Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (3) Novokain rastvor dlya in’eksiy 0,5 % po 5 ml №5 Lik |
от UZS 1 900
-
+
|
Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (5) Lidokain g/hl r-r d/in. 1% 5ml №5 Radiks |
от UZS 3 600
-
+
|
Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (2) Lidokain g/hl r_r d/in.2% 2ml. №5 Radiks |
от UZS 3 000
-
+
|
Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (1) Longokain Hevi rastv.d/in. 5mg/ml 5ml №5 |
от UZS 173 600
-
+
|
Anesteziya dori vositalari – bu nima?
Anestetik dori vositalar - bu og‘riqlarni va tananing umumiy sezuvchanligini pasaytirish uchun ishlatiladigan maxsus preparatlardir.
Anesteziya dori vositalarini qo‘llash
Anesteziyalovchi dorilardan foydalanish taxminan XIX asrning o‘rtalarida boshlangan. Anesteziya uchun ingalyatsion usullar keng qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda anesteziologiyada odamni narkoz holatiga tushirish uchun gazsimon anestetik vositalar ishlatiladi. Ular murakkab va uzoq muddatli jarrohlik muolajalarida zarur. Qisqa muddatli jarrohlik aralashuvlarida, shuningdek, diagnostik manipulyatsiyalar uchun ingalyatsiyasiz umumiy og‘riqsizlantirish uchun dori-darmonlar qo‘llaniladi. Bunday preparatlar stomatologiya, oftalmologiyada (tomchi va ko‘z uchun ampulalar) keng qo‘llaniladi.
Anesteziya dori vositalarini klassifikatsiyasi
Zamonaviy tibbiyotda anestetiklar ularning ta’sir mexanizmiga qarab ikkita katta guruhga bo‘linadi:
-
Narkoz uchun preparatlar.
-
Mahalliy og‘riq qoldiruvchi vositalar.
Birinchi guruhga odamni narkoz holatiga olib kelishi mumkin bo‘lgan dorilar kiradi. Bu umumiy anestetiklar bo‘lib, ular butun organizmga ta’sir qilib, uni zarur vaqtgacha sezuvchanlikdan mahrum qiladi.
Mahalliy og‘riqsizlantirish uchun mahalliy anestetik dori vositalari qo‘llaniladi. Ular ma’lum bir sohada asablarning o‘tkazuvchanligini bloklaydi va shu bilan og‘riqni yo‘qotadi. Ushbu dorilar guruhiga quyidagilar kiradi:
-
applikatsion anesteziya uchun vositalar;
-
infiltratsion anesteziya uchun vositalar;
-
barcha turdagi anesteziyalar uchun vositalar.
Mahalliy ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalariga tomoq spreylari, kremlar, gellar va boshqalar kiradi.
Anesteziya qiluvchi vositalarni tanlashda ular nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi va allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Anestetik vositalar yosh toifasiga qarab ham ajratiladi. Bolalar uchun anestetiklar juda ehtiyotkorlik bilan tanlanadi. Tanlashda bolaning somatik holati, yoshi, vazni, organizmning individual xususiyatlari hisobga olinadi.
Anesteziya dori vositalarini ta’siri
Ushbu preparatlarning funksional ta’sir doirasi - tananing yoki uning alohida qismlarining sezuvchanligining pasayishidan tortib, sezuvchanlikning to‘liq yo‘qotishgacha. Mahalliy anesteziya preparatlari quyidagi ish mexanizmiga ega: ular retseptorlarni bloklaydi va asab tolalari bo‘ylab qo‘zg‘alishni o‘tkazishga imkon bermaydi. Bunday preparatlar mahalliy ravishda qo’llaniladi va surtmalar, kremlar, spreylar yoki ukollar ko‘rinishida bo’ladi. Umumiy narkoz uchun qo‘llaniladigan anestetik dori vositalari vena orqali organizmga yuborilishi mumkin, ular bemorni asta-sekin uyquga soladi va shifokorga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan vaqt davomida ta’sir ko’rsatadi.
Toshkentda anestetiklarni qayerdan sotib olish mumkin?
Anestetiklarni siz PharmaClick.uz saytida qulay narxlarda sotib olishingiz mumkin. Pharmaclick.uz’da dori vositalarini bron qilib, keyinroq olib ketishingiz yoki tezkor buyurtma berish imkoniyati mavjud. Qulay qidiruv tizimimizdan foydalanib, kerakli dori vositalarini toping, biz esa Toshkent bo‘ylab yoki O‘zbekistonning istalgan nuqtasidagi hamkor dorixonalarimizgacha eng yaxshi vositalarni bir zumda yetkazib berishni ta’minlaymiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.