Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rotavit Kardio sashe №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамины, минералы
Страна производитель
Болгария
Дозировка
7 г
Производитель
Rotapharm Limited, Великобритания произведено Kendy Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Порошок для приготовления суспензии для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rotavit Kardio
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi
Har bir paketcha quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
V1 vitamini (tiamin mononitrati) 1,0 mg;
V2 vitamini (riboflavin-5-fosfati) 1,0 mg;
V3 vitamini (nikotinamid) 25,0 mg;
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) 1,2 mg;
V9 vitamini (folat kislotasi) 400,0 mkg;
V12 vitamini (tsianokobalamin) 2,0 mkg;
S vitamini (L-askorbin kislotasi) 50,0 mg;
D3 vitamini (xolekaltsiferol) 5,0 mkg;
Ye vitamini (dl-alfa-tokoferil atsetati) 10,0 mg;
kaliy (kaliy karbonati shaklida) 300,0 mg;
magniy (magniy sulfati monogidrati shaklida) 350,0 mg;
rux (rux sulfati monogidrati shaklida) 8,0 mg;
selen (natriy seleniti shaklida) 50,0 mkg;
10% koenzim Q10 100,0 mg;
oddiy Do‘lana quruq ekstrakti 20,0 mg;
Arslonquyruq o‘ti quruq ekstrakti 20,0 mg;
yordamchi moddalar suvsiz limon kislotasi, aspartam, kaliy atsesulfam, «Apelsin» aromatizatori, kremniy dioksidi, maltodekstrin, gummiarabik.
Ta'rifi apelsin ta'mli och sariq rangli bir jinsli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar boshqa preparatlar bilan majmuada.
ATX kodi A11JC
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Rotavit Kardio yurak-qon tomir tizimining kasalliklarida qo‘llash uchun maxsus tanlangan vitaminlar, mineral moddalar, mikroelementlar va o‘simlik komponentlarining kompleksini saqlovchi zamonaviy muvozanatlangan kompleksidir.
Preparatning tarkibiga kiruvchi vitaminlar, mineral moddalar va mikroelementlar
uzoq davom etuvchi va og‘ir kasalliklarda organizmning himoya kuchlarini faollashtiradi;
oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, yog‘lar, aminokislotalar va uglevodlar almashinuvining gomeostazini normal holatda ushlab turadi;
qon ivishini sekinlashtiradi va uning fibrinolitik faolligini oshiradi;
yurak mushagida metabolizmni yaxshilaydi, miokardning oksigenatsiyasini va mikrotsirkulyatsiyani oshiradi, uning qisqaruvchanlik hususiyatini kuchaytiradi;
antiaritmik ta'sirga ega, miokard ishemiyasi sharoitlarida bu ayniqsa sezilarli bo‘ladi.
Koenzim Q10 – organizm uchun tabiiy modda hisoblanadi. U ishlab chiqariladi va barcha tirik hujayralarda mavjud bo‘ladi. Koenzim Q10 ayniqsa yurak va mushaklarning ishi uchun kerak bo‘ladigan energiyani ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Koenzim Q10 erkin radikallarning ta'sirini neytrallaydi, shu orqali hujayralarni shikastlanish va parchalanishdan himoya qiladi. Koenzim Q10 ni qabul qilish yurak va qon-tomirlarni mustahkamlanishiga, hayot faoliyatini faollashuviga, immun tizimini kuchayishiga, hujayralarni qarish jarayonini sekinlashishiga yordam beradi.
Do‘lana ekstrakti tarkibida flavonoidlar (kvertsetin, giperin, giperozid, viteksin), organik kislotalar (limon, olean, ursolat, krategusat, kofe, xlorogen kislotalari), karotinoidlar, oshlovchi moddalar, yog‘ moylari, pektinlar, triterpen va flavon glikozidlari, beta-sitosterin, xolin, qand, vitaminlar saqlaydi. Do‘lananing ta'sir etuvchi moddalari MNT va yurak mushaklarining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, yurak mushagining qisqaruvchanligini oshishiga, toj tomirlarida va bosh miyada qon aylanishini yaxshilanishiga yordam beradi, bosh aylanishini bartaraf qiladi. Do‘lana yurak ritmini normallashishiga yordam beradi, bu, taxmin qilinishicha, III sinf antiaritmiklar uchun xos bo‘lgan ta'sir mexanizmi bilan ifodalanadi.
Tarkibi
da triterpen birikmalar va flavonoidlar borligi tufayli, spazmolitik ta'sir ko‘rsatib, yurak va bosh miyaning qon-tomirlarini tanlab kengaytiradi; gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi; venoz bosimni normallashishiga yordam beradi, qon-tomirlar devorining funktsiyasini yaxshilaydi.
Arslonquyruq o‘ti ekstrakti sedativ, gipotenziv, manfiy xronotrop va kardiogen ta'sir ko‘rsatadi, bu o‘simlikningtarkibida saqlangan biologik faol moddalarning (shu jumladan glikozidlar, alkaloidlar, flavonoidlar, saponinlarning) hususiyatlari bilan ifodalanadi.
Farmakokinetikasi
Rotavit Kardio preparatining terapevtik samarasi uning tarkibiga komponentlarning umumiy ta'siri bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazishni imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
Quyidagi holatlar
miokardda metabolizmni buzilishlarida, yurak ishemik kasalligida (stenokardiya, infarktdan keyingi holatda);
yurak faoliyatini funktsional buzilishlarida (yurakda og‘riq, yurak urishini his etishda);
arterial gipertenziya, xilpillovchi aritmiyalar, paroksizmal taxikardiya, aterosklerozda;
jismoniy va aqliy yuklamalar oshganida;
davomli va/yoki og‘ir kechuvchi kasalliklardan keyingi tuzalish davrida, shuningdek operatsiyadan keyingi davrda
rivojlanadigan gipo- va avitaminozlarni (shu jumladan yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini) oldini olish va kompleks davolash uchun qo‘llanadi.
Nerv, yurak-qon tomir tizimining kasalliklari (o‘tkazilgan stress natijasida uyquni buzilishi, nerv tizimini zo‘riqishi) davolashda majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rotavit Kardio ichga qabul qilinadi.
Paketchaning ichidagisini bir stakan suvda eritish kerak.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga 1 paketchadan sutkada 1 marta ovqat vaqtida qabul qilish buyuriladi. Qabul qilish kursi 20-40 kunni tashkil etadi. Takroriy davolash kursini 1-3 oydan keyin o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Ayrim hollarda yengil dispeptik buzilishlar (epigastriyda og‘riq, meteorizm, diareya, qabziyat) kuzatiladi.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar
Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
fenilketonuriya (tarkibida aspartam saqlaydi) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Rotavit Kardio preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri o‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Rotavit Kardio preparatini tarkibida vitaminlar va minerallar saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni ona uchun davolashdan kutiladigan foyda bola uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash tavsiya etiladi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Rotavit Kardio avtomobilni haydash va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganida dozani oshirib yuborilishi holatlari hozirgi vaqtgacha ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 7 g dan paketchalarda.
20 paketcha tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Rotafarm Limited», Buyuk Britaniya
(“Rotapharm Limited”, Great Britain).
Ishlab chiqarilgan
«Kendi Ltd», Bolgariya (ulitsa Sofiya 101, 1320 Bankya)
“Kendy Ltd”, Bulgaria (101 Sofia street, 1320 Bankya).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Tar Pharm Alliance» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch, 166 uy
Telefon 277-76-78, 277-76-48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.