Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nevralon tab. №20
Nomi | Narx | |||||
Невралон таблетки №20 (312001882##2 123) |
UZS 64 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин B1, В6, В12
Страна производитель
Турция
Производитель
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nevralon
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) tiamin gidroxloridi, piridoksin gidroxloridi, sianokobalamin.
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
V1 vitamini (tiamin gidroxloridi) 250 mg,
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) 250 mg,
V12 vitamini (tsianokobalamin) 1 mg;
yordamchi moddalar mannitol, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, o‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, polivinilpirrolidon, magniy stearati;
qobig‘ining tarkibi pushti akril-EZE® 93O34305 (metakril kislotasining sopolimeri, titan dioksidi, tal'k, trietiltsitrat, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy bikarbonati, karmin, natriy laurilsulfati, indigokarmin alyumin laki).
Ta'rifi dumaloq, ikki tomoni qavariq, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
vitaminlar.
ATX kodi A11DB.
Farmakologik hususiyatlari
Nevralon – V guruhi vitaminlaridan tarkib topgan majmuaviy preparat.
Neyrotrop V guruhi vitaminlari nerv tizimi va harakat apparatining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklarida ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, yuqori dozalarda og‘riq qoldiruvchi ta'sirga ega, qon oqimini kuchayishiga yordam beradi va nerv tizimi faoliyatini va qon yaratish jarayonini normallashtiradi.
Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) muhim faol modda hisoblanadi. Organizmda fosforlanish jarayonlari natijasida ko‘pchilik fermentativ reaktsiyalarning kofermenti hisoblangan kokarboksilazaga aylanadi. Uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, shuningdek sinapslar orqali nerv qo‘zg‘aluvchanligini o‘tish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Xujayralarning membranalarini perekisli oksidlanish mahsulotlarini zaharli ta'siridan himoya qiladi.
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) fosforlangan shaklda aminokislotalarning dekarboksillanish va qayta aminlanish jarayonlarida va lipidlar almashinuvida ishtirok etuvchi enzimlarning tarkibiga kiradi. Periferik nerv tizimi va markaziy nerv tizimining (MNT) normal faoliyati uchun zarur.
Ikkala vitaminning fiziologik faoliyati nerv-mushak va yurak-qon tomir tizimlariga ijobiy ta'siri bilan namoyon bo‘luvchi bir-birining ta'sirini kuchaytirishidir. V6 vitaminining tanqisligida, tanqislikni keng tarqalgan holatlari bu vitaminlar yuborilganidan keyin tez bartaraf qilinadi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) xujayra metabolizmi jarayonlari uchun zarur. Qon yaratish faoliyatiga ta'sir qiladi (tashqi anemiyaga qarshi omil), xolin, metionin, kreatinin, nuklein kislotalarini hosil bo‘lishida ishtirok etadi, og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) og‘iz orqali qabul qilinganidan so‘ng o‘n ikki barmoqli ichak va ingichka ichakda so‘riladi. Jigarda ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi va uning asosiy metabolitlari bo‘lib, tiaminkarbon kislotasi va piramin (2,5-dimetil-4-aminopiridimin) hisoblanadi. Metabolitlari katta miqdordagi o‘zgarmagan tiamin bilan birga ichak va buyraklar orqali chiqariladi.
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) ichakdan tez so‘riladi. Jigarda farmakologik faol metabolitlar piridoksalfosfat va piridoksaminfosfat hosil qilib metabolizmga uchraydi. SN2ON-guruhi 5-holatida fosforlanganidan so‘ng, ya'ni piridoksal-5-fosfati (PALP) hosil bo‘lganidan so‘ng, V6 vitamini koenzim sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Taxminan 80% PALP plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Piridoksin asosan mushaklar, jigar va MNT da to‘planadi. Piridoksin metabolizmini yakuniy mahsuloti organizmdan buyraklar orqali chiqariladigan 4-piridoksil kislotasidir.
Sianokobalamin (V12 vitamini) sianokobalaminning asosiy miqdori “Kaslning ichki omili” bilan bog‘langandan so‘ng o‘zlashtiriladi. V12vitamini asosan jigarda to‘planadi. Qon zardobidan yarim chiqarilish davri taxminan 5 kunni, jigardan esa – taxminan 1 yilni tashkil etadi. Organizmdan asosan safro va siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Nerv tizimini quyidagi kasalliklarini simptomatik davolash, majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi
• nevrit, nevralgiya (shu jumladan uch shoxli nerv nevralgiyasi), polinevrit, polinevropatiya (shu jumladan diabetik va alkogolli polinevropatiya), o‘rab oluvchi temiratki, mialgiyalar, ildizcha sindromi (umurtqa pog‘onasini degenerativ o‘zgarishlari keltirib chiqargan), retrobulbar nevritlar, yuz nervining falaji;
• V1 V6 V12 vitaminlarining tanqisligi isbotlangan tizimli nevrologik kasalliklar.
Bundan tashqari, preparat quyidagi holatlarda qo‘llanadi
• kardiomiopatiya (V1 vitaminini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan);
• operatsiyadan keyingi qusish;
• nur kasalligi;
• alkogolizm vaqtida kuzatiladigan surunkali intoksikatsiya.
Qo‘llash usuli va dozalari
Nevralon tabletkalari ichga, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Profilaktika uchun Nevralon preparati kuniga 1 tabletkadan buyuriladi.
Kasallikni davolash uchun – kuniga 2-4 tabletkadan buyuriladi. Kasallikning simptomlari kamayganida dozani kuniga 1 tabletkagacha kamaytirish mumkin.
Davolash kursi kamida bir oy muddatni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam hollarda – ko‘p terlash, husnbuzar toshmasi, teri reaktsiyalari (eshakemi). Kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (teri toshmasi, nafas jarayonini buzilishi, anafilaktik shok, Kvinke shishi) rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
V6 vitamini levodopaning terapevtik samaradorligini pasaytiradi.
Tiosemikarbazon va 5-fluouratsil V1 vitaminining antagonisti bo‘lib, uning samaradorligini kamaytiradilar. Antatsidlar V1 vitaminining so‘rilishini sekinlashtiradi.
Alkogol yoki aminosalitsilatlar yoki kolxitsinni (ayniqsa aminoglikozidlar bilan birga) haddan tashqari uzoq vaqt 2 haftadan ortiq iste'mol qilish V12 vitaminini me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytiradi.
Folat kislotasining yuqori dozalarini uzoq vaqt davomida qabul qilish V12 vitaminining kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
O‘tkir va og‘ir darajadagi dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Nevralon preparatini qo‘llash xaqidagi masala bemorning holatini hisobga olib individual ravishda hal qilinadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Zarurat bo‘lganida homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalar va o‘smirlarda Nevralon preparatini qo‘llash samaradorligi va havfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarining xaydovchilari va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslarda preparatni qo‘llash bo‘yicha hech qanday ogohlantirishlar yo‘q.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari sensor neyropatiya, preparatning nojo‘ya ta'sirlari yaqqolligini kuchayishi kuzatiladi.
Davolash simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan blisterda. 2 yoki 5 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
“Rotafarm Ilachlari Limited Shirketi”, Turkiya.
(“Rotapharm İlaçlari Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
“Abdi Ibraxim Ilach San. ve Tidj. A.Sh.”, Turkiya
(Sanayi Maxallesi, Tunch Djaddesi № 3 Esenyurt 34555 / Istambul)
“Abdi İbrahim İlaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(Sanayi Mahallesi, Tunç Caddesi No 3 Esenyurt 34555 / İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.