Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Сорбифер Дурулес таблетки покр.обол.(№50) стекл. банках (H570A0224##2 361) |
UZS 87 400
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Сорбифер Дурулес таблетки покр.обол.(№50) стекл. банках (H570A0224##2 362) |
UZS 87 400
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Сульфат железа, аскорбиновая кислота
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Vengriya
Производитель
ЗАО Фармацевтический завод Эгис
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletkalar shisha idishda №50 haqida va yo'riqnoma
Sorbifer Durules
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
(temir (II) sulfat/askorbin kislotasi)
Ushbu preparatni qo‘llashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim bo‘lgan ma'lumotlarni saqlaydi.
• Ushbu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Siz uchun uni yana o‘qib chiqish talab qilinadi.
• Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
• Bu dori vositasi Siz uchun shaxsan buyurilgan va Siz uni boshqalarga bermang. Xatto ularda kasallikning xuddi shu simptomlari bo‘lsa ham, ularga zarar keltirish mumkin.
• Agar Sizda qandaydir nojo‘ya ta'sir paydo bo‘lsa, yoki Siz shu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz o‘z shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling (4 bo‘limga qarang).
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotlarni saqlaydi
1.Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llaniladi.
2.Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak.
3.Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday qo‘llash kerak.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari.
5.Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday saqlash kerak.
6.
7.
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar.

• Preparat organizmda temir tanqisligidagi anemiyani davolash uchun qo‘llanadi.
• Ovqat ratsioni temirning yetarli miqdorda kirishini ta'minlamaganda, homilador ayollar va qon donorlarida temir tanqisligini oldini olish uchun qo‘llanadi.
2.Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilishi kerak.
Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qabul qilmang agar
• Sizda ta'sir etuvchi moddasiga yoki 8 bo‘limida ko‘rsatilgan preparatning biron bir yordamchi moddalariga allergiya bo‘lsa.
• Agar Sizda temirning organizmda ko‘p to‘planishi bilan kechuvchi kasallik bo‘lsa.
• Agar Sizda qizilo‘ngach toraygan bo‘lsa va/yoki me'da-ichak yo‘llarida o‘zgarishlar (torayishlar) mavjud bo‘lsa.
• Agar Sizda bir necha bor qon quyilgan bo‘lsa.
• Agar Sizda temir tanqisligi bilan kechmaydigan boshqa turdagi anemiyalar, bu anemiyalar fonida temir yetishmovchiligi kelib chiqish xollaridan tashqari.
Tibbiyotda qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Ushbu preparat faqat temir yetishmovchiligi bilan kechuvchi kasalliklarida samarali. Davolashni boshlashdan oldin temir tanqisligi holati borligini tasdiqlash kerak. Boshqa temir yetishmovchiligi bo‘lmagan anemiyalarda (infektsiya oqibatidagi anemiya, surunkali kasalliklar bilan kechuvchi anemiyalar) preparatni qo‘llash ortiqchadir.
Temir preparatlarini qabul qilish ahlatni qora rangga bo‘yalishi mumkin.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Tabletkalarni chaqaloqlar va 12 yoshdan kichik bolalarga buyurish mumkin emas.
Boshqa dori vositalari va Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletka preparati
Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilingan yoki qabul qilishni rejalashtirgan, xar qanday dori vositalari, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori vositalari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Sorbifer Durules preparatini quyidagi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas
• tetratsiklin, ofloksatsin, norfloksatsin, levofloksatsin, siprofloksatsin, moksifloksatsin kabi infektsiyani davolovchi preparatlar yoki shunga o‘xshash faol moddalar saqlovchi boshqa antibakterial preparatlar.
• deferroksamin
• rux
• simetidin
• xloramfenikol
• levodopa saqlovchi Parkinson kasalligini davolash uchun preparatlar
• metildopa, kaptopril saqlovchi yuqori arterial bosimni davolash uchun preparatlar
• qalqonsimon bezi gormonlari saqlovchi preparatlari
• yallig‘lanishga qarshi preparatlar, o‘zida penitsillamin saqlovchi biriktiruvchi to‘qima kasalliklari va moddalar almashinuv kasalliklarini davolash uchun vositalar (shu preparatlar va temir so‘rilishi kamayishi mumkin).
• kaltsiy karbonati yoki magniy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari, alyumin gidroksidi yoki kaltsiy karbonati yoki magniy karbonati saqlovchi antatsid preparatlari temir tuzlari bilan kompleks hosil qiladi, bu shu preparatlar va temir so‘rilishini kamayishiga olib kelishi mumkin.
• Klodronat yoki rizedronat saqlovchi osteoporozni davolash uchun preparatlar (Sorbifer Durules bu preparatlarning so‘rilishini yomonlashtiradi).
Sorbifer Durules preparati yuqoridagi preparatlarning samaradorligini kamaytiradi. Agar Sorbifer Durules ni yuqorida keltirilgan xar qanday preparatlar bilan majmuaviy qo‘llash zarurati bo‘lsa, unda bu ikkala dori vositalarini qo‘llash orasida kamida 2 soatni tashkil etuvchi intervalga rioya qilish kerak.
Askorbin kislotasi bilan bog‘liq o‘zaro ta'siri
Sorbifer Durules preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi
• temir preparatlari shuningdek ovqatlar tarkibidagi temirni so‘rilishini ichakda so‘rilishini yaxshilaydi.
• qonda salitsilatlar kontsentratsiyasini oshiradi (kristalluriya rivojlanishi xavfini oshiradi).
• benzilpenitsillin va tetratsiklin kabi antibiotiklar darajasini oshiradi.
• peroral kontratseptivlar (etinilestradiol) kontsentratsiyasini kamaytiradi.
• atsetilsalitsil kislotasi, peroral kontratseptivlar, yangi tayyorlangan sharbatlar va ishqoriy ichimliklar askorbin kislotasi so‘rilishi va o‘zlashtirilishini kamaytiradi.
• noradrenalin faolligini oshiradi.
• geparin, kumarin hosilalarining antikoagulyant samarasini pasaytiradi.
• organizmdan etil spirtini chiqarilishini tezlashtiradi. Surunkali alkogolizmni davolaganda disulfiramning faolligiga ta'sir etishi mumkin.
Dori vositalarini majmuaviy qo‘llash to‘g‘risida davolovchi shifokoringizga maslahat uchun murojaat qiling!
Sorbifer Durules tabletkalarini ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan qabul qilish
Sorbifer Durules ni choy, kofe, tuxum, sut mahsulotlari, dag‘al undan tayyorlangan non, don yormalari yoki paylarga boy ovqat maxsulotlari bilan qabul qilish temir so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
Fertillik, homiladorlik va emizish.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilayotgan bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirilayotgan bo‘lsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Buyurilgan dozalarda Sorbifer Durules tabletkalarini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Sorbifer Durules avtomobilni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir etmaydi, bunday ma'lumotlar yo‘q.
3. Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qo‘llash kerak.
Bu preparatni shifokorning qat'iy ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish kerak. Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
Odatda tavsiya etiladigan dozalar
Temir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqan anemiyalarni davolash
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar
1 tabletkadan kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun). Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida dozani yarimigacha kamaytirish mumkin (sutkada 1 tabletka).
Temir tanqisligi anemiyasida zarurati bo‘lganida dozani kuniga 3-4 tabletkagacha ikki marta (ertalab va kechqurun) qabul qilish orqali oshirish mumkin.
Homiladorlikda temir tanqisligini oldini olish
Tavsiya qilinadigan doza bir kunda 1 tabletka yoki homiladorlikning oxirgi ikki uch oyligida (yoki 4 oydan boshlab) ikki kunda 1 tabletka. Agar Sizga dozalashning boshqa tartibi zarur bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz Sizga preparatning kerakli dozasini buyuradi. Davolash davomiyligi qonning qayta laborator tahlili asosida shaxsiy ravishda belgilanadi.

12 yoshdan kichik bolalarga tabletkalarni buyurish mumkin emas.
Qo‘llash usuli
Tabletkani sindirish yoki chaynash mumkin emas. Tabletkani butunligicha yutish va kamida yarim stakan suv bilan ichish kerak. Tabletkalarni ovqatdan kamida ½ soat oldin qabul qilinadi.
Tabletkalarni patsiyentga yotgan holda berish mumkin emas.
Tabletkani chaqaloqlar va 12 yoshdan kichik bolalarga berish mumkin emas.
Agar Siz Sorbifer Durules tabletkalarini buyurilgandan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga yoki yaqindagi kasalxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling.
Agar Siz Sorbifer Durules tabletkasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz Sorbifer Durules tabletkasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Agar keyingi tabletkani qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish uchun ikki martalik dozani qabul qilmang, chunki Siz o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldira olmaysiz, ammo dozani oshirib yuborishni xavfini oshirishingiz mumkin.
Agar Sizda ushbu dori vositasini qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qiling.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
Barcha boshqa dori vositalari kabi, bu preparat ham noxush reaktsiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hamma patsiyentlarda ham namoyon bo‘lavermaydi.
Quyida sanab o‘tilgan ko‘rinishlardan birontasi kelib chiqqanida, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing
Tez-tez (100 patsiyentning 1-10 tasida uchraydi) ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, ich ketishi, qabziyat.
Kam xollarda (10000 patsiyentning 1-10 tasida uchraydi) qizilo‘ngachda yara paydo bo‘lishi, qizilo‘ngach torayishi, terida toshmalar.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar haqida xabar bering
Nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan xollarda, dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Postregistratsion davrda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar haqidagi xar qanday ma'lumot ahamiyatga ega, chunki bu xabarlar preparatning xavfsizligi doimo kuzatib turishga yordam beradi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xodimlar xar qanday nojo‘ya reaktsiyalarga har qanday shubhalar haqida, mahalliy farmakoogohlik idoralariga xabar berishlari majbur.
5. Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday saqlash kerak.
15-25°C haroratda saqlansin!
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Sorbifer Durules tabletka preparatini sifati yomonlashuvining aniq belgilari paydo bo‘lganida (masalan, rangini o‘zgarishi) qo‘llash mumkin emas.
6.
o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
o‘tgan vaqti ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlab yuborish mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslantirilishini oldini olishga yordam beradi.
7.
Shifokor retseptisiz beriladi.
8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar
Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima saqlaydi.
Ta'sir etuvchi modda
xar bir tabletka 320 mg temir (II) sulfati (bu 100 mg Fe (II) ga to‘g‘ri keladi) saqlaydi.
Har bir tabletka 60 mg askorbin kislotasi saqlaydi.
Yordamchi moddalar
tabletka yadrosi povidon, polietilen kukuni, karbomer 934 R, magniy stearati.
qobig‘i gipermelloza, qattiq parafin, makrogol 6000, titan dioksidi, temir (II) oksidi.
Sorbifer Durules qobiq bilan qoplangan preparatining tabletka tashqi ko‘rinishi va o‘rami ichidagisi
Tashqi ko‘rinishi
Yasmiqsimon, ikki tomoni biroz qavariq, oxra-sariq rangli, bir tomonida “Z” gravirovkasi bo‘lgan o‘ziga hos hidli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
O‘rami
50 yoki 30 tabletkadan polietilen qopqoqli jigarrang shisha flakonga joylangan. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutigacha joylangan.
MARKETING LITSENZIYASI EGASI VA ISHLAB CHIQARUVCHI
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YoAJ
1106 Budapesht, Keresturiya ko‘ch., 30-38
VENGRIYA

Yaroqlilik muddati
7.
Dorixonalardan berish tartibi

Dozalash tartibi

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.