В данный момент нет активных товаров
Bolalar uchun mos antibiotik dori vositalarini qanday tanlash mumkin?
Bolalar uchun antibiotiklar - ta’siri turli kasalliklarini keltirib chiqaradigan bakterial infeksiyalarni davolashga qaratilgan dori vositalari guruhi. Bolalarga antibiotiklar sinchiklab tekshirilgandan va organizmda bakterial zararlanish borligi aniqlangandan keyin buyuriladi.
Bolalarga antibiotik dorilar berish mumkinmi?
Bu savolga javob berishda, avvalo, antibiotiklarning bola organizmiga qanday ta’sir qilishini tushunib olish kerak. Har qanday dori nazorat ostida va kerakli dozada qabul qilinsa, samarador bo‘ladi. Mikroblarga qarshi vositalarni nazoratsiz va ortiqcha miqdorda qo‘llash antibiotiklarga nisbatan rezistentlikka olib kelishi mumkin. Bu holda dori vositalarining kerakli ta’siri bo‘lmaydi yoki umuman qo‘zg‘atuvchiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bolalarni antibiotiklar bilan davolash ularni immuniteti infeksiyani mustaqil ravishda eplay olmaydigan hollarda o‘rinli bo‘ladi.
Mikroblarga qarshi preparatlar bakterial tabiatga ega bo‘lgan kasalliklar mavjud bo‘lganda buyurilishi kerak. Ammo ba’zi kasalliklar ham virusli, ham bakterial kelib chiqishga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, otit kasalligiga chalingan bolalarda birinchi navbatda kasallikning aynan bakterial tabiatini tasdiqlovchi laboratoriya tekshiruvlaridan keyin buyurilishi kerak.
Bu guruh dori vositalari turli simptomatikada qo‘llaniladi. Bolalarda pnevmoniya, angina, bronxit, traxeit va boshqa kasalliklar paytida paydo bo’lgan yo‘talda antibiotik samarali deb hisoblanadi. Infeksiyalangan bolalarda antibiotik bakteriyalarni butunlay o‘ldiradi yoki ularning faolligini pasaytiradi, bu esa immunitetga kasallikni mustaqil ravishda yengishga imkon beradi.
Bolalarga, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarga antibiotiklarni suspenziya ko’rinishida qo‘llash ma’qul. Tabletkalar, ukollar va kapsulalar kattaroq yoshdagi bolalarga tavsiya etiladi, va ikkala holatda ham dozani davolovchi shifokor qat’iy nazorat qilishi kerak.
Antibiotiklarni qabul qilish paytida ham, antibiotiklardan keyin ham bolalar ichak mikroflorasini tiklash va disbakteriozni bartaraf etish uchun probiotiklarni qabul qilishlari lozim.
Toshkentda bolalar uchun mos antibiotiklarni sotib olish
PharmaClick.uz - dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni unumli xarid qilishingiz mumkin bo‘lgan internet-aptekadir. Saytda ko‘plab antibiotiklar taqdim etilgan bo‘lib, ularni butun Toshkent bo‘ylab uyga yetkazib berish uchun xarid qilishingiz mumkin. Bizning kuryerlarimiz buyurtmalarni boshqa hududlarga ham yetkazib beradilar, u yerda vositalarni tanlangan olib ketish punktidan mustaqil ravishda olishingiz kerak. Agar savollaringiz bo‘lsa, ularni onlayn mutaxassislarimizga bering va to‘liq ma’lumot oling.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.