Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinafull Neo sirop 2.5mg/5ml 50ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Дезлоратадин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
2,5 мг/5 мл
Производитель
Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское для Citco Chemicals Ltd., Великобритания
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- 6 dan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga
Preparatning savdo nomi
Sinafull Neo
Ta'sir etuvchi modda (XPN) dezloratadin
Dori shakli
sirop
Tarkibi
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol modda dezloratadin - 2,5 mg;
yordamchi moddalar natriya benzoati, glitserin, 70% li sorbitol eritmasi, limon kislotasi (suvsiz), natriy sitrat digidrati, mannitol, propilenglikol, aspartam,
kaliy atsesulfami, yalpiz essentsiyasi, kizil FDC 40 buyog‘i, tozalangan suv.
Ta'rifi yalpiz xidli, shirin ta'mli, pushti rangli, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun antigistamin preparatlar.
ATX kodi R06AX27
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparat antigistamin, allergiyaga qarshi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir qo‘rsatadi, uyquchanlik chaqirmaydi. Ichga qabul qilinganida dezloratadin (loratadinning birlamchi faol metaboliti) periferik gistamin N1-retseptorlarini selektiv bloklaydi. Sitostatik reaktsiyalar ketma-ketligini yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni, shu jumladan interleykin-4 (IL-4), interleykin-6 (IL-6), interleykin-8 (IL-8), interleykin-13 (IL-13), yallig‘lanishga qarshi xemokinlarning RANTES turi, chiqarilishini, polimorf yadroli neytrofillar bilan faollashtirilgan superoksid anionlarning hosil bo‘lishini, eozinofillar adgeziyasini va xemotaksisini, adgeziya molekulalarining ekspressiyasini, shu jumladan R-selektinni, lgE-orqali gistaminni, D2 prostaglandinni va S4 leykotriyenni chiqarilishni bostiradi.
Farmakokinetikasi
Kattalar va o‘smirlar dezloratadin qabul qilgandan 30 daqiqadan so‘ng qon plazmasida aniqlanadi. Dezloratadin OIT dan yaxshi absorbtsiyalanadi, qondagi Cmax taxminan 3 soatdan so‘ng erishiladi. T1/2 o‘rtacha hisobda 27 soatni (20-30s.) tashkil etadi. Plazmaning oqsillari bilan 83-87%-ga birikadi. 14 kun mobaynida sutkasiga 1 mahal 5 mg-dan 20 mg dozasida kattalar va o‘smirlarga berilganda, preparatning kumulyatsiyasi kuzatilmadi. Dezloratadin sutkasiga 1 mahal 7,5 mg dozada ovqat va greypfrut soki bilan bir vaqtda qabul qilinganda, dori vositaning organizmda taqsimlanishiga ta'sir etmadi. Dezloratadin CYP3A4 va SYP2D6 ingibitori, P-glikoprotein ingibitori yoki substrati hisoblanmaydi. Dezloratadin organizmda biotransformatsiyalanadi, bunda gidroksillanish natijasida glyukuronid bilan birikkan 3-ON-dezloratadin hosil bo‘ladi. Oz miqdordagi preparat o‘zgarmagan xolda buyrak va ichak orqali ajraladi.
Qo‘llanilishi
- mavsumiy pollinoz va yil bo‘yi allergik rinit (yo‘talni, burundan shilliqning chiqarilishini, qichishish va burunni bitishi va ko‘zlarning qizarishini, ko‘z yoshining oqishini, tanglayning qichishishini bartaraf qiladi yoki yengillashtiradi);
- surunkali idiopatik eshakemi (terining qichishini va toshmani kamaytirish yoki bartaraf qilish).
Qo‘llash usuli va dozalari
6 dan 11 oylikkacha bolalarga 2 ml sirop (1,0 mg) kuniga bir marta yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha.
1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml sirop (1,25 mg) sutkada 1 marta;
6 dan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga
5 ml sirop (2,5 mg) sutkada 1 marta;
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga 10 ml sirop (5 mg) sutkada 1 marta.
Davolash kursi va qabul qilishning davomiyligi kasallikning xarakteri bilan belgilanadi. Mavsumiy pollinozni davolashda preparatni qabul qilish kasallikning belgilari yo‘qolganidan keyin to‘xtatiladi. Yil davomidagi allergik rinitni davolashda preparat uzluksiz, patsiyentni allergen bilan kontaktini butun davri davomida qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yuqori toliqish, og‘izni qurishi, bosh og‘rig‘i.
Juda kam quyidagi nojo‘ya ta'sirlari aniqlangan
MNT tomonidan bosh aylanishi, uyquchanlik;
Yurak-tomir tizimi tomonidan taxikardiya, yurak urushini sezilishi;
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya, qon zardobida bilirubin miqdorini, jigar fermentlarini oshishi.
Allergik reaktsiyalar anafilaksiya, angionevrotik shish, qichishish, toshma, eshakemi
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda diareya, tana haroratini oshishi, uyqusizlik.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning tarkibiga kiruvchi biron bir komponentga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dezloratadin ketokonazol, eritromitsin, azitromitsin, fluoksetin, simetidin bilan ko‘p marta birga qo‘llanganida dorilarning o‘zaro ta'siri o‘rganilganida, dezloratadinning plazmadagi kontsentratsiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari aniqlanmagan.
Dezloratadin alkogolning markaziy nerv tizimiga bo‘lgan ta'sirini kuchaytirmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Preparat sirop shaklida qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki gipoglikemik vositalarning dozasini to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin.
Preparatni 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi isbotlanmagan.
Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha klinik ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun preparatni homiladorlikda faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin. Dezloratadin ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun preparatni qo‘llash davrida emizishni to‘xtatish kerak.
Preparat avtomobilni boshqarish va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari nojo‘ya reaktsiyalarining yaqqolligini kuchayishi.
Davolash keyinchalik faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish bilan me'dani yuvish, zarurati bo‘lganida – simptomatik davolash. Gemodializ samarasiz. Peritoneal dializni samaradorligi aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Sirop, 2,5 mg/5 ml - 50 ml dan, flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
"REMEDY GROUP" MChJ QK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100069, Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘ch., 51. Tel./faks (99871) 248-02-05.
«Citco Chemicals Ltd.», Angliya uchun ishlab chiqarilgan.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.