Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Neyromultivit tab. №20
Nomi | Narx | |||||
Нейромультивит таб. №20 (G03234##2 173) |
UZS 67 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин B12, В6, В1
Страна производитель
Австрия
Производитель
Валеант,ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Neyromultivit ®
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar tiamin gidroxloridi (V1vitamini) ..........100 mg,
piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) .200 mg,
sianokobalamin (V12vitamini).................0,241 mg,
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, povidon.
qobiq tarkibi makrogol 6000, titan dioksidi (E171), talk, gipromelloza, poliakrilat 30% li dispersiyasi2.
1 Miqdori 20% ortiqchasini o‘z ichiga oladi
2 2,25 mg quruq modda 7,5 mg suspenziyaga mos keladi.
Ta'rifi oqdan yoki deyarli oq rangligacha bo‘lgan, ikki tomoni qavariq yuzali, dumaloq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
V1 vitaminining V6 va V12 vitaminlari bilan majmuasi.
ATX kodi A11DB.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Farmakologik xususiyatlari
preparatning tarkibiga kiruvchi vitaminlarning hususiyatlari bilan belgilanadi.
Tiamin (V1 vitamini) odam organizmida fosforlanish jarayonlari natijasida kokarboksilazaga aylanadi, u ko‘pchilik ferment reaktsiyalarining kofermentidir. Tiamin uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Sinapslarda nerv qo‘zg‘alishlarini o‘tkazish jarayonlarida faol qatnashadi.
Piridoksin (V6 vitamini) markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarurdir. Fosforlangan holda aminokislotalar metabolizmining (dekarboksillanish, pereaminlanish va boshqalarda) kofermenti hisoblanadi Nerv to‘qimalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muhim fermentlarning kofermenti sifatida namoyon bo‘ladi. Dopamin, noradrenalin, adrenalin, gistamin va GAMK kabi ko‘pchilik neyromediatorlarning biosintezida ishtirok etadi, glutamin kislotasi almashinuvida ishtirok etadi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) normal qon hosil bo‘lishi va eritrotsitlarni yetilishi uchun zarur, shuningdek organizmning hayot faoliyatini ta'minlovchi qator biokimyoviy reaktsiyalarda metil guruhlarini tashib o‘tilishida, nuklein kislotalar, oqsillar sintezida, aminokislotalar, uglevodlar, lipidlar almashinuvida ishtirok etadi. Nerv tizimidagi jarayonlarga (nuklein kislotalarini sintezida va serebrozidlar va fosfolipidlarni lipid tarkibiga) ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Sianokobalaminning koferment shakllari – metilkobalamin va adenozilkobalamin xujayralarni replikatsiyasi va o‘sishi uchun zarur.
Farmakokinetikasi
Preparatning komponentlari suvda eruvchan vitaminlar hisoblanadi, bu ularni organizmga to‘planib qolish ehtimolini istisno qiladi.
Tiamin va piridoksin ichakning yuqori qismida so‘riladi, so‘rilish darajasi dozaga bog‘liq. Sianokobalaminni so‘rilishi me'dadan boshlanadi, sianokobalaminni to‘qimalarga yetkazib berilishi transkobalamin II transport oqsili yordamida amalga oshiriladi. Preparatning tarkibiga kiruvchi hamma vitaminlar jigarda metabolizmga uchraydi.
Tiamin va piridoksinni organizmdan chiqarilishi buyrak orqali amalga oshiriladi (taxminan 8-10% o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi).
Sianokobalamin asosan safro bilan chiqariladi, uning buyraklar orqali chiqarilishi 6% dan 30% gachani tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
-turli etiologiyali (diabetik, alkogol va boshqa) polineyropatiyalar;
-nevritlar va nevralgiyalar;
-umurtqa pog‘onasining degenerativ o‘zagarishlari fonidagi radikulitlar;
-bel sindromi;
-bo‘yin sindromi;
-ishias, lyumbago;
-pleksitlar;
-qovurg‘alararo nevralgiya;
-uchlamchi nerv nevralgiyasi;
-yuz nervining falajida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalarni ovqatdan keyin, chaynamasdan va ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilanqabul qilish lozim.
Odatda 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi.
6 yoshdan katta bolalarga shifokor tavsiyasiga ko‘ra, 1 tabletkadan sutkada 1-3 martadan buyuriladi.
Kurs davomiyligi odatda 2-3 haftani (shifokor tavsiyasi bo‘yicha) tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.
Kam hollarda
-bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi
-ko‘ngil aynishi
Juda kam hollarda
-V6 vitaminini juda katta dozalarda noto‘g‘ri qo‘llanganda sezuvchanlikni buzilishi
-qichishish va urtikar toshma ko‘rinishidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
-homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
-levodopa bilan birga qo‘llanganda neyromultivit levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini pasaytiradi.
-etanol bilan - tiaminni so‘rilishini keskin pasaytiradi.
Neyromultivitni qabul qilish vaqtida tarkibida V guruhi vitaminlari bo‘lgan polivitamin komplekslarini qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Nevrologik simptomlarni boshlanishi mumkinligi sababli, preparatning yuqori dozalari bilan 4 haftadan ortiq vaqt davomida davolash tavsiya qilinmaydi. V12 vitaminini saqlaydigan preparatlar funikulyar miyeloz va xafvli anemiyaning klinik manzarasini va laboratoriya tekshirishlari natijalarini yashirishi mumkin.
Dori vositasini transport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyati ta'sirining o‘ziga xosligi.
Ta'siri aniqlanmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ataksiya va sezuvchanlikni buzilishlari bilan kechuvchi nevropatiya, EEG dagi o‘zgarishlar bilan kechuvchi serebral tirishishlar, allergik reaktsiyalar.
Davolash dozani oshirib yuborilishini ko‘rinishlarini og‘irligiga bog‘liq holda o‘tkaziladi. Me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, keyinchalik simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
va o‘rami
20 tabletkadan polivinilxlorid/polivinildenxlorid plyonkali va laklangan, chop etilgan alyumin folga konturuyali o‘ramda tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi tiiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
G.L.Pharma GmbH,
Industriestrasse 1, A-8502 Lannach, Avstriya
Qayd etish guvohnomasining egasi
“VALEANT” MCHJ, Rossiya
Mahsulotni sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot manzili
“VALEANT” MCHJ, Rossiya
115162, Moskva, Shabolovka ko‘ch. 31 uy., str.5.
Telefon/faks +7 495 510 28 79
Elektron pochta Office.RU@valent.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.