Anginada qanday antibiotiklarni qabul qilish mumkin?
Ko‘pincha shifokorlar anginada antibiotiklar buyuradilar. Ulardan qaysi biri haqiqatan ham davolaydi va qanday qilib to‘g‘ri keladigan vositani tanlash lozim? Dastlab, bu qanday kasallik va u nima sababdan kelib chiqishini bilib olishimiz kerak. Angina yoki o‘tkir tonzillit - bodomsimon bezlarning infeksion-yallig‘lanish kasalligi. Yallig‘lanish jarayoni ko‘pincha bolalarda, goho kattalarda bo’ladi. Yallig‘lanishning sababi - organizmga viruslar, zamburug‘lar yoki bakteriyalar tushishi.
Kasallikning asosiy alomatlari:
-
tomoq og‘rig‘i;
-
shilliq qavatning ta’sirlanishi;
-
yuqori harorat;
-
tomoq shishi;
-
va boshqalar.
Agar patogen holat bakteriyalar tomonidan chaqirilgan bo‘lsa, angina kasalligida antibiotiklar bilan davolash samarali hisoblanadi. Masalan, bakterial infeksiya chaqirgan yiringli anginada antibiotiklar qo‘llaniladi. Antibiotiklarsiz angina nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan davolanadi. Kasallikning sababi virus bo‘lsa, shifokorlar virusga qarshi dorilarni buyuradi. Odatda, ushbu kasallikda medikamentoz terapiya kompleks xarakterga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi dori vositalarini yoki kombinatsiyalangan preparatlarni o‘z ichiga oladi. Simptomlarni bartaraf etish uchun simptomatik preparatlar qo‘llaniladi.
Anginada qanday antibiotiklar qabul qilish tavsiya etiladi?
Qo‘llaniladigan antibiotik preparatlarning asosiy guruhlari:
-
penitsillinli antibiotiklar;
-
sefalosporinli antibiotiklar;
-
tetratsiklinlar;
-
makrolidlar.
Katta yoshli odamlarda uchraydigan anginaga qarshi antibiotiklar ishlab chiqarish shakliga qarab tabletka, kapsula, inyeksiya uchun eritmalar, kukunlarda farqlanadi. Bodomsimon bezlar yallig‘langanda mutaxassisga murojaat qilish zarur, o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanish mumkin emas. Antibiotiklarni qo‘llashdan oldin albatta shifokorga murojaat qilish va barcha zarur laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tish kerak.
Toshkentda anginani davolash uchun antibiotiklarni sotib olish
"PharmaClick.uz"da barcha uchun maqbul narxlardagi eng yaxshi dorilar taqdim etilgan. Variantlarni ko‘rib chiqish va kerakli dori-darmonlarni sayt bo‘ylab navigatsion qidiruv yordamida topishingiz mumkin. Onlayn dorixonada butun Toshkent bo‘ylab uyga yetkazib berish imkoniyati mavjud. Bizning kuryerlarimiz buyurtmani Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi maxsus punktlariga ham yetkazib beradilar. Zarur hollarda onlayn mutaxassislarimizga murojaat qilib, professional maslahatlar olishingiz ham mumkin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.