Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sitramon - Borimed №6
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ацетилсалициловая кислота, парацетамол, кофеин
Страна производитель
Беларусь
Производитель
Борисовский завод, Беларусь
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Sitramon –Borimed.
Chiqarilish shakli
tabletkalar.
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar atsetilsalitsil kislotasi - 220 mg, paratsetamol - 200 mg, kofein - 27 mg, yordamchi moddalar kakao, ozuqaviy limon kislotasi monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, stearin kislotasi.
Ta'rifi oq dog‘lari bo‘lgan och-jigarrang rangli, yassi yuzali, riska va faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi boshqa vositalar. Salitsil kislotasi va uning hosilalari. Atsetilsalitsil kislotasi boshqa preparatlar bilan majmuada, psixolitiklardan tashqari.
ATX kodi N02BA51.
Qo‘llanilishi
Kuchsiz va o‘rta yaqqollikdagi og‘riq sindromi bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, algodismenoreya.
Turli etiologilli isitma sindromida (isitmani tushiruvchi sifatida) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dori vositasini qo‘llashdan avval davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Ovqat qabullari orasida yoki ovqatdan keyin darhol ichga qabul qilinadi.
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletka dozada kuniga 2-3 marta buyuriladi. Preparatning qabullari orasidagi tanaffus kamida 6-8 soatni tashkil qilish kerak. Maksimal bir martalik doza – 2 tabletka, maksimal sutkalik doza 4 - tabletka.
Isitmani tushiruvchi vosita sifatida tana harorati 38,50S dan yuqori bo‘lganida (anamnezdagi 37,50S dan yuqori haroratda - febril tirishishlari bo‘lgan patsiyentlarda) 1-2 tabletka dozada buyuriladi.
Og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llash davomiyligi 5 kundan, isitmani tushiruvchi vosita sifatida - 3 kundan oshmasligi kerak.
Davolash kursini tavsiya etilganidan uzoqroq davom ettirish zarurati bo‘lsa, albatta davolovchi shifokor bilan maslahatlashing!
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaksiya, anafilaktik shok, rinit, burunni bitishi.
Teri va teri osti klechatkasi tomonidan qichishish, teri va shilliq qavatlarda toshmalar, shu jumladan eritematoz toshmalar, eshakemi, angionevrotik shish, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Me'da-ichak yo‘llari (MIY) tomonidan dispepsik buzilishlar, shu jumladan ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda diskomfort va og‘riqlar, jig‘ildon qaynashi, qorinda og‘riq, MIY yallig‘lanishi, MIY ning eroziv yarali shikastlanishlari, alohida hollarda me'da-ichakdan qon ketish va perforatsiya.
Gepatobiliar tizimi tomonidan jigar fermentlarining faolligini oshishi, gepatonekroz (dozaga bog‘liq samara).
Endokrin buzilishlar gipoglikemik komagacha gipoglikemiya.
Nevrologik buzilishlar bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, paresteziyalar, qo‘rquv hissi, bezovtalik, qo‘zg‘aluvchanlik, ta'sirchanlik, uyquni buzilishi, uyqusizlik, xavotirlik, umumiy holsizlik, quloqlarda shang‘illash.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan taxikardiya, yurakni urishini his qilish, arterial gipertenziya.
Qon va limfatik tizim tomonidan anemiya, sulfatgemoglobinemiya va metgemoglobinemiya (tsianoz, hansirash, yurak sohasida og‘riqlar), gemolitik anemiya, qon ketishlarni rivojlanish xavfi oshishi mumkin.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan interstitsial nefrit, papillyar nekroz, nefrotik sindrom, buyrak yetishmovchiligi (uzoq vaqt qo‘llanganda).
Boshqalar qon ketishlar o‘tkir va surunkali postgemorratik anemiyalar temir tanqisligi anemiyasiga (asteniya, teri qoplamalarini oqarishi, gipoperfuziya; o‘pkaning kardiogen bo‘lmagan shishi) olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga, ksantinning boshqa hosilalariga (teofillin, teobromin), boshqa salitsilatlarga yuqori sezuvchanlik;
-anamnezida atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi (NYaQV) vositalarni qabul qilish chaqirgan bronxial astma, eshakemi yoki o‘tkir rinit;
-tug‘ma giperbilirubinemiya; xavfsiz giperubilirubinemiyada (shu jumladan Jilbera sindromi, virusli gepatit, jigarni alkogolli shikastlanishi); glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; qon kasalliklari, leykopeniya, anemiya;
-zo‘rayish bosqichidagi me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi; me'da-ichakdan qon ketishi (shu jumladan anamnezidagi); gemorragik diatezlar, gemofiliya, gipoprotrombinemiya; ko‘p qon ketish bilan kechuvchi jarroxlik aralashuvlari; K vitaminining tanqisligi;
-buyrak va jigar yetishmovchiligi; portal gipertenziya;
-podagra; glaukoma;
-og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan ritmni buzilishi, yaqqol ateroskleroz, yurakni og‘ir shakldagi ishemik kasalligi, yaqqol yurak yetishmovchiligi, yaqqol arterial gipertenziya;
-yuqori qo‘zg‘aluvchanlik holati, uyquni buzilishi; tutqanoq va tirishish xurujlarga moyillik;
-alkogolizm;
-monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarinibir vaqtda qo‘llash (va ularni bekor qilgandan keyin 2 hafta);
-haftada 15 mg va undan yuqori dozadagi metotreksat bilan majmuada;
-keksalar; 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktatsiya darida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar
Metotreksat - haftada 15 mg va undan ortiq.
MAO ingibitorlari - arterial bosimini xavfli oshishi kuzatilishi mumkin.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim bo‘lgan majmualar
Paratsetamol antidepressantlar - og‘ir intoksikatsiyalarni rivojlanishi kelib chiqishi mumkin. Metoklopromid va domperidon, paratsetamolni so‘rilishi tezligini oshiradi, xolestiramin esa kamaytiradi. Diuretiklarni samarasini kamaytiradi. Kumarin hosilalari (varfarin) davomli qo‘llanganda qon ketishlari rivojlanish xavfini oshiradi. Paratsetamolni ta'siri ostida xloramfenikolni chiqarilishini sekinlashtiradi.
Kofein simetidin, gormonal kontratseptivlar, izoniazid kofeinni ta'sirini kuchaytiradi. Kofein opiodid analgetiklar, anksiolitiklar, uxlatuvchi va sedativ vositalarni, narkoz uchun vositalar va markaziy nerv tizimini adenozinni, adenozintrifosfatni susaytiruvchi boshqa preparatlarni samarasini kamaytiradi. Me'da-ichak yo‘llaridan ergotamin so‘rilishini yaxshilaydi, tireotrop vositalarni samarasini oshiradi. Qonda litiy kontsentratsiyasini pasaytiradi. Kofein analgetik-antipiretiklar samarasini ksantin hosilalari, λ va β adrenomimetiklar, psixostimulyatsiyalovchi vositalar samarasini oshiradi.
Atsetilsalitsil kislotasi siydik kislotasini chiqaruvchi vositalar-benzobromaron, probenitsid bilan bir vaqtda qo‘llash ularni samarasini kamaytiradi. Digoksinning kontsentratsiyasini oshiradi. AAF ingibitorlarining samarasini susaytiradi. Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari qon ketish xavfini oshiradi. Valproat kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganda uning toksikligi oshadi.
Preparat qon ivishini va trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiruvchi vositalarni ta'sirini, kortikosteroidlar, sulfonilmochevina, metotreksatni nojo‘ya ta'sirini kuchaytiradi. Barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, salitsilatlar, rifampitsin, alkogol bilan majmuada qo‘llashdan saqlanish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashing!
Davolash vaqtida alkogolni iste'mol qilish mumkin emas. Dori vositasini davomli qo‘llash qaramlikni shakllanishiga olib keladi.
Rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvlardan 5-7 kun avval dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish zarur.
Ehtiyotkorlik choralari
Sitramon-Borimedni paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasi saqlovchi boshqa vositalar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Tavsiya etilgan dozani va qo‘llash davomiyligini oshirish mumkin emas.
Anamnezida me'da-ichak yaralarida, shu jumladan me'da va o‘n ikki barmoqli ichakning surunkali yoki qaytalanuvchi yara kasalligi yoki anamnezida me'da-ichakdan qon ketishida va antikoagulyantlarni bir vaqtda qo‘llanganda, buyrak va/yoki jigar faoliyatini buzilishida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Jigar kasalligi mavjud bo‘lganda paratsetamol tomonidan jigarni shikastlanish xavfi oshadi. Dozani oshirib yuborilish xavfi jigarni alkogolli shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlarda yuqori bo‘ladi. Preparat bilan davolanish vaqtida kofein saqlovchi ichimliklar (kofe, choy) ni haddan ziyod miqdorda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Bu uyquni buzilishi, tremor zo‘riqish hissi, ta'sirchanlik, to‘sh ortida nohush hislarni chaqiruvchi yurakni urishini chaqirishi mumkin.
Preparatni qabul qilish vaqtida alkogolni is'temol qilishdan saqlanish lozim (me'da-ichakdan qon ketishi va jigarni toksik shikastlanishi xavfi).
Atsetilsalitsil kislotasi moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda podagraning o‘tkir xurujiga sabab bo‘lishi mumkin.
Atsetilsalitsil kislotasi bronxospazm, bronxial astma xuruji yoki yuqori sezuvchanlikning boshqa reaktsiyalarini chaqirishi mumkin. Xavf omillari anamnezda bronxial astma, pichan isitmasi, burun polipozi, bronx-o‘pka kasalligi, anamnezida allergiya.
Atsetilsalitsil kislotasi qon ivishini sekinlashtiradi va qabul qilgandan keyin yana bir necha kun samarasi saqlanadi. Buni jarroxlik aralashuvlarida, tishlarni olish zarurati bo‘lganda hisobga olish lozim.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarga atsetilsalitsil kislotasi gemoliz yoki gemolitik anemiyani chaqirishi mumkin.
Gemoxromatoz, talassemiya, shuningdek nefrolitiaz yoki qaytalanuvchi nefrolitiazi bo‘lgan patsiyentlarda Sitramon-Borimedni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Sitramon-Borimedni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Bolalarda qo‘llanilishi. Preparatni bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Preparatni yuqori dozalarini qabul qilganda nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalarni (bosh aylanishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, oriyentatsiyani va diqqatni buzilishi) kelib chiqishi tufayli avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanishi lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari paratsetamolni kattalarda 10 g va undan ortiq va bolalarda preparatni tana 150 mg/kg dan ko‘p miqdorda qo‘llanganda jigarni shikastlanishi kelib chiqishi mumkin. Birinchi 24 soatda oqarish, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya va bosh og‘rig‘i, gepatonekroz, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, protrombin indeksini oshishi kuzatiladi. Jigarni shikastlanishi preparatni haddan ziyod dozasini qabul qilgandan keyin 12-48 soatdan keyin namoyon bo‘ladi. Glyukozani metabolizmini buzilishi va metabolik atsidoz kelib chiqishi mumkin. Og‘ir zaharlanishda jigar yetishmovchiligi entsefalopatiya, koma va letal holatiga olib kelishi mumkin. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi naychalarni o‘tkir nekrozi bilan bilan birga hatto buyrakni og‘ir shikastlanishlar mavjud bo‘lmaganda ham rivojlanish mumkin. Yuqori dozalarni uzoq muddat qo‘llanganda aplastik anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz, neytropeniya, leykopeniya rivojlanishi mumkin.
Kofein bilan dozani oshirib yuborilishi simptomlari. Kofeinni yuqori dozalari epigastral sohada og‘riq qusish, diurez, nafas faoliyatini tezlashishi, ekstrasistoliya, taxikardiya yoki yurak aritmiyasini chaqirishi mumkin, markaziy nerv tizimiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin (bosh aylanishi, uyqusizlik, nerv qo‘zg‘aluvchanligi, ta'sirchanlik, affekt holati, xavotirlik, tremor, tirishishlar).
Atsetilsalitsil kislotasi bilan dozani oshirib yuborilishi. Muvozanatni buzilishi, bosh aylanishi, quloqlarda shang‘illash, karlik, ko‘p terlash, ko‘ngil aynishi va qusish, bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi. Ko‘rsatilgan simptomlarni dozani kamaytirish bilan nazorat qilish mumkin. Kislota ishqor muvozanatini yaqqol o‘zgarishi o‘tkir intoksikatsiyadan guvohlik beradi.
Davolash dori vositasini bekor qilish, faollashtirilgan ko‘mir bilan me'dani yuvish va tuzli surgi vositalarini (magniy sulfati) buyurish.
Antigistamin vositalar va glyukokortikosteroidlarni ishlatish mumkin emas! Zaharlanishni simptomlari paydo bo‘lganda, dori vositasini qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Chiqarilish shakli
Kontur-uyali o‘ramda №10, o‘ramda №10x1, №10x2, №10x3, №10x5.
Kontur-uyasiz o‘ramda №6, o‘ramda №6x1.
Statsionarlar uchun
Kontur-uyali o‘ramda №10, o‘ramda №10x300.
Kontur-uyasiz o‘ramda №6, o‘ramda №6x750.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan va namlikdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov” Ochiq aktsionerlik jamiyati
Belarus Respublikasi, Borisov, 222518, Chapayev ko‘ch., 64, tel +375(177) 735612, 731156
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.