Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rotafer Plyus kaps. №30
Nomi | Narx | |||||
Ротафер Плюс капс. №30 (0300922##2 124) |
UZS 56 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Железа (III) гидроксид полимальтозат, глюконат цинка, витамин B6, В9, В2
Страна производитель
Болгария
Производитель
Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Adipharm Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rotafer Plyus
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
temir (III) gidroksidini polimaltoza kompleksi 50 mg;
rux glyukonati 50 mg;
folat kislotasi 0,35 mg;
V1 vitamini (tiamin gidroxloridi) 2 mg;
V2 vitamini (riboflavin) 1 mg;
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) 2 mg;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, mannit, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati; kapsula titan dioksidi, temir (III)-oksidi, jelatin.
Ta'rifi oq rangli zarrachalar bilan birga to‘q kulrang rangli kukun saqlovchi, korpusi va qopqoqchasi jigarrang-pushti rangli, '0' o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antianemik vosita.
ATX kodi B03AE04
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Rotafer Plyus – temir, rux va V guruhi vitaminlaridan tarkib topgan majmuaviy preparat hisoblanadi.
Preparatning tarkibidagi temir Fe3+ gidroksidining polimaltoza ko‘rinishida saqlanadi. Fe3+ gidroksidining ko‘p yadroli markazlari atrofidan ko‘p sonli nokovalent bog‘langan polimaltoza molekulalari bilan o‘ralib, umumiy molekulyar og‘irligi 50000 Dalton bo‘lgan kompleks hosil qiladi, u shunchali kattaki, uni ichakning shilliq qavat membranasi orqali diffuziyasi Fe2+ geksagidratiga nisbatan taxminan 40 barobar kam.
Ushbu makromolekulyar kompleks barqaror bo‘lib, temir molekulasini erkin ionlar ko‘rinishida ajratib chiqarmaydi, tuzilishi bo‘yicha esa tabiiy temir birikmasi va ferritinga o‘xshashdir. Shunday o‘xshashlik tufayli, Fe3+ ionlari ichakdan qonga faqat faol so‘rilish hisobiga o‘tadi, bu holat so‘rilishi kontsentratsiya gradiyenti bo‘yicha amalga oshadigan oddiy temir tuzlaridan farqli ravishda preparatning dozasini oshirib yuborilish (va intoksikatsiya) imkonini yo‘qligi bilan tushuntiriladi.
So‘rilgan temir eng avvalo jigarda ferritin bilan bog‘langan holatda to‘planadi. Keyinchalik suyak ko‘migida u gemoglobinga kirishadi. Fe3+ gidroksidining polimaltoza kompleksini tarkibiga kiruvchi temir prooksidant (oddiy Fe2+ tuzlariga xos bo‘lgan) hususiyatlarga ega emas, bu past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) va juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) ni oksidlanishini pasayishiga olib keladi.
Preparat qabul qilinganida organizmda temir tanqisligi tez to‘ldiriladi, eritropoez rag‘batlanadi, gemoglobinning darajasi tiklanadi.
Rux – odam organizmidagi muhim element bo‘lib, asosan eritrotsitlarda rux metalloenzim karboangidraza ko‘rinishida, va kamroq darajada qon plazmasida α-2-makroglobulin bilan bog‘langan holatda saqlanadi. DNK, RNK, oqsillar sintezini muhim bosqichlarini katalizlaydigan 70 dan ortiq fermentlarning tarkibiga kiradi. To‘qimalarni o‘sishi va rivojlanishi jarayonlariga yaqqol ta'sir ko‘rsatadi, bolalarda aqliy va jismoniy rivojlanishni kechikishida ijobiy ta'sir qiladi. Hujayra membranalarini barqarorlashtiradi, regeneratsiya, nerv impulslarini o‘tkazilishi jarayonlariga ta'sir qiladi, insulinning ta'sirini kuchaytiradi. Sochlarni o‘sishini rag‘batlantiradi, immunitetning T-hujayra bosqichiga immunomodulyator ta'sir ko‘rsatadi va nospetsifik immun himoya omillarini ko‘paytiradi. Kuchli antioksidant hisoblanadi. Husnbuzar toshmasi va alopetsiyani davolashda samaralidir.
Folat kislotasi – muhim biologik jarayonlarda, hususan DNK, RNK va oqsillari sintezida ishtirok etuvchi V guruhi vitaminidir. Homiladorlikda folat kislotasi homilada nerv naychasi nuqsonlarini rivojlanishini oldini oladi. Folatlar tanqisligi megaloblast anemiyani rivojlanishiga olib keladi. Folat kislotasi tanqisligida homilani tushishi, muddatidan oldin tug‘ruqlar va bolaning aqliy rivojlanishini buzilishi kuzatilishi mumkin.
V1 vitamini (tiamin gidroxloridi) muhim faol modda hisoblanadi. Organizmda fosforlanish jarayonlari natijasida ko‘pgina fermentativ reaktsiyalarning kofermenti hisoblangan kokarboksilazaga aylanadi. Uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, shuningdek sinapslar bo‘ylab nerv qo‘zg‘aluvchanligini o‘tkazilishi jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Hujayra membranalarini peroksidli oksidlanish mahsulotlarining toksik ta'siridan himoya qiladi.
V2 vitamini (riboflavin) hujayra nafasi va ko‘rishning katalizatori hisoblanadi; DNK shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, to‘qimalar regeneratsiyasi jarayonlariga (shu jumladan teri hujayralari) yordam beradi.
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) fosforlangan shaklda aminokislotalarni dekarboksillanishi va amin guruhini qayta bog‘lanishi, lipidlar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etuvchi enzimlarning tarkibiga kiradi. Periferik nerv tizimi va markaziy nerv tizimi (MNT) ning funktsiyasi normal kechishi uchun muhim.
Farmakokinetika
Majmuaviy tarkibga ega bo‘lganligi tufayli, farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
Quyidagi
• turli genezli temir tanqisligi anemiyasi va yashirin temir tanqisligini davolash;
• temirga bo‘lgan ehtiyoj oshganida (homiladorlik, laktatsiya davri, donorlik, jadal o‘sish davri, vegetarianlar, keksalarda)
kabi kasalliklarni simptomatik davolash, kompleks davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rotafer Plyus preparati ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
Preparatning dozasi va davolash davomiyligi temir tanqisligining yaqqolligiga bog‘liq. Preparatning sutkalik dozasini sutkada 1 marta qabul qilish mumkin. Preparat ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol, suv bilan qabul qilinsin.
Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi klinik jihatdan yaqqol ifodalangan temir tanqisligi (temir tanqisligi anemiyasi) ni davolash sutkada 2 kapsuladan 3-5 oy davomida qonda gemoglobinning darajasi normallashgunicha qabul qilinadi. Qondagi gemoglobinning darajasi normallashganidan so‘ng samarani bir maromda tutib turuvchi doza shifokorning tavsiyasi bo‘yicha buyuriladi.
Homilador ayollarga sutkada 1-2 kapsuladan gemoglobinning darajasi normallashgunicha qabul qilish kerak. So‘ngra davolashni sutkada 1 kapsuladan temirning zahiralari tiklanishi uchun kamida tug‘ruqqacha davom ettirish lozim.
Yashirin temir tanqisligini oldini olish va davolash uchun, kompleks davolash tarkibida patsiyentlar sutkada 1 kapsuladan qabul qilishlari kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan juda kam hollarda – MIY ni ta'sirlanish belgilari (shu jumladan me'dani to‘lib ketishi hissi, epigastral sohada ezilish hissi, ko‘ngil aynishi, qabziyat yoki diareya). So‘rilmagan temirni axlat bilan chiqarilishi tufayli, axlat to‘q rangga bo‘yalishi mumkin (klinik ahamiyatga ega emas).
Boshqalar allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar (uchrash tezligi noma'lum).
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning istalgan komponentiga yuqori sezuvchanlik;
• organizmda temirning miqdorini yuqori bo‘lishi (masalan, gemoxromatoz, gemosideroz);
• temirni utilizatsiyasini buzilishi (qo‘rg‘oshinli anemiya, sideroblast anemiya, talassemiya);
• temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiya (gemolitik anemiya yoki megaloblast anemiya, V12 vitamini tanqisligi bilan bog‘liq anemiya);
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (klinik ma'lumotlar yo‘qligi tufayli) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, ichakning yallig‘lanish kasalliklari (enterit, divertikulit, yarali kolit, Kron kasalligi) da ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Alyuminiy, magniy, kaltsiy tuzlarini saqlovchi antatsidlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas, chunki temirni so‘rilishi kamayadi.
In'ektsion temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (MIYdan temirni so‘rilishi kamayadi), shuning uchun peroral temir saqlovchi preparatlar bilan davolashni oxirgi in'ektsiya qilinganidan so‘ng kamida 1 haftadan keyin boshlash kerak.
Temir tetratsiklin qatori preparatlarni so‘rilishini kamaytiradi.
Piridoksin levodopaning terapevtik samarasini kamaytiradi.
Rux tetratsiklinlar va misni so‘rilishini pasaytiradi va kumush, qo‘rg‘oshin, xinin, sitral tuzlari bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosibdir (yomon eruvchan birikmalar hosil bo‘ladi).
Tiazid diuretiklar ruxni siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradilar.
Tiosemikarbazon va 5-ftoruratsil V1 vitaminining antagonistlari bo‘lib, uning samaradorligini kamaytiradilar. Antatsidlar V1 vitaminini so‘rilishini sekinlashtiradilar.
Folat kislotasining katta dozalarini uzoq vaqt davomida qo‘llash B12 vitaminining kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
dan saqlanish maqsadida boshqa polivitamin va mineral komplekslarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparatni sut va sut mahsulotlari, kompleks hosil qiluvchi dori preparatlari (bikarbonatlar, karbonatlar, oksalatlar, fosfatlar, tetratsiklinlar va mis) ni iste'mol qilishdan 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Rux preparatlari uzoq muddat qo‘llanganida misni tanqisligi rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak. 3-4 oydan ko‘p qabul qilinganida mis preparatlarini buyurish tavsiya etiladi.
Etanol saqlovchi ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Zarurat bo‘lganida preparatni homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Rotafer Plyus preparatini qo‘llash samaradorligi va havfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Ushbu yoshdagi patsiyentlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarining haydovchilari va potentsial havfli mexanizmlar bilan ishlaydigan shaxslarda preparatni qo‘llashga nisbatan hech qanday ehtiyotkorlik choralari mavjud emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilish holatlari yuzasidan hozirgi vaqtgacha xabar tushmagan.
Chiqarilish shakli
Qattiq jelatin kapsulalar.
15 kapsuladan blisterda. 2 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik sertifikatini egasi quyidagi kompaniya
«Rotafarm Limited», Buyuk Britaniya
(“Rotapharm Limited”, Great Britain).
Ishlab chiqarilgan
«Adifarm Ltd», 130 bulvar, Simeonovskoye shossesi, 1700 Sofiya, Bolgariya
“Adipharm Ltd”, 130 Simeonovsko shosse blvd., 1700 Sofia, Bulgaria.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
«Tar Pharm Alliance», MChJ
O‘zbekistan Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch, 166 uy
Telefon (+99871) 277-76-78, (+99871) 277-76-48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.