Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Paratsetamol 0,2 tabletkalar №10 Borisovskiy
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Belarusiya
Дозировка
200 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Борисовский завод
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Paratsetamol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) paratsetamol
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda paratsetamol – 200 mg yoki 500 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali – 9,2 mg yoki 23,0 mg, stearin kislotasi – 1,7 mg yoki 4,3 mg, saxaroza (qand) – 8,0 mg yoki 20,0 mg, jelatin – 1,1 mg yoki 2,7 mg.
Ta'rifi yassi silindrik shaklli, faskali va riskali, oqdan och-sariq tusli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
analьgezatsiyalovchi nonarkotik vosita.
ATX kodi N02BE01.
Farmakologik xususiyatlari
Paratsetamol og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sirlarga ega. Preparat og‘riq va termoregulyatsiya markazlariga ta'sir ko‘rsatib, asosan markaziy nerv tizimida siklooksigenaza I va II ni bloklaydi. Yallig‘langan to‘qimalarda xujayra peroksidazalari paratsetamolning siklooksigenazaga ta'sirini neytrallaydi, bu undan yallig‘lanishga qarshi samarasi deyarli butunlay yo‘qligini tushuntiradi. Preparat periferik to‘qimalarda prostaglandinlar sinteziga yo‘qligi tufayli, suv-tuz almashinuviga (natriy va suvni tutilishi) va me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.
Metgemoglobin hosil bo‘lishi ehtimoli kam.
Qo‘llanilishi
O‘rtacha yoki kuchsiz yaqqollikdagi og‘riq sindromi (bosh, tish, migrenoz og‘riq, nevralgiya, mialgiya).
Shamollash va boshqa infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida tana haroratini oshishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan 0,5 g–1 g dan sutkada 2-3 marta kamida 4 soatlik interval bilan ichga qabul qilinadi. Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar uchun maksimal bir martalik dozasi 1 g, sutkalik dozasi – 4 g ni tashkil qiladi. Jigar yoki buyrak funktsiyasini buzilishi, Jilьber sindromi bo‘lgan patsiyentlarda va keksa bemorlarda preparatni qabul qilish orasidagi interval kamida 8 soatni tashkil qilishi va sutkalik doza kamaytirilishi kerak.
Bolalarga tana vazniga 10-15 mg/kg dan sutkada 3-4 marta (ko‘pi bilan 3 kun) buyuriladi.
Og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida buyurilganda qabul qilish davomiyligi 5 kun va isitmani tushiruvchi vosita sifatida buyurilganda 3 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
- Ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq, allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi).
- Kam hollarda – anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz.
- Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda – gepatotoksik ta'sir, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pantsitopeniya.
- Nefrotoksiklik (buyrak sanchig‘i, piuriya, interstitsial nefrit, papillyar nekroz).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Paratsetamolga yuqori sezuvchanlik;
- 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan – buyrak va jigar yetishmovchiligi, xavfsiz bilirubinemiyalar (shu jumladan Jilьber sindromi, virusli gepatit, jigarni alkogolli shikastlanishlari), alkogolizm, homiladorlik, laktatsiya davri, keksalar, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Jigar mikrosomal oksidlanish stimulyatorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) gidroksilizatsiyaga uchragan faol metabolitlarini hosil bo‘lishini oshiradi, bu dozani biroz oshirib yuborilganda og‘ir intoksikatsiya rivojlanishiga olib keladi. Etanol o‘tkir pankreatit rivojlanishiga olib keladi. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta'sir xavfini kamaytiradi.
Urikozurik preparatlarning samaradorligini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda, boshqa yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositalar, shuningdek antikoagulyantlar va markaziy nerv tizimiga ta'sir ko‘rsatuvchi preparatlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida qo‘llanadi. Metoklpramid, domperidon yoki xolestiraminni qabul qilganda ham shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Plazmada siydik kislotasini miqdoriy aniqlaganda laborator tekshiruv natijalarini o‘zgartiradi.
Jigarni toksik shikastlanishidan saqlanish uchun paratsetamolni alkogolli ichimliklar bilan birga, shuningdek alkogolni surunkali iste'mol qilishga moyilligi bo‘lgan shaxslar tomonidan qabul qilinmasligi kerak.
Alkogolli gepatozi bo‘lgan bemorlarda jigarni shikastlanishi xavfi oshadi.
Preparatni uzoq vaqt qo‘llaganda periferik qon manzarasi va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish gepatonekroz (nekrozning yaqqolligi dozani oshirib yuborilishining darajasiga bevosita bog‘liq). Kattalarda preparatning toksik ta'siri paratsetamol 10-15 g dan ortiq qabul qilgandan keyin kuzatilishi mumkin “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini uzayishi, jigar shikastlanishining yaqqol klinik manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon bo‘ladi. Kam hollarda jigar funktsiyasini buzilishi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi (tubulyar nekroz) bilan asoratlanishi mumkin.
Davolash preparatni qabul qilishni to‘xtatish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish. Keyingi davolash choralarini davolash muassasi sharoitida olib borish kerak dozani oshirib yuborilgandan keyin 8-9 soat o‘tgach SH-guruhi donatorlari va glutation-metionin sintezi o‘tmishdoshlarini, 12 soat o‘tgach – N-atsetiltsisteinni yuborish. Qo‘shimcha davolash choralarini (metioninni keyingi yuborishlari, N-atsetiltsisteinni vena ichiga yuborish) zarurati qonda paratsetamolning kontsentratsiyasi, shuningdek uni qo‘llangandan keyin o‘tgan vaqtga bog‘liq.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 200 mg va 500 mg.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folьgali kontur uyali o‘ramda.
10 tabletkadan qog‘oz asosidagi majmuaviy qadoqlovchi materialli kontur uyasiz o‘ramda.
1000 kontur uyali o‘ram yoki 600 kontur uyasiz o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
Borisov tibbiyot preparatlari zavodi, Belarus.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.