Buyurtmani qanday rasmiylashtiriladi?
Sizda Internet bilan aloqa yo’qmi, yoki saytda buyurtmani rasmiylashtirish bo’yicha muammolar yuzaga kelyaptimi? Operatorlarimizga qo’ng’iroq qiling, ular hamma narsani Sizning o’rningizga bajarishadi.
Siz xaridlarni saytdan ham onlayn ro’yhatdan o’tishdan keyin, ham u siz, ya’ni ro’yhatdan o’tmagan foydalanuvchi sifatida amalga oshirishingiz mumkn.
Biz Sizga ro’yhatdan o’tishni tavsiya etamiz, shunda Siz ro’yhatdan o’tgan foydalanuvchiga beriladigan barcha imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin:
- Buyurtmaning holatini, yetkazib berish bosqichini, xaridlar tarixini kuzatib borish imkonini beruvchi shaxsiy kabinetga kirish
- Kelajakda buyurtmani qisman to'lash uchun bonuslardan foydalanish.
Ro’yhatdan o’tish uchun katta bo’lmagan shaklni to’ldirish kerak (bu bir daqiqadan ko’p vaqtni olmaydi).
Qanday qilib buyurtma qilish kerak
- O’zingizni qiziqtirgan tovarlar bo’limini tanlang yoki qidiruvdan foydalaning.
- O’zingizga kerakli tovarni toping va uni savatga joylashtiring. Buning uchun “Savatga” tugmasini bosing. Tanlovning qulay bo’lishi uchun tavsif va kattalashtirilgan rasm mavjud.Bu ma’lumotni tovar nomiga bosib, ko’rishingiz mumkin.
- Tovar savatga joylashtirilganidan keyin avtomatik tarzda savatdagi tovarlar soni va jami narxi paydo bo’ladi. Savatdagi mavjud tovarlarni ko’rish uchun sahifaning yuqorisida joylashgan savat belgisiga bosing. Agar Siz ro’yhatdan o’tgan foydalanuvchi bo’lsangiz, u holda davom etish uchun yetkazib berish turlari, to’lov turlarini tanlang. Agarda Siz ro’yhatdan o’tmagan foydalanuvchi bo’lsangiz, buyurtmani rasmiylashtirishda yetkazib berish, to’lov turlarini tanlang va Siz bilan bog’lanish va buyurtmani yetkazib berish uchun ma’lumotlaringizni va manzilingizni kiriting.
- DIQQAT! Iltimos, ma’lumotlaringizni to’g’ri ko’rsatganingizni tekshirib ko’ring. Ma’lumotlar noto’g’ri kiritilganida yoki ular kiritilmaganida biz Sizning buyurtmangizni yetkazib bera olmaymiz.
- “Buyurtmani rasmiylashtirish” ni bosing
Buyurtmani tasdiqlash
- Buyurtma saytda rasmiylashtirilganidan keyin, Sizning elektron manzilingizga quyidagilar ko’rsatilgan buyurtmani tasdiqlash to’g’risidagi xabar kelishi zarur: buyurtmani rasmiylashtirish sanasi, buyurtma raqami, buyurtma qilingan tovarlar nomi, buyurtma summasi va Sizning shaxsiy ma’lumotlarinigz.
- Operatorlarimiz Siz bilan bog’lanadilar.
- Sizning electron manzilingizga buyurtmaning holati haqidagi xabar keladi.