Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Производитель
Eagle Nutritionals, Inc.
Chiqarilish shakli
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
VITRUM® BEAUTY
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka saqlaydi
Faol ta'sir etuvchi moddalar
Betakaroten11700XB2
Alfa tokoferol atsetati (E vitamini) 10XB3
Kolekaltsiferol6 (D3 vitamini) 67XB4
Askorbin kislotasi (S vitamini) 40mg
Folat kislotasi133mkg
Tiamin monogidrati (V1 vitamini)2mg
Riboflavin (V2 vitamini)2mg
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)5mg
Sianokobalamin (V12 vitamini)4mkg
Nikotinamid10mg
Biotin 133mkg
Pantoten kislotasiga qaytahisoblangan
kaltsiy pantotenati10mg
Rutozid510mg
Inozit20mg
Xolin tartrati50mg
Bioflavonoidlar 20mg
Betain gidroxloridi10mg
para-Aminobenzoy kislotasi10mg
Sistein3,3mg
Metionin3,3mg
Papain3,3mg
Kaltsiy (kaltsiy gidrofosfati) 200mg
Yod (kaliy yodidi)75mkg
Temir7 2mg
Magniy (magniy oksidi)50mg
Fosfor (kaltsiy gidrofosfati)155mg
Rux (rux oksidi)5mg
Marganets (marganets glyukonati) 3,3mg
Selen7 8,3mkg
Bor (bor sitrati)0,5mg
Dala qirqbo‘g‘in o‘ti20 mg
1 - beta-karotin sinonimi
2 - 1,02 mg beta-karotenga mos keladi
3 - 10 mg alfa tokoferol atsetatiga mos keladi
4 - 1,68 mkg kolekaltsiferoliga mos keladi
5 - rutin sinonimi
6 - kolekaltsiferol sinonimi
7 - xelatli aminokislota majmuasi ko‘rinishida.
Yordamchi moddalar stearin kislotasi – 61,90 mg, mikrokristallik sellyuloza - 40,36 mg, magniy stearati - 13,81 mg, kremniy dioksidi - 7,40 mg, kroskarmelloza natriy - 7,40 mg.
Qobig‘i gipromelloza - 30 mg, titan dioksidi (E171) - 17 mg, karmin bo‘yovchisi (E120) -
2,9 mg, triatsetin - 0,2 mg, indigokarmin bo‘yovchisi (E132) - 0,06 mg, vanilin - 0,005 mg.
Ta'rifi oval, ikki tomonlama qavariq, pushti-binafsha rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, biroz to‘qroq rangli dog‘lari bo‘lgan, o‘ziga xos hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
polivitamin vosita + boshqa preparatlar
ATX kodi A11AB
Farmakologik xususiyatlari
Ta'siri preparatning tarkibiga kiruvchi moddalarning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparat. Preparatning faol komponentlari asosiy metabolik jarayonlarda ishtirok etuvchi fermentativ tizimlarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Kollagen va teri, tirnoqlar va sochlarning strukturasini yaxshilash qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqa oqsillarning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan aminokislotalarni saqlaydi; moddalar almashinuvini me'yorlashtirish qobiliyatiga ega antioksidant ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Preparat quyidagilarda qo‘llanadi
-gipovitaminozlar, organizmda mineral moddalar tanqisligini davolash va oldini olish;
-moddalar almashinuvini tiklash, teri, tirnoqlar, sochlarning strukturasini yaxshilash uchun;
-yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;
-davomli shu jumladan infektsion kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;
-muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, kattalarga kuniga 2 tabletkadan ovqatdan keyin. Maksimal samaraga erishish uchun dozalashni 3 tabletkagacha oshirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dozani oshirib yuborilishi
dan saqlanish uchun boshqa polivitamin majmualarni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin. Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu mutlaqo bezarar va preparatda riboflavin mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatini transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar. Ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi
ning simptomlari og‘izni qurishi, holsizlik, ishtahani yo‘qolishi.
Doza tasodifan oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling.
Davolash ichga faollashtirilgan ko‘mir, me'dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
30 yoki 60 plyonka bilan qoplangan tabletkadan buraladigan polietilen qopqoqchali va himoyalovchi folga klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan o‘raladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
10 dan 30°S gacha haroratda, quruq joyda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Yunifarm, Ink., AQSh
E'tirozlar quyidagi manzilga yuborilsin
Rossiyadagi vakolatxonasi 115998, Moskva sh., Shabolovka ko‘ch., 31 uy, qur. B,
tel (495) 995-77-67, www.unipharm.ru