyning darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Tetratsiklin, etidronat, flyuorid va temir
Kaltsiy tetratsiklin, etidronat, flyuorid va temirning so‘rilishini pasaytirishi mumkin. Ushbu preparatlarni va Sutli kaltsiy va D3 vitamini chaynaladigan tabletkalarini qabul qilish orasida eng kamida 3 soat o‘tishi kerak.
Strontsiy
Kaltsiy strontsiyning so‘rilishini pasaytirishi mumkin. Kaltsiy saqlovchi preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida strontsiyning biokiraolishini pasayish xavfi 60-70% ni tashkil qiladi. Strontsiy saqlovchi preparatlarni qabul qilishdan oldin va keyin darhol Sutli kaltsiy va D3 vitamini chaynaladigan tabletkalarini qabul qilish to‘xtatish tavsiya etiladi.
Estramustin va tiroid gormonlar
Kaltsiy estramutsin va levotiroksinning so‘rilishini pasaytirishi mumkin. Bu tabletkalarni Sutli kaltsiy va D3 vitamini chaynaladigan tabletkalarini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish tavsiya etiladi.
Orlistat
Orlistat bilan davolash D vitaminining so‘rilishini potentsial pasaytirishi mumkin.
Ovqat
Ovqat bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta'sirlar, masalan, shovul kislotasi (shpinat, rovoch, shovul, kakao, choy), fosfat (cho‘chqa go‘shti, kolbasa, eritilgan pishloq) yoki fitin kislota (don-dukkaklilar, butun-don yormasi, shokolad) saqlovchi ovqatlar. Ovqatning bunday turlari kaltsiyning so‘rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun bunday ovqatlarni preparatni qabul qilishdan oldin yoki keyin 2 soatlik oraliq bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
D vitaminini saqlovchi boshqa dorilar bilan davolangan holda bu vitaminning umumiy iste'molini hisoblang.
Quyidagilar patsiyentlarni monitoringida muhim bo‘lishlari mumkin plazmada aniqlangan kaltsiy va chiqarilayotgan siydikda aniqlangan kaltsiy.
Uzoq muddatli davolash davomida zardobdagi va siydikdagi kaltsiyning darajasini va buyraklar faoliyatini (zardob kreatininning darajasi) kuzatish tavsiya etiladi. Agar siydikdagi kaltsiy 24 soatda 7,5 mmol (24 soatda 300 mg) dan yuqori bo‘lsa, dozani vaqtincha kamaytirish va davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi. Bu monitoring keksalarda, yurak glikozidlari yoki diuretiklar bilan majmuaviy davolash hollarida va buyraklarda toshlar hosil bo‘lishiga ko‘proq duchor bo‘lgan patsiyentlarda ayniqsa muhim. Giperkaltsiyemiya yoki buyraklar faoliyati bilan muammo belgilari mavjudligida, doza kamaytirilishi yoki davolash to‘xtatilishi kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparat ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi va kaltsiy va fosfat gemostazga ta'sirini nazorat qilish kerak. Yumshoq to‘qimalarning kaltsifikatsiyasi xavfini hisobga olish kerak. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda D vitamini kolikaltsiferol ko‘rinishida normal yo‘li bilan metabolizmga uchramaydi, shuning uchun D vitaminining boshqa turlarini ishlatish kerak.
Preparatni D vitaminining faol shakliga metabolizmini oshishi xavfi tufayli, sarkoidozi bo‘lgan patsiyentlarga extiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bu patsiyentlarning zardobi va siydigida kaltsiyni nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik
Homiladorlik davrida sutkalik doza 1500 mg kaltsiy va 600 XB D vitaminidan oshmasligi kerak. Hayvonlardagi tekshirishlar D vitaminining yuqori dozalarini reproduktiv toksikligini ko‘rsatgan. Homilador ayollarda kaltsiy va D vitamini dozasini oshirib yuborilishidan saqlanish kerak, chunki doimiy giperkaltsiyemiya rivojlanayotgan homilaga noxush keyingi ta'sirlar bilan bog‘liq bo‘lgan. D vitaminini terapevtik dozalarda odamlarga teratogenligiga hech qanday ko‘rsatmalar yo‘q. Sutli kaltsiy va D3 vitamini chaynaladigan tabletkalarini, kaltsiy va D vitamini tanqisligida xomiladorlik davrida qabul qilish mumkin.
Laktatsiya
Sutli kaltsiy va D3 vitamini chaynanadigan tabletkalarini emizish davrida qabul qilish mumkin. Kaltsiy va D vitamini ko‘krak sutiga o‘tadi. Bola uchun D vitaminini qo‘shimcha buyurishda buni hisobga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi D gipervitaminozga va giperkaltsiyemiya chaqirishi mumkin. Giperkaltsiyemiyaning simptomlari anoreksiya, chanqoqlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorin og‘rig‘i, mushaklar kuchsizligi, charchoqlik, ruxiy buzilishlar, polidipsiya, poliuriya, bo‘g‘imlarda og‘riq, nefrokaltsinoz, buyrak-tosh kasalligi va og‘ir hollarda yurak aritmiyasini o‘z ichiga olishi mumkin. Haddan ziyod giperkaltsiyemiya koma va o‘limga olib kelishi mumkin. Kaltsiyning barqaror yuqori darajalari buyraklarni qaytmas buzilishiga va yumshoq to‘qimalarning kaltsifikatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Sutli-ishqoriy sindrom (tez-tez siyishga xohish; davomli bosh og‘rig‘i; ishtahani davomli yo‘qolishi; ko‘ngil aynishi yoki qusish, odatdagi bo‘lmagan charchoqlik yoki kuchsizlik; giperkaltsiyemiya, alkaloz va buyraklarni buzilishi). Giperkaltsiyemiya, alkaloz va buyrak yetishmoqchiligining sutli-ishqoriy sindromi yana kaltsiy va so‘riladigan ishqorlarning katta miqdorini olayotgan patsiyentlarda uchraydi bu gospitalizatsiyani talab qiluvchi giperkaltsiyemiyaning sababi sifatida kam uchraydigan hodisa emas. Sindrom shuningdek epigastriydagi surunkali diskomfortni davolash uchun kaltsiy karbonatini saqlovchi antatsidlarning tavsiya etilgan dozasi bo‘lgan patsiyentda, va kaltsiyning yuqori, lekin xaddan tashqari yuqori bo‘lmagan dozasini (kuniga taxminan 3 g elementar kaltsiy) olgan homilador ayolda xabar berilgan. Metastatik kaltsifikatsiya rivojlanishi mumkin.
Giperkaltsiyemiyada davolash kaltsiy va D vitamini bilan davolashni to‘xtatish kerak. Yana tiazid diuretiklar, litiy, A vitamini va yurak glikozidlari bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Davolash regidratatsiya, va giperkaltsiyemiyaning og‘irlik darajasiga qarab halqali diuretiklar, bisfosfonatlar, kaltsitonin va kortikosteroidlar bilan alohida yoki majmuaviy davolash tavsiya etiladi. Zardob elektrolitlarini, buyraklar faoliyatini va diurezni nazorat qilish kerak. Og‘ir hollarda EKG va SVD ni nazorat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
15 tabletka PVX-alyumin folga blisterga joylangan. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 30oS dan past haroratda saqlansin. Yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanasidan boshlab 24 oy.
Ishlab chiqarilgan
CoralLaboratoriesLtd.
PlotNo.57/1 (16), Bhenslore,
Dunetha, Nani Daman-396 210, India
Email exports@corallab.com,
Website www.corallab.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.