Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Paratsetamol 500mg №10 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Парацетамол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
500 мг
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Paratsetamol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) paratsetamol (atsetaminofen).
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda paratsetamol (atsetaminofen) – 200 mg ili 500 mg;
vspomogatelne veщestva kartoshka kraxmali, stearin kislotasi, kaltsiy stearati, ozuqa jelatini.
Ta'rifi oqdan och sariq tusli oq rangligacha bo‘lgan tabletkalar.
Farmakotepavtik guruhi Analgetik-antipiretiklar.
ATX kodi N02BE01
Farmakologik xususiyatlari
Og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sirga ega. Ta'sir mexanizmi turli xil prostaglandinlar sintezini susaytirish qobiliyati bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda paratsetamol tez va yaxshi so‘riladi. Plazmadagi eng yuqori miqdoriga 30-90 minutdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan kuchsiz bog‘lanadi, organizmning deyarli hamma to‘qimalariga kiradi, yo‘ldoshga oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan ajraladi. Jigarning mikrosomal fermentlari ta'sirida parchalanib, asosan glyukuron kislotasi bilan va kamroq darajada sulfatlar bilan konyugatsiyasi orqali metabolizmga uchraydi. Metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to‘planganida jigarni nekroziga sababchi bo‘lishi mumkin. Paratsetamol asosan buyraklar orqali konyugitlari ko‘rinishida va qisman (5%) o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1,5-3 soat oralig‘ida o‘zgaradi. Jigar faoliyati buzilganida yarim chiqarilish davri (T1/2) oshadi, bu paratsetamolning metabolitlarini organizmda to‘planishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Turli sababga ega bo‘lgan kuchsiz va o‘rtacha jadallik kuchdagi og‘riq sindromi (bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i, nevralgiya, mialgiya, algodismenoreya va bosh.). Infektsion-yallig‘lanish kasalliklaridagi haroratni ko‘tarilib ketishida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin, oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Kattalar tana vazni 60 kg dan ortiq bo‘lgan o‘smirlar uchun bir martalik doza 0,4-0,6 g (bir martalik maksimal 1 g). Buyurishlar soni - sutkada 3-4 martagacha. Qisqa muddatli qabulda maksimal sutkalik doza - 4 g, 3-4 kundan ko‘proq qabul qilishda-2,5 g. Davolashning maksimal davomiyligi – 5-7 kun. 6-12 yoshli bolalar uchun bir martalik doza – 0,20-0,40 g; 3-6 yoshda – 0,10-0,20 g; 1 yoshda – 0,10 g; 3 oylikdan – 1 yoshgacha – 0,05 g; 3 oylikgacha – 0,02-0,04 g. Preparat sutkada 3-4 marta buyuriladi qabullar orasidagi interval-kamida 4 soat. Bolalar uchun davolashning maksimal davomiyligi 3 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq, terining qizarishi, terida nuqtali toshmalar ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar. Kvinke shishi, hansirash, ko‘p terlash, arterial qon bosimning pasayishi (xatto shok holatigacha) ko‘rinishidagi giperreaktiv javob holatlari tariflangan. Qon manzarasining o‘zgarishi mumkin – trombotsitopeniya, leykopeniya, ba'zida agranulotsitoz, pantsitopeniya, metgemoglobinemiya, anemiya. Moyil shaxslarda bronxospazm kuzatilishi mumkin («aspirinli» astmasi). Odatdagi dozalarni juda uzoq muddatqabul qilish yoki juda katta dozalarni qabul qilish jigar va buyrakning og‘ir shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Jigar, buyraklar, o‘pka va yurak faoliyatining yaqqol buzilishlari. Yaqqol anemiya. Paratsetamolga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza fermentining tug‘ma tanqsiligi (gemolitik anemiya rivojlanishini xavfi).
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan Jilber sindromida (konstitutsion giperbilirubinemiya). Surunkali faol alkogolizmda.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Jigarni mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi dori vositalari – barbituratlar va ayrim tutqanoqqa qarshi vositalari (fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), alkogol, rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganda preparatni gepatotoksikligi kuchayadi. Fenoiozinlar bilan birga qo‘llanganda gipotermiyani haddan ziyod rivojlanishi, azidotimidin bilan esa – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolni toksikligini kuchaytiradi, uzoq qabul qilinganda bilvosita antikoagulyantlarni ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrakning faoliyatini yengil va o‘rtacha darajali buzilishida, Gilbert sindromida va go‘daklarga (alohida dozalar orasidagi intervalni uzaytirish yoki dozani kamaytirish tavsiya qilinadi) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Paratsetamol yo‘ldosh orqali o‘tadi va sut bilan chiqadi. Shuning uchun homiladorlik va laktatsiya davrida, preparatni buyurishda, foyda va mumkin bo‘lgan xavfni sinchiklab o‘lchash baholash, preparatni uzoq vaqt davomida va katta dozalarda (ayniqsa homiladorlikning birinchi uch oyligida) qabul qilishdan saqlanish kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
6 g dan ortiq preparatni ichga qabul qilish, hatto jigar komasiga bo‘lgan chaqirishi jigarning og‘ir shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Preparat bilan zaharlanish simptomlari
1-bosqich (1-kunlar) – ko‘ngil aynishi, qusish, terlash, o‘yquchanlik.
2-bosqich (2-kunlar) – sub'ektiv holatni yaxshilanishi, qorin sohasidagi o‘rtacha og‘riqlar, jigarning kattalashishi, qon zardobidagi transaminazalar va bilirubin kontsentratsiyasini oshishi,protrombin vaqtining uzayishi.
3-bosqich (3-kunlar) – bemorning holatini yomonlashishi, qon zardobida transaminazalar kontsentratsiyasini keskin oshishi, sariqlik, qon ivishining buzilishi, gipokaliyemiya, jigar komasi.
Paratsetamol bilan zaharlanish belgilarida darxol shifokorni chaqirish va me'dani yuvish kerak.
Chiqarilish shakli
200 mg va 500 mg tabletkalar kontur uyali va kontur uyasiz o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin, yorug‘likdan ximoyalangan joyda 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi
«MERRYMED FARM» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol KFY, Sherbuloq ko‘chasi, 1 uy. Tel (0369) 224-67-22
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.