Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vitabrin-V-kompleks.amp.3 ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин B1, B2, B6, B12, депантенол
Страна производитель
Индия
Дозировка
3 мл
Производитель
Protech Biosystems Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Vitabrin
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini), Riboflavin natriy fosfati (V2 vitamini), Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini), Nikotinamid (RR vitamini), Sianokobalamin (V12 vitamini), D-pantenol (V5 provitamini).
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ampula 3 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Tiamin gidroxloridi (Vitamin V1)5 mg
Riboflavin natriy fosfati (Vitamin V2)2 mg
Piridoksin gidroxloridi (Vitamin V6)2 mg
Nikotinamid (Vitamin RR)20 mg
Sianokobalamin (Vitamin V12)2 mg
D-pantenol (Provitamin V5)3 mg
yordamchi moddalar
Benzil spirti 0,015 mg
Dinatriy EDTA1 00 mg
Propilenglikol0,02 mg
Monotioglitserol5 mg
In'ektsiya uchun suv yetarli miqdorda.
Ta'rifi to‘q – sariq rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
vitaminlar
ATX kodi A11VA
Farmakologik xususiyatlari
Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) – odam organizmida fosforlanish jarayoni natijasida kokarboksilazaga aylanadi, bu ko‘pchilik ferment reaktsiyalarining kofermenti hisoblanadi. V1 vitamini karbonsuvlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, shuningdek sinapslarda nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Tiamin mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi va qon elementlarining sinteziga yordam beradi, nerv tizimining normal faoliyati, to‘qima nafasini boshqarish uchun zarur.
Riboflavin (V2 vitamini) – oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida, shuningdek ko‘zning normal ko‘rish faoliyatini tutib turishda va gemoglobin sintezida ishtirok etadi. Biogen aminlar va neyrotransmitterlarning almashinuvini nazorat qiladi.
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur. Piridoksin aminokislotalarning oksidlanmagan almashinuviga ta'sir qiluvchi ko‘pchilik fermentlarning kofermenti hisoblanadi. Piridoksin triptofan, meteonin, glutamin va boshqa aminokislotalarning almashinuvida ishtirok etadi. Gistaminning almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Piridoksin lipidlar almashinuvini me'yorlashtirish qobiliyatiga ega.
Nikotinamid (RR vitamini) – nikotinamid kofermentlarning (NAD+ va NADF+ va boshqa tiklangan shakllari) strukturali komponenti hisoblanadi. Ular energiya almashinuvida asosiy rolni o‘ynovchi, 300 ga yaqin oksidlanish-qaytarilish fermentlarining tarkibiga kiradi. Nikotinamid bosh miyaning katta yarim sharlari po‘stloq qismining faoliyatiga, qon tomir havzasining holatiga va qon oqimining tezligiga faollashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Qonda xolesterin va triglitseridlar miqdorini kamaytiradi, oqsillar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) – yuqori biologik faollikka ega. Normal qon yaratish uchun zarur (eritrotsitlarni yetilishiga yordam beradi). Transmetillanish jarayonlarida, vodorodni olib o‘tilishida, meteonin, nuklein kislotalari, xolin, kreatininni hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Jigar funktsiyasiga va nerv tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Qon ivish tizimini faollashtiradi.
D-pantenol (V5 provitamini) – yog‘lar, oqsillar, uglevodlar metabolizmida asosiy rolni o‘ynaydi, hayot uchun muhim bo‘lgan sterollar, neyromediatorlar, fosfolipidlar, porfirin kabi birikmalarning sintezida ishtirok qiladi. Nerv tizimining holatiga, buyrak usti bezlari va qalqonsimon bezining faoliyatiga me'yorlashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
- Gipo- va avitaminozlar.
- Nerv ildizchalari sindromi.
- O‘rab oluvchi gerpes.
- Mialgiyalar.
- Anemiyalar.
- Nevritlar, nevralgiya, periferik parezlar va falajlar, radikulitlar, lyumbago, pleksitlar, yuz nervining parezi, uch shoxli nervning nevralgiyasi, ildizli sindromlar.
- Turli etiologiyali polineyropatiyalar (shu jumladan alkogolli, diabetik va boshq.).
- Homiladorlik va laktatsiya davri.
- Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar oqibatidagi vitaminlarni yetarli o‘zlashtirilmasligi.
- Yurak-qon tomir tizimining kasalliklari (majmuaviy davolash tarkibida).
- Jigar funktsiyasini yaqqol buzilishlari, virusli gepatitlar.
- Uzoq vaqt bitmaydigan jarohatlar va yaralar.
- Gemeralopiya, katarakta, kon'yunktivit, keratit.
- Sochlarni to‘kilishi va tirnoqlarning mo‘rtligi.
- Stomatologiyada (gingivit, stomatit).
- Disbakterioz.
- Vegeto-qon tomir distoniyasi.
- Neyrodermitlar, dermatozlar, psoriazni davolashda majmuaviy davolash tarkibida.
- Rekonvalestsentsiya davrida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat sutkada 1 marta mushak ichiga chuqur yoki vena ichiga sekin yuboriladi. Davolash kursi 10-30 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda qichishish, eshakemi, ko‘p terlash, toshmalar ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Gipervitaminozli patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antibiotiklar va bazis terapiyaning boshqapreparatlari bilan mutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya 3 ml eritma jigarrang rangli shisha ampulada (I tur). 5 ampula plastik kontur uyali o‘ramda karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Protech Biosystems Pvt. Ltd 145-146, Pace City-1, Sector-37, Gurgaon-122001, Haryana, Hindiston
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Uzbekiston, 100090, Toshkent sh, Yakkasaroy tumani, A. Kaxxara ko‘ch., 26 uy (2-etaj).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.