Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sitramon P №6 Uralbiofarm
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ацетилсалициловая кислота, парацетамол, кофеин
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Дальхимфарм,ОАО,Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sitramon P
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) atsetilsalitsil kislotasi + kofein + paratsetamol
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar atsetilsalitsil kislotasi - 240 mg, paratsetamol – 180 mg, kofein (monogidratga qayta hisoblanganda) - 30 mg;
yordamchi moddalar kakao-kukun – 22,5 mg, limon kislotasi monogidrati – 5,0 mg, kartoshka kraxmali – 64,2 mg, talk – 4,9 mg, kaltsiy stearati – 2,8 mg, polisorbat-80 – 0,6 mg.
Ta'rifi dog‘lari bo‘lgan och-jigarrang rangli, yassitsilindrik shaklli, faska va riskali, kakao hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
analьgetik-antipiretik.
ATX kodi N02BA71
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparatdir.
Atsetilsalitsil kislotasi isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega, og‘riqni susaytiradi, ayniqsa yallig‘lanish jarayoni tomonidan chaqirilgan, shuningdek trombotsitlar agregatsiyasini va tromb hosil bo‘lishini o‘rtacha susaytiradi, yallig‘lanish o‘chog‘ida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi.
Kofein orqa miyaning reflektor qo‘zg‘alishini oshiradi, nafas va qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni qo‘zg‘atadi, skelet mushaklari, bosh miya, yurak, buyraklarning qon tomirlarini kengaytiradi, trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiradi; uyquchanlik, charchoqlik hissini kamaytiradi. Ushbu majmuada kofein kichik dozada deyarli markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatmaydi, biroq bosh miya qon tomirlarining tonusini normallashishiga yordam beradi.
Paratsetamol og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega, bu uning gipotalamusdagi termoregulyatsiya markaziga ta'siri va periferik to‘qimalarda prostaglandinlar (Pg) sintezini kuchsiz ingibitsiya qilish xususiyati bilan bog‘liq.
Qo‘llanilishi
Kuchsiz va o‘rtacha ifodalangan og‘riq sindromi (turli genezli) bosh og‘rig‘i, migren', tish og‘rig‘i, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, algodismenoreya. Isitma sindromi o‘tkir respirator kasalliklardagi, shu jumladan grippdagi isitma sindromida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga (ovqatlanish vaqtida va ovqatdan keyin), 1 tabletkadan har 4 soatda, og‘riq sindromida - 1-2 tabletka; o‘rtacha sutkalik doza - 3-4 tabletka, maksimal sutkalik doza - 8 tabletka. Davolash kursi – ko‘pi bilan 7-10 kun.
Me'da-ichak yo‘llariga ta'sirlovchi samarasini kamaytirish uchun tabletkani sut yoki ishqoriy mineral suv bilan birga qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Atsetilsalitsil kislotasi, paratsetamol va kofeinga xos bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya (trombotsitlar agregatsiyasini pasayishi), me'da-ichak yo‘llari va o‘n ikki barmoq ichakning eroziv-yarali shikastlanishlari, me'da-ichakdan qon ketishlar; allergik reaktsiyalar, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, bosh aylanishi, taxikardiya, arterial bosimni oshishi kuzatilishi mumkin.
Uzoq vaqt qo‘llanganida bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, quloqlarda shovqin, gipokoagulyatsiya, gemorragik sindrom (burundan qon ketishi, milklarni qonashi, purpura va boshqalar), buyraklarni papilyar nekrozli shikastlanishi; karlik, bolalarda Reye sindromi (giperpireksiya, metabolik atsidoz, nerv tizimi va ruhiyat tomonidan buzilishlar, jigar faoliyatini buzilishlari).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- me'da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishi (zo‘rayish bosqichi);
- me'da-ichak qon ketishlari (shu jumladan anamnezdagi);
- bronxial astma, qaytalanuvchi burun va burun yondosh bo‘shliqlari polipozi vaatsetilsalitsil kislotasi yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarini to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan birga kechishi;
- jigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari;
- gemorragik diatezlar, gipokoagulyatsiya, gemofiliya, gipoprotrombinemiya;
- homiladorlik (I va III uch oyligi);
- emizish davri;
- ko‘p qon ketishi bilan kechuvchi jarrohlik aralashuvlari;
- glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;
- glaukoma;
- yaqqol arterial gipertenziya;
- portal gipertenziya;
- yurak ishemik kasalligini og‘ir kechishi;
- K avitaminozi;
- 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar (virusli kasalliklar fonida gipertermiyasi bo‘lgan - bolalarda Rey sindromining rivojlanishini xavfi);
- yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyquni buzilishi.
Ehtiyotkorlik bilan
Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi, jigar kasalligi, alkogolizm, tutqanoq va tirishish xurujlariga moyillik, keksalar, podagra, homiladorlik (II uch oyligi).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Geparin, bilvosita antikoagulyantlar, rezerpin, steroid gormonlar va gipoglikemik dori vositalarining ta'sirini kuchaytiradi.
Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, metotreksat bilan bir vaqtda buyurish nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini oshiradi.
Spirinolakton, furosemid, gipotenziv dori vositalari, shuningdek siydik kislotasini chiqarilishiga yordam beruvchi podagraga qarshi dori vositalarining samaradorligini kamaytiradi.
Barbituratlar, rifampitsin, salitsilamid, tutqanoqqa qarshi dori vositalari va mikrosomal oksidlanishning boshqa rag‘batlantiruvchilari, jigarning faoliyatiga ta'sir etuvchi paratsetamolning toksik metabolitlarini hosil bo‘lishiga olib keladi.
Metoklopramid paratsetamolning so‘rilishini tezlashtiradi.
Paratsetamolning ta'siri ostida xloramfenikolning chiqarilish vaqti T1/2 5 marta oshadi. Qayta qabul qilinganida paratsetamol antikoagulyantlarning ta'sirini (dikumarin hosilalari) kuchaytirishi mumkin. Kofein ergotaminning so‘rilishini tezlashtiradi.
Preparat va spirt saqlovchi suyuqliklar bir vaqtda qabul qilinganida jigarning toksik shikastlanishining xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Atsetilsalitsil kislotasi qon ivishini sekinlashtiradi. Agar patsiyentga jarroxlik aralashuvi rejalashtirilgan bo‘lsa, oldindan shifokorni preparatni qabul qilish haqida ogohlantirish kerak.
Preparatni uzoq vaqt qo‘llanilganda periferik qon va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak.
Salitsil kislotasi va uning hosilalariga, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasiga yuqori sezuvchanligi yoki astmoid reaktsiyalari bo‘lgan patsiyentlarga faqat alohida ehtiyotkorlik choralariga rioya qilib (shoshilinch tibbiy yordam sharoitida) buyurish mumkin.
Siydik kislotasini to‘planishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qabul qilish podagra xurujini qo‘zg‘atishi mumkin.
Preparatni qabul qilish vaqtida alkogolni qabul qilishdan saqlanish kerak (me'da-ichakdan qon ketishi va jigarning zaharli shikastlanishining xavfi).
Atsetilsalitsil kislotasi teratogen ta'sirga ega; I uch oyligida qo‘llanganida rivojlanish nuqsoni – yuqori tanglayni bitmasligiga; III uch oyligida - tug‘ruq faoliyatini tormozlanishiga (Pg sintezini ingibitsiya qilinishiga), homilada arterial teshikni berkilishiga olib keladi, bu o‘pka qon tomirlari giperplaziyasi va kichik qon aylanishidagi qon tomirlarda gipertenziyaga olib keladi. Ko‘krak suti bilan chiqariladi, bu trombotsitlar faoliyatini buzilishi oqibatida bolada qon ketishi xavfini oshiradi.
15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga atsetilsalitsil kislotasi saqlovchi dori vositalarini buyurish mumkin emas, chunki virusli infektsiyada ular Rey sindromi paydo bo‘lishi xavfini oshirishi mumkin. Reye simptomlari bo‘lib davomli qusish, o‘tkir entsefalopatiya, jigarni kattalashishi hisoblanadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanadi
Homiladorlik (I va III uch oyligida) va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning II uch oyligida preparatni ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun potentsial xavf nisbatini baholab, ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlashni talab etuvchi mashinalarga xizmat ko‘rsaishga ta'siri.
Transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlashni talab etuvchi mashinalar va mexanizmlarga xizmat ko‘rsaishga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya qilingan dozani va qo‘llash davomiyligini oshirish mumkin emas!
Simptomlari
- yengil intoksikatsiyalarda ko‘ngil aynishi, qusish, me'dada og‘riq, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin;
- og‘ir intoksikatsiyada tormozlanish, uyquchanlik, kollaps, tirishishlar, nafasni qiyinlashishi; anuriya, qon ketishlar.
Davolash faollashtirilgan ko‘mirni ishlatib me'dani yuvish, simptomatik davolash, moddalar almashinuvining holatiga qarab - natriy gidrokarbonati, natriy sitrati yoki natriy laktatini yuborish, bu siydikning ishqoriylashishi hisobiga atsetilsalitsil kislotasining chiqarilishini kuchaytiradi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar.
6 yoki 10 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda yoki 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
600 (10 tabletkadan) yoki 900 (6 tabletkadan) kontur uyasiz o‘ramlar yoki 1000 (10 tabletkadan) kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
URALBIOFARM OAO Rossiya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.