Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аntioksikaps sink bilan №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Беларусь
Производитель
Минскинтеркапс,УП,Беларусь
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Antioksikaps s sinkom
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar beta-karotinning moydagi 30% suspenziyasi ko‘rinishida – 6 mg, -tokoferilatsetati – 30 mg, askorbin kislotasi – 100 mg, rux oksidi ko‘rinishida rux –
8 mg.
Yordamchi moddalar kungaboqar moyi, asalari mumi, tozalangan letsitin.
Kapsula qobig‘ining tarkibi jelatin, glitserin, tozalangan suv, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, titan dioksidi,
bo‘yovchi qizil bo‘yovchi Ye129.
Ta'rifi uzunchoq shaklli, chokli, qayishqoq, qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi - qizil rangli, achimagan hidli moyli suspenziya. Saqlanganida aralashmani qatlamlanishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
vitaminlar minerallar bilan.
ATX kodi A11JB.
Farmakologik xususiyatlari
“Antioksikaps s sinkom” ning farmakologik faolligi unda saqlanuvchi quyidagi vitaminlarning majmuaviy ta'siri belgilaydi askorbin kislotasi, alfa-tokoferilatsetati, beta-karotin va rux.
Askorbin kislotasi organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda qatnashadi, qon ivishini oshiradi, to‘qimalar regeneratsiyasini, steroid gormonlar, kollagen va prokollagen sintezini kuchaytiradi, temirning so‘rilishini yaxshilanishiga yordam beradi. U organizmning moslashish imkoniyatlarini oshiradi va uning infektsiyalarga bo‘lgan qarshiligini kuchaytiradi.
Tokoferilatsetati organizmda yog‘larni oksidlanishini va ulardan zaharli perekislar hosil bo‘lishini ingibirlaydi, to‘yinmagan yog‘ kislotalaridagi bog‘larning mustahkamligini turg‘unlashtiradi. U eritrotsitlar, endoteliotsitlar, enterotsitlar va boshqalar membranalarining tuzilmasi va faoliyatini normallashtiradi. Tokoferol kollagen, gem va oqsillar biosintezida ishtirok etadi, to‘qimalar nafas olishini tartibga solishda va hujayra metabolizmining boshqa muhim jarayonlarida qatnashadi. U gonadotropinlar hosil bo‘lishini, spermatogenezni, urug‘lantirilgan tuxum, yo‘ldosh rivojlanishini rag‘batlantiradi.
Beta-karotin antioksidant, immunomodullovchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega, uni faol kislorodni bog‘lash qobiliyati hisobiga va, shunday qilib, tashqi muhitni noxush omillarini ta'siri yoki organizmda patologik jarayonlar rivojlarishida katta miqdorda hosil bo‘ladigan erkin radikallar tomonidan xujayra strukturasini buzilishini himoya qiladi.
Rux V guruhi vitaminlarini yaxshiroq o‘zlashtirilishi va ta'siriga yordam beradi, pankreatik shiraning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi, endokrin boshqarish, ruxiy reaktsiyalarni shakllanishida, qator gormonlarni, shu jumladan jinsiy a'zolarning ham gormonlarini hosil bo‘lishida qatnashadi. U shuningdek organizmning biokimyoviy reaktsiyalarida, qon hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etadi. Rux xujayralar membranasini himoyalovchi va turg‘unlashtiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi, nuklein kislotalari, oqsillar, yog‘lar, uglevodlarni metabolizmida, shuningdek immunokompetent xujayralarning o‘zaro ta'siri jarayonlarida qatnashadi.
Qo‘llanilishi
“Antioksikaps s sinkom” preparati polivitamin antioksidant sifatida quyidagilarni majmuaviy davolashda ko‘rsatilgan
-vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligini va rux ionlarining yetishmovchiligini oldini olish va davolash uchun;
-organizmning shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;
-yuqori jismoniy va ruxiy buzilishlarda;
-davomli va/yoki og‘ir kechuvchi, shu jumladan infektsion, kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;
-turli etiologiyali astenik holatlarda;
-alkogolli abstinent sindromini va nikotinga qaramlikni majmuaviy davolashda;
-muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda.
Qo‘llash usuli va dozalari
“Antioksikaps s sinkom” ovqatdan keyin suv bilan birga qabul qilinadi.
Oldini olish maqsadida preparatni bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga 1 kapsuladan sutkada 1 marta 1-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi.
Oldini olish kursini yilda bir necha marta takrorlash tavsiya qilinadi.
Davolash maqsadida “Antioksikaps s sinkom”ning dozasini shifokor patologiyaning xarakteri va yaqqollik darajasini, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga va ruxga bo‘lgan talabini hisobga olib belgilaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmaydi.
Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida allergik reaktsiyalar, mis tanqisligi, anemiya rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kortikosteroid preparatlari, tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga qo‘llanganida A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi.
Tokoferol tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tirishishga qarshi vositalar samarasini oshirishi mumkin, ularning qonida lipidlarning perekisli oksidlanishi mahsulotlarining miqdorini oshishi aniqlangan.
Dozani oshirib yuborilishi
dan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sutli mahsulotlarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak, chunki bunda ruxning ovqat hazm qilish yo‘llaridan so‘rilishi tormozlanadi.
Spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish lozim.
Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida hatto preparat uzoq vaqt qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborish ko‘rinishlari kuzatilmaydi.
Sutkalik norma oshirilganida “Antioksikaps s sinkom” qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynashi, diareya, terini qizarishi va boshqa simptomlar ko‘rinishidagi nospetsifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.
Chiqarilish shakli
Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 2, 3 yoki 4 kontur uyali o‘ramdan qutida.
Saqlash sharoiti
Namliklan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Minskinterkaps» UK, Belarus Respublikasi,
220075, Minsk sh., a/q 112, Injenernaya ko‘ch., 26 uy
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.