Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Витамины, минералы
Ishlab chiqarilgan mamlakat
США
Производитель
Unipharm Inc
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Rossiyadagi vakolatxonasi
Preparatning savdo nomi
VITRUM® YUNIOR
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) Polivitamin + Mineral tuzlar
Dori shakli
chaynaladigan tabletkalari.
Tarkibi
Bir chaynaladigan tabletka saqlaydi
Faol moddalar
Retinol atsetati (A vitamini) 5000 XB1)
Kolekaltsiferol (D3 vitamini)400 XB2)
Alfa-tokoferol atsetati (E vitamini) 30 XB3)
Askorbin kislotasi (S vitamini) 300 mg
Tiamin mononitrati (V1 vitamini) 1,5 mg
Riboflavin (V2 vitamini) 1,7 mg
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)2 mg
Nikotinamid 20 mg
Sianokobalamin (V12 vitamini) 6 mkg
Fitomenadion (K1 vitamini)10 mkg
Biotin 45 mkg
Folat kislotasi 400 mkg
Kaltsiy pantotenati 10 mg
Kaltsiy gidrofosfati kaltsiyga qayta hisoblanganda160 mg
Magniy oksidi magniyga qayta hisoblanganda40 mg
Temir fumarati temirga qayta hisoblanganda18 mg
Mis oksidi misga qayta hisoblanganda2 mg
Rux oksidi ruxga qayta hisolanganda15 mg
Marganets sulfati marganetsga qayta hisoblanganda1 mg
Xrom xloridi xromga qayta hisoblanganda20 mkg
Natriy molibdati molibdenga qayta hisoblanganda20 mkg
Kaltsiy gidrofosfati fosforga qayta hisoblanganda50 mg
Kaliy yodid yodga qayta hisoblanganda150 mkg
1) 1,72 mg retinolga ekvivalent
2) 10 mkg kolekaltsiferolga ekvivalent
3) 30 mg alfa tokoferol atsetatiga ekvivalent.
Yordamchi moddalar sorbitol – 100,0 mg, saxaroza – 250,0 mg, stearin kislotasi – 100,0 mg, kolloid kremniy dioksidi – 7,0 mg, magniy sterati – 18,0 mg, mikrokristallik sellyuloza – 118,8 mg, limon kislotasi – 13,0 mg, apelsin xushbo‘yi – 15,0 mg, ananas xushbo‘yi – 3,0 mg, aspartam – 10,0 mg, quyosh botishi sarig‘i bo‘yovchisi (E110) – 2,0 mg.
Ta'rifi dumaloq, yassi, chetlari qiya och-jigarrangdan to zarg‘aldoqroq-och jigarranggacha rangli, och va to‘q dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida bo‘lish chizig‘ili, yengil meva hidili tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
polivitamin+multimineral.
ATX kodi A11AA04.
Farmakologik xususiyatlari
Maxsus tanlab olingan dozalari bolaning vitaminlar, makro- va mikroelementlarga bo‘lgan kundalik talabiga mos keladi. Organizmning nospetsifik himoya kuchlarini oshishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Bolalar va o‘smirlarda avitaminozlar, gipovitaminozlar, makro- va mikroelementlar yetishmovchiligida, shu jumladan jadal o‘sish davrida, jismoniy va aqliy yuklamalar ko‘payganida, o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davrida, muvozanatlanmagan yoki sifatsiz ovqatlanishda, davolash-profilaktika vositasi sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga ovqatdan keyin, tabletka chaynab yutiladi. 7 yoshdan oshgan bolalarga – kuniga 1 tabletka, 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 1/2 tabletka.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar. Siydik to‘q rangga bo‘yalishi, ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin, bu xavfli emas.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozi. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dozani oshirib yuborilishi
dan saqlanish uchun boshqa vitaminlar va temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.
Dori preparatini homilador ayollar, emizish davridagi ayollar, surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalar, kattalarda qo‘llashning imkoniyati va o‘ziga xosligiga ko‘rsatma
Ma'lumotlar yo‘q.
Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta'siri haqida ma'lumotlar
Ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi
ning simptomlari ko‘ngil aynishi, xolsizlik, ko‘rishni buzilishi, me'da-ichak buzilishlari.
Tasodifan doza oshirib yuborilganda shifokorga murojaat qilinadi.
Davolash ichga faollashtirilgan ko‘mir, me'dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Chaynaladigan tabletkalar.
30 yoki 60 chaynaladigan tabletkalari polietilen flakonda shu materialdan bo‘lgan buraluvchi qopqog‘i va folgadan qilingan himoya klapani bilan. Flakonga yorliq yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan o‘raladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga rangli ilova bilan ta'minlangan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 10-300S haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Yunifarm, INK., AQSh.
E'tirozlarni yo‘llash manzili
Rossiyadagi vakolatxonasi
115162, Rossiya, Moskva sh., Shabolovka kuch, uy. 31, kur. B.
Tel +7(495) 995-77-67, www.unipharm.ru
Uzbekistondagi vakolatxonasi
100015, Toshkent sh., Afrosiab kuch., 4 B
Tel (+99871) 256-95-27, www.unipharm.ru