Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Benevron B in'ektsiya uchun eritma ampulalar 3ml № 5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин B1, B2, B6, B12
Страна производитель
Турция
Дозировка
3 мл
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Benevron B
Dori shakli
In'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
Preparatning 1 ampulasi quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) 250 mg;
riboflavin natriy riboflavin fosfati shaklida (V2 vitamini) 4 mg;
piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 250 mg;
sianokobalamin (V12 vitamini) 1500 mkg;
yordamchi moddalar benzil spirti, monotioglitserol, natriy gidrokarbonati, dinatriy edetati, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi to‘q qizil yoki jigarrang rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar.
ATX kodi A11EA
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Benevron B ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning hususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparat hisoblanadi.
V1 vitamini (tiamin gidroxloridi) jigarda fosforlanish jarayonlari natijasida ko‘pgina fermentli reaktsiyalarning kofermenti hisoblangan kokarboksilazaga aylanadi. V1 vitamini uglevodlar, oqsillar va yog‘ almashinuvida, shuningdek sinapslar bo‘ylab nerv qo‘zg‘aluvchanligini o‘tishi jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi, anemik miokardiodistrofiyada miokardiotsitlarning metabolizmi va ularning qisqaruvchanlik funktsiyasini yaxshilanishiga yordam beradi.
V2 vitamini (riboflavin) hujayra nafasi va ko‘rish jarayonlarining muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, vodorod ionlarini tashilishida, to‘qima nafasi, uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, ko‘rish a'zolarining normal funktsiyasini tutib turishda, gemoglobin va eritropoetin sintezida ishtirok etadi.
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) to‘yinmagan yog‘ kislotalarini organizm tomonidan sarflanishini yaxshilaydi, nerv tizimi, jigar, qon yaratish funktsiyalariga ijobiy ta'sir qiladi. Piridoksin nerv-mushak o‘tkazuvchanligi, mushaklarni qisqaruvchanligini normallashtiradigan, tirishishlarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan oltingugurt saqlovchi aminokislotalar – taurin (metionin va sisteindan) sinteziga yordam beradi. Triptofan, metionin, sistein, glutamin kislotasi va boshqa aminokislotlar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipid almashinuvini normallashishiga yordam beradi. Piridoksinni yetishmasligi anemiya, dermatit va tirishishlarni chaqiradi.
V12 vitamini (tsianokobalamin) organizmning hayot faoliyatini ta'minlaydigan qator biokimyoviy reaktsiyalar – metil guruhlarini tashilishida, nuklein kislotalar, oqsillar sintezida, aminokislotalar, uglevodlar, lipidlar almashinuvida qatnashadi. Normal qon yaratilishi va eritrotsitlarni yetilishi uchun zarur. Eritrotsitlarda sulfgidril guruhlarini saqlovchi birikmalarni to‘planishiga yordam beradi, bu ularning gemolizga bo‘lgan tolerantligini oshiradi. Sianokobalaminning koferment shakllari – metilkobalamin va adenozilkobalamin – hujayralarni replikatsiyasi va o‘sishi uchun zarur. Sianokobalamin nerv tizimidagi jarayonlarga (RNK, DNK, miyelin, serebrozidlar va fosfolipidlarning lipidlar tarkibi) ta'sir ko‘rsatadi, uning periferik qismini shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq hislarini kamaytiradi. Qonda holesterinning kontsentratsiyasini pasaytiradi. Jigar funktsiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. To‘qimalarning regeneratsiya hususiyatlarini oshiradi.
Farmakokinetikasi
V1 vitamini (tiamin gidroxloridi) mushak ichiga yuborilganidan so‘ng tezda qonga tushadi. Jigarda fosforlanadi. Jigar, yurak, miya, buyraklar, taloqda to‘planadi, ammo uning organizmdagi zahiralari ahamiyatsiz darajada bo‘ladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutida aniqlanadi. Ichak a buyraklar orqali chiqariladi.
V2 vitamini (riboflavin) barcha a'zolar va to‘qimalarga taqsimlanadi, mushak to‘qimasi, taloq, jigar, buyraklar va miokardda zahiralanadi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga ham o‘tadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri – 66-84 minutni tashkil etadi. Buyraklar orqali, deyarli butunlay metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi; yuqori dozalarda qabul qilinganida – asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Axlat bilan ahamiyatsiz darajada chiqariladi. Gemodializda yordamida chiqariladi, ammo buyrak ekskretsiyasidagiga nisbatan ancha sekin chiqariladi.
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) jigarda metabolizmga uchrab, farmakologik jihatdan faol metabolitlar (piridoksalfosfat va piridoksaminofosfat) ni hosil qiladi. Barcha to‘qimalarga yaxshi o‘tadi; asosan jigarda to‘planadi, kamroq darajada – mushaklar va markaziy nerv tizimida to‘planadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Yarim chiqarilish davri – 15-20 kunni tashkil etadi. Buyrak orqali, shuningdek gemodializ yordamida chiqariladi.
V12 vitamini (tsianokobalamin) – mushak ichiga yuborilganidan keyin plazmada cho‘qqi kontsentratsiyasiga 60 minutdan keyin erishadi. Qonda uni to‘qimalarga tashuvchi maxsus oqsillar – transkobalaminlar bilan bog‘lanadi. Asosan jigarda to‘planadi. Buyrak funktsiyasi normal bo‘lganida – 7-10% buyraklar orqali, taxminan 50% - axlat massalari bilan chiqariladi; buyrak funktsiyasi pasayganida – 0-7% buyraklar orqali, 70-100% axlat massalari bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali chiqariladi, ko‘krak sutiga ajralib chiqadi.
Qo‘llanilishi
• B1, B2, B6 i B12 vitaminlari gipovitaminozi va avitaminozi;
• nerv tizimining, periferik nevritlar va polinevritlar, nevralgiyalar, periferik parezlar va falajlar, orqa miya ildizlari nevriti, retrobulbar nevritlar, o‘rab oluvchi gerpes, lyumbago, pleksitlar, umurtqalararo nevralgiyalar, yuz nervi parezi, uch shoxli va yuz nervi nevralgiyasi, amiotrofik yon skleroz, bolalar serebral falaji, markaziy va periferik nerv tizimining jarohatlari kabi, kasalliklarini simptomatik davolash;
• entsefalopatiya (diabetik, alkogol oqibatida, jarohatdan keyingi);
• turli genezli anemiyalar;
• me'da-ichak yo‘llarining kasalliklari me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, surunkali gastrit, enterokolit, gepatit, jigar sirrozi;
• teri kasalliklari kelib chiqishi nevrogen bo‘lgan dermatozlar va ekzema, dermatitlar va neyrodermitlar, psoriaz;
• bo‘g‘imlarning kasalliklari osteoartroz, revmatizm, revmatoid artrit;
• oftalmologik kasalliklar gameralopatiya, kon'yunktivit, keratit, irit, katarakta, shox pardani yarasi;
• yuqori jismoniy yuklamalar;
• izoniazid qatori tuberkulyozga qarshi vositalar, antibiotiklarning nojo‘ya samaralarini oldini olish va korrektsiya qilish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga yuborish uchun eritma.
Benevron B preparatini dozalash tartibi va qo‘llash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
10 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga preparat mushak ichiga 3 ml (bitta ampula) dan kuniga 1 marta buyuriladi. In'ektsiya uchun eritma mushakka chuqur yuboriladi.
Shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha preparatni bir ampuladan har 2-3 kunda qo‘llash mumkin.
Bolalar
10 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyidagi noxush reaktsiyalar kuzatilishi mumkin
Immun tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (jumladan anafilaksiya, toshma, urtikariya).
Nerv tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – paresteziya.
Qon-tomirlari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – gipotenziya.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar uchrash tezligi noma'lum – in'ektsiya qilingan joyda reaktsiyalar (jumladan og‘riq va shish).
Boshqa xabar berilgan simptomlar isitma, et uvishishi, qizib ketishlar, bosh aylanishi, lohaslik, ko‘ngil aynishi, husnbuzar va bullyoz toshmalar, tremor. Reaktiv trombotsitoz, megaloblast anemiyani davolash uchun preparatni qo‘llashni dastlabki haftasi davomida rivojlanishi mumkin.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• dori preparatining komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik;
• homiladorlikda, V12 vitaminini tanqisligi holatlaridan tashqari, megaloblast anemiyani davolash;
• toksik ambliopiyani davolash uchun qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tiamin gidroxloridi eritmasini sulfitlar saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas, chunki ularda u butunlay parchalanadi. Tiaminni bir shpritsda penitsillin yoki streptomitsin bilan (antibiotikni parchalanishi kuzatiladi), shuningdek tiamin va nikotin kislotasini (tiaminni parchalanishi kuzatiladi) aralashtirish mumkin emas. Tirishishga qarshi preparatlar (fenobarbital, fenitoin, karbamazepin) bilan uzoq muddat davolash, shuningdek preparatni digoksin, indometatsin, antatsid preparatlari bilan birga qo‘llash tiaminni tanqisligiga olib kelishi mumkin. Tiosemikarbazon va 5-ftoruratsil tiaminning faolligini ingibitsiya qiladi. Kofein, tarkibida oltingugurt va estrogenlar saqlovchi preparatlarni qo‘llash tiaminga bo‘lgan talabni oshiradi. Tiamin qutbsizlantiradigan mushak relaksantlari (ditilin va boshqalar) ning kuraresimon ta'sirini susaytiradi.
Riboflavin doksitsiklin, tetratsiklin, oksitetratsiklin, eritromitsin va linkomitsinning faolligini kamaytiradi. Streptomitsin bilan numatonosibdir. Xlorpromazin, imipramin, amitriptilin, flavinokinazani blokadasi hisobiga, riboflavinni flavinadeninmononukleotid va flavinadenindinukleotidga aylanishini izdan chiqaradi va uni siydik bilan chiqarilishini oshiradi. Tireoid gormonlar riboflavinning metabolizmini tezlashtiradilar. V2 vitamini xloramfenikolning noxush reaktsiyalarini (gemopoezni buzilishi, ko‘ruv nervi nevriti) kamaytiradi va oldini oladi. Gemopoezni rag‘batlantiruvchi, antigipoksantlar, anabolik steroidlar bilan mutanosibdir
Piridoksin gidroxloridi diuretiklarning ta'sirini kuchaytiradi, levodopaning faolligini susaytiradi. Izonikotin gidrazidi, penitsillamin, sikloserin va estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar piridoksin gidroxloridining samarasini susaytiradilar. Yurak glikozidlari (piridoksin miokardda qisqartiruvchi oqsillar sintezini oshishiga yordam beradi), glutamin kislotasi va asparkam (gipoksiyaga bo‘lgan chidamlilik oshadi) bilan muvofiq keladi.
Sianokobalamin askorbin kislotasi, og‘ir metallarning tuzlari bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosibdir (tsianokobalamin faolsizlanadi). Aminoglikozidlar, salitsilatlar, tutqanoqqa qarshi preparatlar, kolxitsin, kaliy preparatlari V12 vitaminini so‘rilishini pasaytiradilar. Sianokobalamin tiamin tomonidan chaqirilgan allergik reaktsiyalarni rivojlanishini kuchaytiradi. Xloramfenikol gemopoetik javob reaktsiyasini pasaytiradi. Qon ivishini oshiruvchi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Benevron B preparatini parenteral yuborish vaqtida yoki yuborilgan zahoti anafilaktik shok kabi, potentsial jiddiy noxush allergik reaktsiyalar kam rivojlanadi, va bu holat Benevron B preparatini parenteral yuborish usuliga muhtoj bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa tiaminni parenteral qo‘llash zarur bo‘lgan Vernike entsefalopatiyasini rivojlanish havfi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llashga to‘sqinlik qilishi kerak emas.
Benevron B preparatiga nisbatan allergik reaktsiyalarning boshlang‘ich ogohlantiruvchi belgilari bo‘lib aksirish yoki yengil shakldagi astma hisoblanadi va davolash davom ettirilganida, ushbu patsiyentlarda anafilaktik shok rivojlanishi mumkinligini inobatga olish lozim.
Adekvat davolashni ta'minlash uchun patsiyentning gematologik va nevrologik holatlarini muntazam ravishda nazorat qilish kerak. Davolashning boshlang‘ich davrida gipokaliyemiya oqibatida yurak aritmiyalarini rivojlanganligi xaqida xabar berilgan. Bu davrda qon zardobidagi kaliyning darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Reaktiv trombotsitozni rivojlanish havfi borligi tufayli, megaloblast anemiyani davolashni dastlabki haftasi davomida trombotsitlarning darajasini nazorat qilish kerak.
Benzil spirti allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Benzil spirtining, toksik samaralarni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan maksimal kontsentratsiyasi noma'lum.
Preparatni to‘planishi va toksiklikni (metabolik atsidozni) rivojlanish havfi borligi tufayli, preparatning yuqori dozalarini, ayniqsa jigar yoki buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan va faqat zarurat bo‘lganida qo‘llash kerak.
B6 vitamini gipervitaminozi va toksiklik reaktsiyalari (periferik neyropatiya, ixtiyorsiz harakatlar) 4 mg piridoksin saqlovchi polivitamin preparatlari vena ichiga haftada uch marta yuborilgan surunkali gemodializdagi patsiyentlarda kuzatilgan.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila yoki emadigan bola uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan holatdagina preparatni qo‘llash mumkin
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
V guruhi vitaminlari qo‘llanganida dozani oshirib yuborilish holatlari juda kam kuzatiladi, chunki ular suvda eruvchan va ularning ortiqcha miqdori siydik bilan chiqariladi.
Simptomlari oyoqlar, qo‘llar yoki tananing boshqa sohalarida sanchish, uvishish, sezuvchanlik, muvozanat va koordinatsiyani buzilishi. Ushbu simptomlar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 3 ml dan sariq rangli ampulalarda. 5 ampula kontur uyali o‘ramlarda. 1 kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.