Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Milgamma kompozitum tab. №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бенфотиамин, витамин B1, B6, B12
Страна производитель
Германия
Производитель
Worwag Pharma GmbH & Co. KG, Германия произведено: Mauermann Arznaimittel KG
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Драже
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Bu dorini qabul qilishdan oldin ushbu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing. Bu dori retseptsiz beriladi. Optimal natijalarga erishish uchun uni yo‘riqnomada bayon etilgan barcha tavsiyalarga qat'iy rioya qilib qo‘llash kerak.
• Yo‘riqnomani saqlab qo‘ying, u yana kerak bo‘lishi mumkin.
• Agar Sizda savollar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qiling.
• Agar Sizning ahvolingiz yomonlashsa yoki davolash kursidan keyin yaxshilanmasa shifokorga murojaat qiling.
Preparatning savdo nomi
Milgamma® kompozitum
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Benfotiamin + Piridoksin
Dori shakli
draje.
Tarkibi
1 draje quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar benfotiamin 100 mg, piridoksin gidroxloridi 100 mg.
Yordamchi moddalar
Draje yardosining tarkibi mikrokristallik sellyuloza – 222,0 mg, povidon (K qiymati = 30) – 8,0 mg, omega-3 triglitseridlari (20%) - 5,0 mg, kolloid kremniy dioksidi -7,0 mg, natriy karmelloza - 3,0 mg, talk - 5,0 mg;
Qobiqning tarkibi shellak - 3,0 mg, saxaroza - 92,399 mg, kaltsiy karbonati - 91,675 mg, talk - 55,130 mg, akatsiya yelimi - 14,144 mg, makkajo‘xori kraxmali - 10,230 mg, titan dioksidi - 14,362 mg, kolloid kremniy dioksidi - 6,138 mg, povidon (K qiymati =30) - 7,865 mg, makrogol-6000 - 2,023 mg, glitserol 85% - 2,865 mg, polisorbat-80 - 0,169 mg, tog‘ glikol mumi - 0,120 mg.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomoni qavariq, oq rangli draje.
Farmakoterapevtik guruhi
vitaminlar.
Kod ATX A11DB02
Farmakologik xususiyatlari
Benfotiamin - tiaminning (V1 vitamini) yog‘da eruvchi hosilasi bo‘lib, organizmda biologik faol kofermentlar - tiamin difosfati va tiamin trifosfatigacha fosforlanadi. Tiamina difosfati piruvatdekarboksilaza, 2-oksiglyutaratdegidro-genaza va transketolazaning kofermenti hisoblanib, shu tariqa glyukozaning pentozofosfat oksidlanish siklida (aldegid guruhini o‘tkazilishda) ishtirok etadi.
Piridoksinning (V6 vitamini) fosforlangan shakli - piridoksalfosfat – aminokislotalarning oksidlanmaydigan metabolizmining barcha bosqichlariga ta'sir qiluvchi bir qator fermentlarning kofermenti hisoblanadi. Piridoksalfosfat aminokislotalarning dekarboksilatsiya qilinish jarayonida ishtirok etadi va muvofiq ravishda fiziologik faol aminlarni (masalan, adrenalin, serotonin, dofamin, tiraminni) hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Aminokislotalarning transaminlatsiya qilinishida ishtirok etib, piridoksalfosfat anabolik va katabolik jarayonlarda (masalan, glutamat-oksalotsetat-transaminaza, glutamat-piruvat-transaminaza, gamma-aminobutirat kislotasi (GABA), α-ketoglutarat-transaminaza kabi transakinazalarning kofermenti hisoblanadi), shuningdek aminokislotalarni parchalanishi va sintezining turli reaktsiyalariga jalb qilingan. V6 vitamini triptofan metabolizmining 4 turli bosqichlarida jalb qilingan
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin benfotiaminning katta qismi o‘n ikki barmoq ichakda, kamrog‘i – ingichka ichakning yuqori va o‘rta sohalarida so‘riladi. Benfotiamin
≤ 2 mkmol kontsentratsiyalarda faol rezorbtsiya va ≥2 mkmol kontsentratsiyalarda passiv diffuziya hisobiga so‘riladi. Tiaminning (V1 vitamini) yog‘da eruvchi hosilasi hisoblanib, benfotiamin suvda eruvchan tiamin gidroxloridiga nisbatan tez va to‘liqroq so‘riladi. Ichakda fosfatazalar yordamida defosforlatsiya qilinib, S-benzoiltiaminga aylanadi. S-benzoiltiamin yog‘da eruvchan bo‘lib, yuqori kiruvchanlik qobiliyatiga ega va asosan tiaminga aylanmasdan so‘riladi. So‘rilgandan keyin fermentativ debenzoillatsiya qilish hisobiga, tiamin va tiamin difosfat va tiamin trifosfatning biologik faol kofermentlari hosil bo‘ladi. Ushbu kofermentlarining ayniqsa yuqori miqdorlari qon, jigar, buyrak, mushak va bosh miyada kuzatiladi.
Piridoksin (V6 vitamini) va uning hosilalari asosan passiv diffuziya jarayonida me'da-ichak yo‘llarining yuqori sohalarida so‘riladi. Qon zardobida piridoksalfosfat va piridoksal albumin bilan bog‘lanadi. Xujayra membranasi orqali o‘tishdan oldin albumin bilan bog‘langan piridoksalfosfat ishqoriy fosfataza yordamida gidroliz qilinadi va piridoksalni hosil qiladi.
Ikkala vitamin asosan siydik bilan chiqariladi. Tiaminning taxminan 50% o‘zgarmagan holda yoki sulfat shaklida chiqariladi. Qolgan qismini bir necha metabolitlar tashkil qiladi, ular orasida tiamin kislotasi, metiltiazo-sirka kislotasi va piramin tavovut qilinadi. Benfotiaminni qondan o‘rtacha yarim chiqarilish davri (t½) 3,6 soatni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganda piridoksinni yarim chiqarilish davri taxminan 2-5 soatni tashkil qiladi. Tiamin va piridoksinni biologik yarim chiqarilish davri taxminan 2 haftani tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
V1 va V6 vitaminlari tanqisligi tasdiqlangan nevrologik kasalliklarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi.
Drajeni ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Agar shifokor tomonidan boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, patsiyent sutkada 1 martadan qabul qilish kerak.
O‘tkir holatlarda shifokor ko‘rigidan keyin doza 1 drajedan 3 martagacha oshirilishi mumkin. 4 hafta davolashdan keyin shifokor preparatini yuqori dozada qabul qilishni davom ettirish lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi va B6 va B1 vitaminlarining yuqori dozalarini sutkada 1 drajegacha kamaytirish imkonini ko‘rib chiqishi kerak. Iloji boricha, doza B6 vitaminini qo‘llash bilan bog‘liq neyropatiya rivojlanishi xavfini kamaytirish maqsadida, 1 drajegacha pasaytirilishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralar tez-tezligi quyidagi tartibda taqsimlangan juda tez (10% ko‘p hollarda), tez-tez (1% - 10% hollarda), tez-tez emas (0,1% - 1% hollarda), kam hollarda (0,01% - 0,1% hollarda), juda kam hollarda (0,01% kam hollarda), shuningdek tez-tezligi noma'lum nojo‘ya samaralari.
Immun tizimi tomonidan
Juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi (teri reaktsiyalari, qichishish, eshakemi, teri toshmasi, nafas olishni qiyinlashishi, Kvinke shishi, anafilaktik shok). Ayrim hollarda – bosh og‘rig‘i.
Nerv tizimi tomonidan
Tez-tezligi noma'lum (yakka spontan xabarlar) preparat uzoq muddat (6 oydan ko‘p) qo‘llanganda periferik sensor neyropatiya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan
Juda kam hollarda ko‘ngil aynishi.
Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan
Tez-tezligi noma'lum (yakka stontan xabarlar) xusnbuzar toshmalari, ko‘p terlash.
Yurak – qon tomir tizimi tomonidan
Tez-tezligi noma'lum (yakka spontan xabarlar) taxikardiya.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralar og‘irlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tiamin, benfotiamin, piridoksin yoki preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va emizish davri. («Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi» bo‘limiga qarang).
Ma'lumotlar yo‘qligi sababli bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Har bir draje 92,4 mg saxaroza saqlaydi. Shuning uchun preparatni fruktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza va galaktozani kam so‘rilishi sindromi yoki glyukozo-izomaltoza tanqisligi bo‘lgan shaxslarda qo‘llash mumkin emas.
Dekompensatsiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi.
Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparat qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Piridoksin (V6 vitamini) terapevtik dozalarda levodopaning samarasini pasaytirishi mumkin. Piridoksin antagonistlarini (masalan, gidralazin, izoniazid, penitsillamin, sikloserin) bir vaqtda qo‘llash, alkogol qabul qilish va estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlarni uzoq muddat qabul qilish organizmda V6 vitaminining yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Ftoruratsil bilan bir vaqtda qabul qilinganda, tiaminni (V1 vitamini) faolsizlanishi kuzatiladi, chunki ftoruratsil tiaminni tiamin difosfatgacha fosforlanishini raqobatli susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat sutkada 100 mg dozada 6 oydan uzoqroq qo‘llanganda sensor periferik neyropatiya rivojlanishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. («
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» bo‘limiga qarang).
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Transport vositalarini haydovchilari va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslarga nisbatan hech qanday ehtiyotkorliklar yo‘q
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining simptomlari.
Keng terapevtik diapazonni hisobga olib, benfotiamin ichga qabul qilinganida dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam.
Qisqa vaqt oralig‘ida (sutkada 1 g dan ortiq dozada) piridoksin (V6 vitamini) ni yuqori dozalarini qabul qilishni qisqa muddatli neyrotoksik samaralarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Preparatni 6 oy davomida sutkada 100 mg dozada qo‘llaganda, shuningdek neyropatiya rivojlanishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilish, odatda ataksiya bilan kechishi mumkin bo‘lgan sensor polineyropatiya rivojlanishi shaklida namoyon bo‘ladi. Preparatni o‘ta yuqori dozalarda qabul qilish konvulsiyalarga (tutqanoq xurujlariga) olib kelishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklarga preparat kuchli sedativ ta'sir ko‘rsatishi, gipotoniya va nafas buzilishlarini (dispnoe, apnoe) chaqirishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishini davolash.
Piridoksinni tana vazniga 150 mg/kg dan ortiq dozada qabul qilinganda qusishni chaqirish va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish tavsiya qilinadi. Qusishni chaqirish preparat qabul qilingandan keyin birinchi 30 minut davomida samaraliroqdir. Shoshilinch choralarni ko‘rish talab qilinishi mumkin.
Chiqarilish shakli
15 drajedan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda (blisterda).
2 yoki 4 blister (har birida 15 drajedan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Qayd etish guvohnomasining egasi
Vyorvag Farma GmbX i Ko. KG,
Kalver shtrasse, 7, 71034 Byoblingen, Germaniya
Ishlab chiqaruvchi
Mauyermann Artsnaymittel KG
Xaynrix-Knote-shtrasse 2, D-82343, Pyoking, Germaniya

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.