Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Zifort eritma 3 ml №5
Nomi | Narx | |||||
Зифорт р-р 3 мл №5 (25G093##2 146) |
UZS 80 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин B1, B6, B1
Страна производитель
Индонезия
Дозировка
3 мл
Производитель
Novell Pharmaceutical Laboratories
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для внутривенного введения
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Zifort
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) tiamin gidroxloridi, piridoksin gidroxloridi, sianokobalamin.
Dori shakli
mushak ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi
Xar bir ampula (3 ml) quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
tiamin gidroxloridi - 100 mg;
piridoksin gidroxloridi - 100 mg;
sianokobalamin - 5 mg;
yordamchi moddalar benzil spirti, dietanolamin, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, qizil rangli, o‘ziga xos hidli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
vitaminlar.
ATX kodi A11EA
Farmakologik hususiyatlari
V guruhi vitaminlari oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning metabolizmini boshqaradigan enzimlar tizimining asosiy komponentlari hisoblanadilar. Zifort nerv tizimining faoliyatiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatadigan uchta vitaminning majmuasidan iborat. Ularning har biri nerv hujayralarida moddalar almashinuvini normal kechishida muhim rol o‘ynaydi.
V1 vitamini
Tiamin gidroxloridi – sintetik preparat bo‘lib, suvda eruvchan vitaminlarga kiradi. Jigarda fosforlanish jarayonlari natijasida ko‘pchilik fermentativ reaktsiyalarning kofermenti bo‘lgan kokarboksilazaga aylanadi. V1 vitamini uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvini boshqarishda, shuningdek sinapslarda nerv qo‘zg‘aluvchanligini o‘tkazish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi, anemik miokardiodistrofiyada miokardiotsitlarning metabolizmini va ularning qisqarish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
V6 vitamini
Piridoksin organizm tomonidan to‘yinmagan yog‘ kislotalarini ishlatilishini yaxshilaydi, nerv tizimi, jigar, qon yaratilish faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. Piridoksin nerv-mushak o‘tkazuvchanligi, mushaklarni qisqarishini normallashtiradigan, tirishishlarni rivojlanishiga qarshi ta'sir ko‘rsatadigan, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar – taurin (metionindan va sisteindan) sinteziga yordam beradi. Triptofan, metionin, sistein, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi.
V12 vitamini
Sianokobalamin metabolik, gemopoetik ta'sir ko‘rsatadi. Organizmda (asosan jigarda) V12 vitaminini faol shakli hisoblangan koenzim shakliga – adenozilkobalamin yoki kobamamidga aylanadi va ko‘pchilik fermentlarning tarkibiga kiradi. Yuqori biologik faollikka ega. Kobamamid dezoksiriboza va DNK, kreatin va metionin hosil bo‘lishi uchun kerak, shuningdek normal qon yaratilishi uchun kerak – eritrotsitlarni yetilishiga yordam beradi. Eritrotsitlarda sulfgidril guruhini saqlovchi birikmalarni to‘planishiga yordam beradi, bu ularning gemolizga nisbatan tolerantligini oshiradi. Qon ivish tizimini faollashtiradi, yuqori dozalarda tromboplastik faollik va protrombin faolligini oshiradi. Qonda xolesterinning kontsentratsiyasini pasaytiradi. Jigar va nerv tizimining faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. To‘qimalarni regeneratsiya hususiyatini oshiradi.
Ushbu vitaminlarni bir necha ta'sir qilish mexanizmlari mavjud yallig‘lanish ko‘rinishlari va neyronal shishni kamaytirish, nerv impulslarini aksonlar bo‘ylab o‘tishini tiklash, periferik hamda markaziy nerv tizimining neyronlarini haddan tashqari qo‘zg‘aluvchanligini pasaytirish, tormozlovchi neyromediatorlar sintezini oshirishdan iborat.
Farmakokinetikasi
V1 vitamini
Preparat parenteral yuborilganida qonga tez tushadi, a'zolar va to‘qimalar o‘rtasida nisbatan bir xil taqsimlanadi. Fosforlanishi jigarda amalga oshadi. Jigar, yurak, bosh miya, buyraklar, taloqda to‘planadi. Jigar va buyraklar orqali chiqariladi, taxminan 8-10% o‘zgarmagan holda chiqariladi.
V6 vitamini
V6 vitaminining katta bo‘lmagan kontsentratsiyalari jigarda va miokardda aniqlanadi, chunki u yerda u to‘planadi. V6 vitaminini katta qismi buyraklarda aniqlanadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. T1/2 15-20 kunni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi, vena ichiga yuborilganida – 2% safro bilan chiqariladi, shuningdek gemodializ vaqtida ham ajralib chiqadi.
V12 vitamini
Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga yuborilgandan so‘ng 60 minutdan keyin erishiladi. Spetsifik plazma oqsillari – transkobalaminlar bilan yuqori darajada bog‘lanadi. Asosan jigarda to‘planadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, T1/2 6 kunni tashkil etadi. Buyrak faoliyati normal bo‘lganida 7-10% buyraklar orqali, taxminan 50% axlat massalari bilan chiqariladi; buyrak faoliyati past bo‘lganida – 0-7% buyraklar orqali, 70-100% axlat massalari bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga kiradi.
Qo‘llanilishi
• Surunkali alkogolizmning oqibatlari (periferik neyropatiya, Vernika-Korsakova sindromi);
• toksik polineyropatiyalar (toksik moddalar yoki dori vositalarini qabul qilish oqibatida);
• diabetik polineyropatiya;
• Beri-Beri kasalligi (quruq va nam);
• o‘tkir va surunkali nevritlar va polinevritlar; ush shoxli nerv nevralgiyasi, ishialgiya;
• Zoster gerpesi;
• Birmer kasalligi (pernitsioz anemiya) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Zifort preparati shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llanadi. Qo‘llash davomiyligi va preparatning dozasini shifokor belgilaydi.
Preparat mushak ichiga in'ektsiya uchun eritma 3 ml (bitta ampula) dan kuniga bir marta chuqur yuboriladi.
Kasallikning yengil shakllarida shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra preparatning dozasi 3 ml (bitta ampula) dan har 2-3 kunda bir martagacha kamaytirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Dori vositasini qo‘llash ba'zi patsiyentlarda quyidagi nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Skelet-mushak buzilishlari sanchiqlar.
Me'da-ichak buzilishlari ko‘ngil aynishi.
Teri va teri osti to‘qimalarini shikastlanishi kam hollarda – toshmalar, qichishish, urtikariya, ekzantema, angiodema.
Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar bosh aylanishi, terlash, piridoksinning yuqori dozalarini uzoq vaqt davomida qo‘llash o‘tkir periferik nevropatiyalarni rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar anafilaktik reaktsiyalar.
Yurak faoliyatini buzilishi juda kam hollarda – taxikardiya, bradikardiya, yurak ritmini buzilishi.
Nafas faoliyati, ko‘krak va ko‘ks oralig‘i tomonidan kuzatiladigan buzilishlar juda kam hollarda – dispnoe.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Quyidagi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga Zifort preparatini qo‘llash mumkin emas
• dori vositasining har qanday komponentiga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik);
• dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligini o‘tkir va og‘ir shakllari;
• politsitemiya (qonda eritrotsitlar miqdorini oshishi);
• rak oldi kasalliklarida qo‘llash mumkin emas ;
Ko‘rsatilgan vitaminlarni buyurishdan oldin, yuqori sezuvchanlik kuzatilishi mumkin bo‘lgan patsiyentlarda teri ostiga sinama dozani yuborish tavsiya etiladi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
V1 vitamini
Tiamin gidroxloridi eritmasini tarkibida sulfitlar saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas, chunki u ularning tarkibida butunlay parchalanadi. Bir shpritsda tiaminni penitsillin yoki streptomitsin bilan (antibiotiklarni parchalanishi kuzatiladi), shuningdek tiamin va nikotin kislotasini (tiaminni parchalanishi kuzatiladi) aralashtirish mumkin emas.
Tirishishga qarshi preparatlar (fenobarbital, fenitoin, karbamazepin) bilan uzoq vaqt davomida davolash, shuningdek preparatni digoksin, indometatsin, antatsid preparatlar bilan birga qo‘llash tiaminni tanqisligiga olib kelishi mumkin. Tiosemikarbazon va 5-ftorfuranil V1 vitaminining faolligini ingibitsiya qiladi. Kofein, tarkibida oltingugurt va estrogenlar saqlovchi preparatlarni qo‘llash tiaminga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi. Tiamin qutblantiruvchi mushak relaksantlari (ditilin va boshqalar) ning kuraresimon ta'sirini susaytiradi.
V6 vitamini
Diuretiklarning ta'sirini kuchaytiradi; levodopaning faolligini susaytiradi. Izonikotin gidrazidi, penitsillamin, sikloserin va tarkibida estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar piridoksinning samarasini susaytiradilar. Yurak glikozidlari bilan (piridoksin miokardda qisqartiruvchi oqsillar sintezini oshishiga yordam beradi), glutamin kislotasi va asparkam bilan (gipoksiyaga nisbatan chidamlilik oshadi) birga qo‘llash mumkin.
V12 vitamini
Askorbin kislotasi, og‘ir metallarning tuzlari bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosibdir (tsianokobalaminni faolsizlantiradi). Aminoglikozidlar, salitsilatlar, tutqanoqqa qarshi dori vositalar, kolxitsin, K+ preparatlari sianokobalaminning so‘rilishini pasaytiradilar. Tiamin keltirib chiqargan allergik reaktsiyalarni rivojlanishini kuchaytiradi. Xloramfenikol gemopoetik javobni pasaytiradi. Qonning ivuchanligini oshiruvchi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Tiaminni fonida allergik reaktsiyalarni rivojlanish havfi mavjud.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qo‘llanganida, gipervitaminozni oldini olish maqsadida V guruh vitaminlarini boshqa manbalardan iste'mol qilinishini inobatga olish kerak, garchi bunday holatlar, V guruh vitaminlari suvda eruvchan va ortiqcha miqdori siydik bilan chiqarilishi sababli, kam kuzatiladi.
V guruh vitaminlarining yuqori kontsentratsiyalari bo‘lgan preparatlarni takroran in'ektsiya qilish anafilaktik shokni rivojlanish havfini oshirishi mumkin. Yengil allergik reaktsiyalar aksirish yoki bronxial astmani yengil shakli, preparatning navbatdagi in'ektsiyalari anafilaktik shokni rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan belgilar bo‘lishi mumkin.
Preparat homilador ayollarda megaloblast anemiyani davolashda ishlatilishi mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat 10 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
Preparatning tarkibida benzil spirti bo‘lganligi sababli, uni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga va ayniqsa chala tug‘ilgan bolalarga buyurish mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni ona uchun kutilgan foyda homila / emizikli bola uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
V guruh vitaminlari suvda eruvchanligi va ortiqcha miqdori siydik bilan chiqarilishi tufayli dozani oshirib yuborilish hollari juda kamdir. Bunda piridoksinning yuqori dozalarini uzoq vaqt davomida qo‘llash o‘tkir periferik nevropatiyalarni rivojlanishiga olib keladi.
Quyidagi simptomlar qo‘l, oyoqlar yoki boshqa sohalarda spazm va achishish, uvishish, sanchish, yengil tegilganida yoki termik ta'sir ko‘rsatilganida sezuvchanlikni kamayishi yoki oshishi, muvozanatni kamayishi yoki yo‘qolishi, koordinatsiyani buzilishini rivojlanishi preparatning dozasini oshirib yuborilganligidan dalolat berishi mumkin. Bunday simptomlar paydo bo‘lganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
3 ml dan qahrabo rangli shisha ampulalarda.
№20 li o‘ram 5 ampuladan PVX o‘ramda, 4 ampula o‘rami qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
№5 li o‘ram 5 ampuladan PVX o‘ramda, 1 ampula o‘rami qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
15-30oS xona haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chikaruvchi
“Novell Pharmaceutical Laboratories”
Bagor - Indoneziya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.