Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Noveks Setirizin tab. 10mg №10
Nomi | Narx | |||||
Новэкс Цетиризин таб. 10мг №10 (0624001##2 249) |
UZS 23 800
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Новэкс Цетиризин таб. 10мг №10 (0624001##2 254) |
UZS 23 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цетиризин
Страна производитель
Пакистан
Дозировка
10 мг
Производитель
Herbion Pakistan (Pvt.) Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
- Allergik reaktsiyalar
Preparatning savdo nomi
Noveks Setirizin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Setirizin digidroxloridi
Dori shakli
Tabletkalar va sirop
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda setirizin digidroxloridi - 10 mg;
yordamchi moddalar avitsel rN 102, natriy kroskarmelloza, talk, magniy stearati, Insta* oq qobig‘i, tozalangan suv.
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol modda setirizin digidroxloridi - 5 mg;
yordamchi moddalar 70% li sorbitol eritmasi, glitserin, propilenglikol, metilparaben, propilparaben, sukraloza, natriy saxarini, natriy atsetati, 99,8% li sirka kislotasi, bananli aromatizator, tozalangan suv.
Ta'rifi
Tabletkalar uzunchoq shaklli, bir tomoni – silliq, boshqa tomoni – riskali, ko‘zga ko‘rinadigan nuqsonlari mavjud bo‘lmagan oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Sirop rangsiz, shirin banan ta'mli sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
N1-gistaminli retseptorlarning ingibitori
ATX kodi R06AE07
Farmakologik hususiyatlari
Setirizin gistaminning raqobatli antagonistlari guruhiga kiradi, N1-gistamin retseptorlarini bloklaydi, deyarli antixolinergik va antiserotonin ta'sir ko‘rsatmaydi. Qichishishga qarshi va ekssudatsiyaga qarshi samaraga ega.
Allergik reaktsiyalar
ning erta bosqichiga ta'sir qiladi, shuningdek yallig‘lanish xujayralarining migratsiyasini kamaytiradi; kechki allergik reaktsiyalarda ishtirok etuvchi mediatorlarning ajralib chiqishini susaytiradi. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, to‘qimalarning shishini rivojlanishini oldini oladi, silliq mushaklarning spazmini bartaraf qiladi. Gistaminni, spetsifik allergenlarni yuborishga, shuningdek sovutilishga (sovuqli eshakemida) teri reaktsiyasini bartaraf qiladi. Terapevtik dozalarda deyarli sedativ samara ko‘rsatmaydi.
Preparatning ta'siri 20 minutdan keyin boshlanadi (50% bemorlarda), 1 soatdan keyin (95% bemorlarda) va 24 soat davomida saqlanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi ichga qabul qilingandan keyin setirizin ovqat xazm qilish yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 30-60 minut o‘tgach erishiladi. Ovqat qabul qilish so‘rilishning ahamiyatli ta'sir qilmaydi, biroq bunday xollarda so‘rilish tezligi biroz pasayadi.
Taqsimlanishi Setirizin plazma proteinlari bilan taxminan 93% ga bog‘lanadi. Taqsimlanish hajmining (Vd) ko‘rsatkichi past (0,5 l/kg), preparat xujayra ichiga o‘tmaydi. Preparat gemato-entsefalik to‘siq orqalio‘tmaydi.
Metabolizmi Setirizin faol metobolitlar xosil qilib, jigarda kuchsiz metabolizmga uchraydi. 10 mg dozada 10 kun davomida qabul qilinganida preparatning to‘planishi kuzatilmaydi.
Chiqarilishi Taxminan 70% buyrak orqali, asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Tizimli kliriyen xajmi taxminan minutiga 54 ml tashkil qiladi. Bir martalik doza bir marta qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilishi davri taxminan 10 soatni tashkil qiladi. 2 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yarim chiqarilish davri 5-6 soatgacha pasayadi.
Buyrak faoliyatini buzulishlari bo‘lganda (kreatin klirensi minutiga 11-31 ml dan past) va gemodalizda bo‘lgan bemorlarda (kreatin klirensi minutiga 7 ml), yarim chiqarilish davrining ko‘rsatkichi 3 marta oshadi, klirensi 70% ga kamayadi. Keksa yoshdagi va surunkali kasalliklar bilan kasallangan bemorlarda yarim chiqarilish davrining 50% ga oshadi va klirensi 40% ga kamayadi. Gemodializ samarali emas.
Qo‘llanilishi
-Mavsumiy va yil davomidagi allergik rinit va kon'yunktivit;
-Qichimali allergik dermatozlar;
-Pollinoz “toshmali isitma”;
-Eshakemi (shu jumladan surunkali idiopatik);
-Kvinke shishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletka (10 mg setirizin) yoki 10 ml sirop
(10 mg setirizin) sutkada 1 marta qabul qilinadi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletka (10 mg setirizin) kuniga 1 marta yoki ½ tabletka (5 mg setirizin) kuniga 2 marta ertalab va kechqurun yoki 10 ml sirop (10 mg setirizin) kuniga 1 marta yoki 5 ml sirop kuniga 2 marta qabul qilinadi.
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 ml sirop kuniga 1 marta yoki 2,5 ml sirop 2 marta qabul qilinadi.
6 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml sirop kuniga 1 marta yoki shu dozaning yarimini kuniga 2 marta qabul qilinadi.
Buyrak yetishmovchiligida Tavsiya etilgan dozani 2 barobar kamaytirish tavsiya etiladi.
Jigar faoliyatini buzilishida Doza har bir patsiyent uchun, ayniqsa jigar yetishmovchiligida individual ravishda tanlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya ko‘rinishlar kam hollarda paydo bo‘ladi va o‘tkinchi xarakterga ega.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan og‘iz qurishi, dispepsiya.
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, migren.
Allergik reaktsiyalar
teri toshmasi, anginevrotik shishi, eshakemi, teri qichishishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-6 oylikdan kichik bolalar;
-Homiladorlik,laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan o‘rtacha va og‘ir darajali surunkali buyrak yetishmovchiligi (dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinadi), keksalarda (kalavalar filtratsiyasini pasayishi mumkin).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Teofillin bilan birga qabul qilish (400 mg/sut) setirizinning umumiy klirensini pasayishiga olib keladi (teofillin kinetikasi o‘zgarmaydi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlar va keksa shaxslarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalarini, alkagolni bir vaqtda iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Jigar faoliyatini buzilishlarida qo‘llanilishi
Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga preparat shifokor tomonidan individual ravishda past dozalarda buyuriladi.
Buyrak faoliyatini buzilishlarida qo‘llanilishi
Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga preparat shifokor tomonidan individual ravishda past dozalarda buyuriladi.
Bolalarda qo‘llanilishi
6 oylikdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Keksa yoshdagilarda qo‘llanilishi
Keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi (kalavalar filtratsiyasini pasayishi mumkin).
Buyrak faoliyati normal bo‘lgan keksa odamlarga dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish davrida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli turdagi mashg‘ulotlaridan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari uyquchanlik, tormozlanish, holsizlik, toliqish, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, yuqori ta'sirchanlik, siydikni tutilishi.
Davolash simptomik davolash o‘tkaziladi. Spetsifik antidot aniqlanmagan. Me'dani yuvish o‘tkaziladi, faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 10 mg dan, 10 tabletkadan blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Sirop 60 ml sirop qaxrabo shisha flakonda, o‘lchov stakanchasi, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.