Bakteriyalarga qarshi dorilar qayerda qo‘llaniladi?
Bakteriyalarga qarshi dorilar organizmdagi bakteriyalarni yo‘q qilishga yoki o‘sishiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan dori vositalari guruhini ifodalaydi.
Antibakterial preparatlar guruhlari
Antibakterial dori vositalari tibbiyotning turli sohalarida bakterial infeksiya keltirib chiqaradigan ko‘plab kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra, ushbu maqsadga mo‘ljallangan dori vositalarining quyidagi guruhlari ajratiladi:
- ichaklar uchun antibakterial vositalar;
- tomoq uchun antibakterial vositalar;
- oshqozon uchun antibakterial vositalar;
- diareyada qo’llaniladigan antibakterial vositalar;
- infeksiyada qo’llaniladigan antibakterial vositalar;
- ginekologiyada qo’llaniladigan antibakterial vositalar;
- burun uchun antibakterial vositalar.
Antibakterial preparatlarga sezuvchanlikni qanday aniqlash mumkin
Ushbu guruhdagi har qanday preparatlarni qo‘llashdan oldin antibakterial dori vositalarga sezuvchanlikni aniqlash uchun testdan o‘tish kerak. Bu eng samarali dori vositasini aniqlashga yordam beradi, patogen mikroorganizmlarning terapiyaga ko‘nikish ehtimolini istisno qiladi, eng maqbul dorini tanlash orqali davolash muddatini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. Odatda, ushbu muolaja laboratoriyalarda hech qanday noqulaylik va og‘riqsiz amalga oshiriladi – biomaterial namunasi olinadi va laboratoriya sharoitida tadqiqot o‘tkaziladi. Olingan natijalar asosida mutaxassis eng mos medikamentoz terapiyani tayinlaydi.
Antibakterial dori vositalari qanday ta’sir qiladi?
Bunday dori vositalarining ta’sir doirasi selektiv yoki keng bo‘lishi mumkin. Ya’ni, ba’zi preparatlar faqat ma’lum turdagi bakteriyalarga ta’sir qilishi mumkin, boshqalari esa bir nechta bakteriyalarning nobud qilishi yoki ularning o‘sishini to‘xtatishi mumkin. Antibakterial preparatlar bakterial infeksiya keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladi. Viruslarga, oddiy organizmlarga va zamburug‘larga ular ta’sir qilmaydi.
Antibiotik va antibakterial dori vositalarining farqi nimada?
Ular o‘rtasidagi farq shundaki, antibiotiklar antibakterial preparatlarga qaraganda kengroq ta’sir doirasiga ega. Antibiotiklar turli patogen qo‘zg‘atuvchilar - bakteriyalar, zamburug‘lar va boshqalarga qarshi kurashishga mo‘ljallangan. Shuningdek, antibiotiklarning muhim farqi shundaki, ular “tanlab tanlab” ta’sir ko’rsatadi, ya’ni patogen bilan zararlangan hujayralarga zarar yetkazmasdan, faqat ma’lumbir qat’iy belgilangan turdagi patogenlarni yo‘q qiladi.
Toshkentda bolalar va kattalar uchun antibakterial preparatlarni sotib olish
PharmaClick.uz - bu keng turdagi antibakterial dorilarni arzon narxda taklif qiluvchi internet-aptekadir. Siz kerakli dori-darmonlarni tanlab, ularni Toshkent bo‘ylab o‘z manzilingizga yetkazib berishga buyurtma berishingiz mumkin. Bizning kuryerlik xizmatimiz buyurtmalaringizni Toshkent shahridagi va O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi olib ketish punktlariga ham yetkazib beradi, ularni ertasi kuni mustaqil ravishda yetkazib berish xizmati filiallaridan olib ketishingiz mumkin. Qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, bizning onlayn mutaxassislarimizga murojaat qiling va professional maslahat oling.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.