Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Glitsin tab. 0,1g №50 Radiks
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Глицин
Страна производитель
Узбекистан
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Glitsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) glitsin (aminosirka kislotasi).
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda glitsin (aminosirka kislotasi);
yordamchi moddalar natriy-karboksimetiltsellyuloza (natriy karmelozasi) yoki suvda eruvchan metiltsellyuloza, magniy stearati yoki kaltsiy stearati.
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli tabletkalar. Mamarlikka yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Metabolik jarayonlarini muvofiqlashgiruvchi vosita.
ATX kodi V05SX03
Farmakologik xususiyatlari
Glitsin modda almashinuvini boshqaruvchi vositadir, markaziy nerv tizimida himoyaviy tormozlanish jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi, psixoemotsional zo‘riqishni kamaytiradi, aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi.
Glitsin glitsin- va GAMK-ergik, alfa-1-adenobloklovchi, antioksidant, antitoksik ta'sirlarga ega; glutamat (NMDA) retseptorlari faoliyatini boshqaradi; ana shuni hisobiga preparat
- psixoemotsional zuriqish, tajavuzkorlik, janjalkashlikni kamaytiradi, ijtimoiy - moslashuvchanlikni oshiradi;
- kayfiyatni yaxshilaydi;
- uyquga ketishni yengillashtiradi va uyquni me'yorlashtiradi;
- aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi;
- vegeto-tomir buzilishlarini (shu jumladan klimakterik davrida) kamaytiradi;
- ishemik insult va bosh miya jarohatlarida bosh miya buzilishlarining yaqqolligini kamaytiradi;
- alkogolni va markaziy nerv tizimi faoliyatini susaytiruvchi boshqa dori vositalarining zaharli ta'sirini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Organizmning ko‘pchilik biologik suyuqliklari va to‘qimalariga, shu jumladan bosh miyaga oson kiradi; suv va karbonat angidridgacha parchalanadi, uning to‘qimalarda to‘planishi yuz bermaydi.
Qullanilishi
- aqliy mehnat qobiliyatining pasayishi;
- stress holatlari - psixoemotsional zo‘riqishlar (imtihon davri, janjalli va shunga o‘hshashholatlar);
- bolalar va o‘smirlar ahloqining deviant shakllari;
- yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, emotsional beqarorlik, aqliy mehnat qobiliyatining pasayishi va uyquni buzilishi nevrozlar, nevrozsimon holatlar va vegeto-tomir distoniyasi, neyroinfektsiyalar va bosh miya jarohatlarning oqibatlari, entsefalopatiyalarning perinatal va boshqa shakllari (shu jumladan, alkogol genezli), bilan birga kechadigan nerv tizimining turli funktsional va organik kasalliklari.
- ishemik insultda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Glitsin sublingval yoki transbukkal 0,1 g dan (tabletkada yoki tabletka maydalaganidan keyingi kukun ko‘rinishida) qo‘llanadi. Sog‘lom bolalar, o‘smirlar va kattalarda psixoemotsional zo‘riqishda, xotirani, diqqatni, aqliy mehnat qobiliyatini pasayishida, aqliy rivojlanishini kechikishida, ahloqni me'yordan chetga chiqqan shaklida glitsin 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta 14-30 kun davomida buyuriladi.
Markaziy nerv tizimining yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, emotsional labillik va uyquning buzilishi bilan kechadigan funktsional va organik shikastlanishlarida, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,5 tabletkadan (0,05 g) kuniga 2-3 marta, 7-14 kun davomida, keyinchalik 0,05 g dan kuniga 1 marta 7-10 kun buyuriladi. Sutkalik doza - 0,1-0,15 g, kurslik - 2,0-2,6 g. 3 yoshdan katta bolalarga va kattalarga 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta, davolash kursi 7-14 kun. Davolash kursini 30 - kungacha uzaytirish mumkin, zarurati bo‘lganida kurs 30 kundan keyin qaytariladi.
Uyquning buzilishlarida glitsin uyqudan 20 minut oldin yoki bevosita uyqudan oldin 0,5-1,0 tabletkadan (yoshga bog‘liq holda) buyuriladi.
Ishemik miya insultida insult rivojlanishining birinchi 3-6 soati davomida 1 g dan, transbukal yoki sublingval bitta choy qoshiq suv bilan, keyinchalik 1 g dan 1-5 sutka davomida, keyingi 30 sutka davomida 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.
Narkologiyada markaziy va periferik nerv tizimining organik shikastlanishlarda, entsefalopatiya holatlarining remissiyasi davrida aqliy mehnat qobiliyatini oshiruvchi va zo‘riqishni kamaytiruvchi vositasi sifatida glitsin 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta, 14-30 kun davomida qo‘llanadi. Zarurati bo‘lganida davolash kurslari yiliga 4-6 marta qaytariladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bulmagan holatlar
Preparat komponentlarga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), anksiolitiklar, antidepressantlar, uxlatuvchi va talvasaga qarshi vositalarning nojo‘ya samaralari yaqqolligini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
100 mg dan tabletkalar.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” XIIChK ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.