Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Magnerot tab 500 mg №20
Nomi | Narx | |||||
Магнерот таб 500мг №20 (M23M747##2 254) |
UZS 45 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Магнерот таб 500мг №20 (M23M747##2 267) |
UZS 45 100
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Магния оротата дигидрат
Страна производитель
Германия
Производитель
Wörwag Pharma GmbH & Co. KG, Германия произведено: Mauermann–Arzneimittel KG
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.
Bu dori retseptsiz beriladi. Optimal natijalarga erishish uchun uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomadagi bayon qilingan hamma tavsiyalarni bajargan holda ishlatish lozim.
• Ilova-varaqani saqlab qo‘ying, ehtimol u yana kerak bo‘lib qolishi mumkin.
• Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
• Agar Sizning ahvolingiz yomonlashsa yoki davolash kursidan keyin yahshilanish kuzatilmasa, shifokorga murojaat qiling.
Preparatning savdo nomi
Magnerot®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) magniy orotati
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 500 mg magniy orotati digidrati;
yordamchi moddalar kolloidli kremniy dioksidi – 2,50 mg, natriy karmeloza – 10,00 mg, mikrokristall sellyuloza – 67,50 mg, makkajo‘hori kraxmali – 22,50 mg, povidon K-30 - 30,00 mg, laktoza monogidrati – 50,00 mg, natriy siklamati – 1,50 mg, talk – 18,75 mg, magniy stearati – 1,63 mg.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikki tomonida faskasi va bir tomonida riskasi bo‘lgan yassi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
magniy preparati.
ATX kodi A12SS09
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Magniy preparati. Magniy ko‘plab energetik jarayonlarni ta'minlash uchun zarur bo‘lgan mikroelement hisoblanadi, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va nuklein kislotalarni almashinuvida ishtiroq etadi. Magniy nerv-mushak o‘tkazuvchanligini susaytirib, nerv-mushak qo‘zg‘alishi jarayonida ishtiroq etadi. Magniy kaltsiyning yagona tabiiy fiziologik antagonisti sifatida alohida ahamiyatga ega. Magniy miokard xujayralarini normal faoliyat ko‘rsatishini nazorat qiladi; miokardning qisqaruvchanlik funktsiyasini boshqarishida qatnashadi. Stressli vaziyatlarda magniy erkin ionlashgan shaklda ko‘p miqdorda ajralib chiqariladi, shu sababli magniyning qo‘shimcha miqdori stressga nisbatan rezistenlikni oshishiga yordam beradi.
Magniyni tanqisligi nerv-mushak buzilishlariga (motor va sensor yuqori qo‘zg‘aluvchanlikka, tirishishlarga, paresteziyalarga), ruhiy o‘zgarishlarga (depressiya holatiga, ongni chalkashishiga va gallyutsinatsiyalarga), yurak-qon tomir kasalliklarga (yurak qorinchalari ekstrasistoliyalarga, taxikardiyaga, yurak glikozidlarga yuqori sezuvchanlikka) olib keladi. Homiladorlik davrida magniy tanqisligi toksikoz va muddatdan oldin tug‘ruqlar ehtimolini oshiradi. Orotat kislotasining tuzlari moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadi. Bundan tashqari, orot kislotasani tuzlari xujayrada ATF ga magniyni birikishi va uning ta'sirini namoyon bo‘lishi uchun zarurdir.
Farmakokinetikasi
Qabul qilingan dozaning taxminan 35-40% so‘riladi. Gipomagniyemiyada magniy ionlarini so‘rilishi kuchayadi. Orotat kislotasaning tuzlarini mavjudligi magniyni so‘rilishini yaxshilanishiga yordam beradi. Magniy buyrak orqali chiqariladi, magniy tanqisligida uni chiqarilishi susayadi va keragidan ortiq bo‘lganida chiqarilishi oshadi.
Qo‘llanilishi
Miokard infarktini, stenokardiyani, surunkali yurak yetishmovchiligini, magniy tanqisligi oqibatidagi yurak aritmiyalarini, spastik holatlarni – mushaklar og‘rig‘i va spazmlarini (shu jumladan angiospazmni), aterosklerozni, arteriitni, lipid almashinuvini buzilishini majmuaviy davolash va profilaktika sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalar
Tabletkalarni ovqatdan oldin oz miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak.
2 tabletkadan kuniga 3 marta, 7 kun davomida, so‘ngra har kuni 1 tabletkadan 2-3 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi 4-6 xaftadan kam bo‘lmasligi kerak. Zarurat bo‘lganida Magnerot®ni uzoq muddat qo‘llash mumkin.
Boldir mushaklarini tungi tirishishlarida kechqurun 2-3 tabletkadan qabul qilish tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan odatda preparatning dozasi kamaytirilganda mustaqil o‘tib ketuvchi barqaror bo‘lmagan ich ketishi va diareya; allergik reaktsiyalar.
• Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya ta'sirlar chuqurlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Garchi homiladorlik va laktatsiya (emizish davri) da magniyga ehtiyoj yuqori bo‘lsa-da, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda shifokor ko‘rsatmasiga binoan ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas. Agar magniy miqdori muvozanatlanmagan bo‘lsa, bu jiddiy asoratlarga, shu jumladan homilani tushib qolishiga olib kelishi mumkin.
Preparatni homiladorlikda va laktatsiya davrida agar ona uchun davolashdan kutiladigan potentsial foyda, homila va bola uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Magniy saqlovchi preparatlarni temir preparatlari, natriy ftoridi va tetratsiklinlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, temir preparatlari, natriy ftoridi va tetratsiklinlarni so‘rilishi kamayadi. Shuning uchun preparatlarni 2-3 soatlik interval bilan qabul qilish lozim. Peroral kontratseptivlar, diuretiklar, miorelaksantlar, glyukokortikosteroidlar, insulin preparatning samaradorligini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransportni haydash qobiliyatiga va diqqatni yuqori jamlashga va psiximotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyatlarga ta'sir qilmaydi.
Magnerot®ni uzoq vaqt qo‘llash mumkin.
Me'da-ichak yo‘llari kasalliklari magniy kam bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlar iste'mol qilish, sport bilan shug‘ullanish (ko‘p terlash tufayli), surunkali alkogolizm (buyrak kanalchalardan magniyni kam so‘rilishini kamayishi va organizmdan magniy ionlarini chiqarilishini kuchayishi tufayli); ba'zi dori vositalarni qabul qilish (yurak glikozidlari, aminoglikozidlar, peroral kontratseptivlar, diuretiklar, surgi vositalari, glyukokortikosteroidlar); magniyni yuqori miqdorda talab qiluvchi iste'mol qilishini holatlar (gipodinamiya, stress, homiladorlik va laktatsiya); oftobda uzoq vaqt bo‘lishorganizmda magniy tanqisligiga olib kelishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Buyrak funktsiyasi normal bo‘lganida magniyni ichga qabul qilish toksik reaktsiyalar chaqirmaydi. Magniy bilan zaharlanish bo‘yrak yetishmovchiligida rivojlanishi mumkin. Toksik samaralarasosan qon zardobida magniyning kontsentratsiyasiga bog‘liq.
Simptomlari arterial bosimini pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, depressiya, reflekslarini sekinlashini, nafasni susayishi, koma, yurakni to‘xtab qolishi, anurik sindromi.
Davolash regidratatsiya, kuchaytirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligida gemodializ, peritoneal dializni o‘tqazish kerak.
Chiqarilish shakli
500 mg li tabletkalar.
10 tabletkadan PVX/PVDX va alyumin folgali blisterda.
2 yoki 5 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
+25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil
Berish tartibi
Retseptsiz
Ro‘yxatgan o‘tkazganlik guvohnomasining egasi
Vyorvag Farma GmbX va Ko.KG,
Kalver shtrasse, 7, 71034, Byoblingen, Germaniya.
Ishlab chiqaruvchi
Mauyermann Artsiaymittel KG,
Xaynrix-Kiote-shtrasse 2, D-82343, Pyoking, Germaniya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100000, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Niyozbek yo‘li ko‘ch., 1 uy
Tel./faks +998712357646
e-mail info@ woerwagpharma.uz

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.