Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Neyrokobal tab. 500mgk №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метилкобаламин
Страна производитель
Индия
Дозировка
500 мкг
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Neyrokobal®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metilkobalamin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 500 mkg metilkobalamin;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza (Ph 101, 102), o‘ta jelatinlangan kraxmal, polivinilpirrolidon K-30, izopropil spirti, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, stearin kislotasi, etil sellyuloza 7 CPS, titan dioksidi, polietilenglikol, dixlormetan, jigarrang opadray 03F565012.
Ta'rifi jigarrang, standart dumaloq, ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
sianokobalamin va uning hosilalari
ATX kodi V03VA05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Metilkobalamin - shuningdek V12 vitamini sifatida ham ma'lum bo‘lgan o‘rnini bosolmaydigan suvda eruvchan V vitaminidir. V12 vitamini oqsil va miyelin yadrosining sintezi, hujayralarni ko‘payishi, normal o‘sishi va normal eritropoez uchun muhimdir. V12 vitamini V kofermentiga aylanadi, u metilmalonatni suktsinatga aylanishida va metioninni gomotsisteindan sintezida juda muhim hisoblanadi. V12 vitamini yog‘lar, uglevodlar metabolizmi va oqsil sintezida ishtirok etuvchi fermentlar uchun zarur sulfgidril guruhlarni tiklangan shaklda tutib turilishida ishtirok etadi. V12 vitamini folat kislotasining sintezida ishtirok etadi, shuning uchun metilkobalamin tanqisligi uning yetishmovchiligiga xam olib keladi. V12 vitamini gomotsisteinni metioninga metil guruhini yo‘qolishida muhim rol o‘ynaydi. Gomotsisteinning yuqori darajalari har doim endoteliy hujayralarini shikastlanishi, azot oksidini pasayishi hisobiga endoteliy-vazodilatatsiyasini buzilishi, oksidlanishni oshishi va past zichlikdagi lipoproteinlarni (PZLP) arteriyalarda to‘planishi, trombotsitlar adgeziyasini oshishi va qon ivish kaskadini faollashuv havfini oshishiga olib keladi. Vitamin va folat kislotasini bir vaqtda qo‘llaganda, och qoringa gomotsisteining darajasini pasayishiga nisbatan katta bo‘lmagan additiv samara kuzatiladi, lekin bu faqat V12 vitaminining tanqisligi bo‘lgan odamlarda bo‘lishi mumkin. Gomotsisteinning kontsentratsiyasini oshishi boshqa sabablar, masalan kognitiv faoliyatni pasayishi, xotirani yomonlashishi, Altsgeymer kasalligi va qon tomir dementsiyasi oqibatida ham yuz berishi mumkin. V12 vitaminining metilkobalamin shakli, shuningdek melatoninning darajasiga ham ta'sir qilishi mumkin. Ehtimol melatoninga ta'siri tufayli, metilkobalamin diqqatni yaxshilashi va uyqusi normal bo‘lgan odamlarda uyqu vaqtini qisqartirishi mumkin.
Farmakokinetikasi
V12 vitamini yonbosh ichakning terminal bo‘limiga faol o‘tkazilishi mexanizmi orqali so‘riladi. Buning uchun me'dada ishlab chiqariluvchi glikoprotein - ichki omil zarurdir. Me'daning normal pH ida V12 vitamini oziq-ovqat oqsillaridan ajraladi, so‘ng u ichki omil bilan bog‘lanadi va yonbosh ichakda so‘riladi. So‘rilishi me'da pHni oshishi sababli, masalan, atrofik gastritda, kislota muhitni susaytiruvchi dori vositalari ishlatilganda yoki qisman gastrektomiyada sekinlashishi mumkin. V12 vitamini 6 soatli yarim chiqarilish davriga ega va asosan safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• Periferik neyropatiya,
• diabetik neyropatiya,
• alkogolli neyropatiya,
• medikamentoz neyropatiya,
• dementsiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Peroral qo‘llanganda klinik samaraga erishish uchun doza sutkada 1500-6000 mkg ni tashkil qiladi. Maksimal dozadan ortiq dozalarda ahamiyatga ega bo‘lgan terapevtik afzalligi aniqlanmagan.
Metilkobalamin peroral, mushak ichiga va vena ichiga qo‘llanishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ba'zi shaxslarda V12 vitamini diareyani, qon quyulishini, qichishishni, jiddiy arterial reaktsiyalarni va boshqa nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. V12 vitamini psoriazda teriga qo‘llash uchun havfsiz hisoblanadi.
Shuningdek, quyidagi nojo‘ya samaralar ham yuzaga kelishi mumkin
• qo‘zg‘aluvchanlik
• uyqusizlik
• mushaklarda og‘riq
• bo‘g‘imlarda og‘riq
• xusnbuzar
• toshma
• vahima
• yurak urishini tezlashishi
• ko‘ngil aynishi
• bosh og‘rig‘i
• migren.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi modda yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda ko‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xloramfenikol
Bir necha klinik holatlarda xloramfenikol V12 vitaminini qo‘shimcha qabul qilayotgan patsiyentlarda retikulotsitar javob reaktsiyasini kechiktirishi yoki to‘xtatishi mumkinligi kuzatilgan. Shuning uchun agar ushbu birikmani qo‘llashdan saqlanishning iloji bo‘lmasa, qon ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
So‘rilishi
Quyida keltirilgan preparatlar aminosalitsil kislotasi, antibiotiklar, kolxitsin, xolestiramin, N2-blokatorlari, metformin, neomitsin, azot oksidi, peroral kontratseptivlar, fenitoin, fenobarbital, primidon, proton nasosi ingibitorlari, zidovudin - V12 vitaminini so‘rilishini susaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Koronar stentidan so‘ng folat kislotasini, V6 vitaminini va V12 vitaminini, keyinchalik har kunlik peroral qo‘llashga o‘tish bilan, vena ichiga ortiqcha yuk beradigan dozada yuborish restenozni (qon tomirlarini takroran torayishi) havfini oshirishi aniqlangan. Shuning uchun, potentsial xavfi tufayli, bu majmuani koronar stenti bo‘lgan patsiyentlarga tavsiya qilish mumkin emas.
Arterial bosimi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak, chunki gidrokobalamin vena ichiga yuborilganidan keyin qon bosimi oshishi haqida xabar qilingan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador yoki emizikli ayollar uchun tavsiya qilingan dozalarda peroral qabul qilish xavfsiz hisoblanadi. Katta mikdorda qabul qilish tavsiya qilinmaydi, chunki vitaminni bunday qabul qilishning xavfsizligi hali ma'lum emas.
Transport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Davolash simptomatik va erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi bo‘lishi kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda, 3 yoki 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
Kusum Xeltxker Pvt.Ltd.
SP 289 (A), RIICO INDL. AREA, CHOPANKI, BHIWADI (RAJ.), INDIA
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.