Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sefpodo tabletkalar 200mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цефподоксим
Страна производитель
Турция
Дозировка
200 мг
Производитель
World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sefpodo
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sefpodoksim
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 200 mg sefpodoksim (tsefpodoksim proksetili shaklida);
yordamchi moddalar kaltsiy karmelloza, natriy kroskarmelloza, natriy laurilsulfati, gidroksipropiltsellyuloza, laktoza monogidrati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;
qobig‘ining tarkibi oq opadri Y-1-7000 (gipromelloza, polietilenglikol, titan dioksidi).
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidan bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Boshqa β-laktam antibakterial preparatlar. Uchinchi avlod sefalosporinlar.
ATX kodi J01DD13
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sefpodo sefalosporinlar sinfiga mansub, keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan yarimsintetik antibiotikdir. Sefpodoksim proksetili – olddori bo‘lib, faol metaboliti bo‘lib sefpodoksim hisoblanadi. Sefpodoksimning bakteritsid faolligi hujayra devori sintezini susaytirishdan iborat.
Sefpodoksim aerob grammusbat mikroorganizmlar Staphylococcus aureus (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus pneumoniae (penitsillinazaga chidamli shtammlaridan tashqari), Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus spp. (C, F, G guruhlari); aerob grammanfiy mikroorganizmlar Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae (shu jumladan β-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Citrobacter diversus, Klebsiella oxytoca, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Haemophilus parainfluenzae; anaerob grammusbat mikroorganizmlar Peptostreptococcus magnus larga nisbatan faol.
Sefpodoksim Streptococcus spp. (D guruhi), Staphylococcus spp., Corynebacterium spp. metitsillinga rezistent shtammlari (J va K guruhlari), Pseudomonas spp. (shuningdek Pseudomonas aeruginosa), Listeria monocytogenes, Acinetobacter baumannii, Clostridium difficile, Bacteroides spp. larga nisbatan faol emas. Anaeroblarga nisbatan, shu jumladan Bacteroides, Campylobacter, Yersinia larning ko‘pchilik turlariga nisbatan kuchsiz faollikka ega. Citrobacter, Enterobacter, Bacteroides xrosomalari ishlab chiqaradigan sefalosporinazalar tomonidan parchalanadi.
Farmakokinetikasi
Sefpodoksim proksetili – olddori bo‘lib, me'da-ichak yo‘llari (MIY) dan so‘riladi va faol metaboliti – sefpodoksimgacha deeterifikatsiyalanadi. 100 mg sefpodoksim proksetil och qoringa qabul qilinganida, qabul qilingan sefpodoksimning taxminan 50% tizimli ravishda so‘riladi. Terapevtik dozalari (100 mg dan 400 mg gacha) qabul qilinganida maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti taxminan 2-3 soatni tashkil etadi va yarim chiqarilish davri 2,09 soatdan 2,84 soatgacha o‘zgarib turadi. Maksimal kontsentratsiyasining o‘rtacha qiymati 100 mg dozada qabul qilinganida taxminan
1,4 mkg/ml, 200 mg dozada – 2,3 mkg/ml va 400 mg dozada – 3,9 mkg/ml ni tashkil etadi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda preparatning 400 mg gacha bo‘lgan dozalari har 12 soatda ko‘p marta qabul qilinganidan so‘ng preparatni to‘planishi ham, boshqa farmakokinetik ko‘rsatkichlarini ahamiyatli o‘zgarishi ham kuzatilmaydi.
Sefpodoksimning 22 dan 33% gacha bo‘lgan qismi zardob oqsillari bilan va 21 dan 29% gacha bo‘lgan qismi – plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.
Dozasining taxminan 30-35% siydik bilan o‘zgarmagan holda 12 soat davomida chiqariladi.
Keksa yoshdagi shaxslarda (shu jumladan bronx-o‘pka infektsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda) yarim chiqarilish davrini biroz uzayishi va qondagi kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi, ammo bunda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi, buyrak faoliyati past bo‘lgan patsiyentlar bundan mustasno. Keksa yoshdagi patsiyentlarda sefpodoksimning plazmadan yarim chiqarilish davri o‘rtacha 4,2 soat (yosh patsiyentlarda 3,3 soat) ni tashkil etadi. Boshqa farmakokinetik ko‘rsatkichlari (maksimal kontsentratsiyasi, AUC (egri chiziq ostidagi maydon) va maksimal kontsetratsiyasiga erishish vaqti) o‘zgarmasdan qoladi.
Qo‘llanilishi
• yuqori nafas yo‘llarini Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Haemophilus influenzae yoki Moraxella (Branhamella) catarrhalis tomonidan chaqirilgan infektsiyalar, shu jumladan o‘tkir o‘rta quloq otiti, sinusit, tonzillit va faringit;
• S. pneumoniae yoki H. influenzae tomonidan chaqirilgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
• S. pneumoniae, H. influenzae yoki M. catarrhalis tomonidan chaqirilgan surunkali bakterial bronxitni zo‘rayishi;
• Neisseria gonorrhoeae tomonidan chaqirilgan, o‘tkir asoratlanmagan uretral yoki servikal gonoreya;
• ayollarda Neisseria gonorrhoeae tomonidan chaqirilgan o‘tkir asoratlanmagan anorektal infektsiyalar;
• teri va yumshoq to‘qimalarning Staphylococcus aureus yoki Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan asoratlanmagan infektsiyalari;
• Haemophilus influenzae, Streptococcus pneumoniae yoki Moraxella catarrhalis tomonidan chaqirilgan o‘tkir yuqori jag‘ sinusiti;
• siydik chiqarish yo‘llarini Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis yoki Staphylococcus saprophyticus tomonidan chaqirilgan asoratlanmagan infektsiyalari (tsistitlar) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sefpodo ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar
InfektsiyalarUmumiy sutkalik dozasi
Dozalash tartibi
Davolash davomiyligi
Yuqori nafas yo‘llarini Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Haemophilus influenzae yoki Moraxella (Branhamella) catarrhalis tomonidan chaqirilgan infektsiyalari, shu jumladan o‘tkir o‘rta quloq otiti, sinusit, tonzillit va faringitSinusit 400 mg
Yuqori nafas yo‘llarining boshqa infektsiyalari
200 mgSinusit 200 mg har 12 soatda
Yuqori nafas yo‘llarining boshqa infektsiyalari 100 mg (1/2 tabletka) dan har 12 soatdan5-10 kun
S. pneumoniae yoki H. influenzae tomonidan chaqirilgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya400 mg200 mg dan
har 12 soatda14 kun
S. pneumoniae, H. influenzae yoki M. catarrhalis tomonidan chaqirilgan surunkali bakterial bronxitni zo‘rayishi400 mg200 mg dan
har 12 soatda10 kun
Neisseria gonorrhoeae tomonidan chaqirilgan, o‘tkir asoratlanmagan uretral yoki servikal gonoreya yoki ayollardagi anorektal infektsiyalar 200 mgbir martabir marta
Teri va yumshoq to‘qimalarni Staphylococcus aureus yoki Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan asoratlanmagan infektsiyalari800 mg400 mg dan
har 12 soatda7 kundan 14 kungacha
Haemophilus influenzae, Streptococcus pneumoniae yoki Moraxella catarrhalis tomonidan chaqirilgan o‘tkir yuqori jag‘ sinusiti400 mg200 mg dan
har 12 soatda10 kun
Siydik chiqarish yo‘llarini Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis yoki Staphylococcus saprophyticus tomonidan chaqirilgan asoratlanmagan infektsiyalari (tsistitlar)200 mg100 mg
(1/2 tabletka) dan
har 12 soatda 7 kun
Buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlar uchun, shuningdek jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Umuman olganda, keksa va yosh patsiyentlarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligida farqlar kuzatilmaydi.
Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 30 ml/min) bo‘lgan patsiyentlar uchun preparatning dozalarini qabul qilishlar o‘rtasidagi interval 24 soatgacha uzaytirilishi kerak.
Gemodializdagi patsiyentlar uchun preparatni dozalash tezligi gemodializdan so‘ng haftada 3 marta bo‘lishi kerak.
2 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sefpodoksimni suspenziya dori shaklida qo‘llash afzaldir.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), uchrash tezligi noma'lum – uchrash tezligini ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida baholanishi mumkin emas.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez – ko‘ngil aynishi, funktsional diareya; tez-tez emas – qusish, qorinda og‘riq; uchrash tezligi noma'lum – soxta membranoz kolit, qabziyat, gastrit, disbakterioz (Clostridium difficile o‘sishi), so‘lakni oqishi, meteorizm, ishtahani pasayishi.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez emas – bosh aylanishi, bosh og‘riqlari, kuchli toliqish; uchrash tezligi noma'lum – ta'sirchanlik, uyqusizlik, “qo‘rqinchli” tushlar ko‘rish.
Nafas tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – yo‘tal.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – arterial bosimni pasayishi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan kam hollarda – trombotsitopeniya, uchrash tezligi noma'lum – neytropeniya, trombotsitoz, leykotsitoz, leykopeniya, limfotsitoz, granulotsitoz, bazofiliya, monotsitoz, limfotsitopeniya, burundan qon ketishi.
Siydik tanosil tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – hayz ko‘rish siklini buzilishi.
Laborator ko‘rsatkichlar kam hollarda - giperbilirubinemiya; uchrash tezligi noma'lum – “jigar” transaminazalari, ishqoriy fosfataza, laktatdegidrogenaza, gamma-glutamiltransferazalarning faolligini oshishi, mochevina, kreatininning kontsentratsiyasini oshishi, giper- yoki gipoglikemiya, gipoproteinemiya va gipoalbuminemiya, gemoglobinni pasayishi, musbat Kumbs reaktsiyasi, protrombin vaqtini uzayishi.
Allergik reaktsiyalar tez-tez emas – teri toshmasi, eshakemi; uchrash tezligi noma'lum – qichishish, eozonofiliya, angionevrotik shish, isitma, anafilaktik shok.
Boshqalar kam hollarda – holsizlik; uchrash tezligi noma'lum – ko‘krakda og‘riq, kuchli terlash bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• sefpodoksimga yoki sefalosporin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanlikda;
• laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sefpodo preparati quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llaganida
-ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan antixolinergik preparatlar bilan – sefpodoksimning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga erishish vaqti kechikadi, preparatni so‘rilish darajasi o‘zgarishsiz qoladi;
-probenetsid bilan – sefpodoksimning buyrak ekskretsiyasi ingibitsiya bo‘ladi va natijada boshqa β-laktam antibiotiklari bilan bo‘lgani kabi, AUC va maksimal kontsentratsiyasi oshadi.
-nefrotoksik ta'sir ko‘rsatadigan moddalar bilan – nefrotoksiklik rivojlanishi mumkin, garchi sefpodoksim proksetil bilan monoterapiya o‘tkazilganida nefrotoksiklik kuzatilmagan;
-antatsidlar (natriy karbonati va alyuminiy gidroksidi) N2-blokatorlar (tsimetidin) ning yuqori dozalari bilan – praparatning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi va so‘rilish darajasi kamayadi. Bunday o‘zaro ta'sir natijasida so‘rilish darajasini ko‘rinishi o‘zgarmaydi.
-sefalosporinlar, shu jumladan sefpodoksim proksetil, Kumbs sinamasini musbat reaktsiyasini chaqirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat penitsillin qatori antibiotiklariga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida, β-laktam antibiotiklari o‘rtasida kesishgan allergik reaktsiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, juda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Allergik reaktsiya rivojlanganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. preparatga nisbatan jiddiy yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanganida epinefrin bilan davolash va boshqa shoshilinch choralarni ko‘rish, jumladan oksigenatsiya, vena ichiga suyuqliklar, antigistamin preparatlarni yuborish va klinik ko‘rsatmalarga qarab, ventilyatsion davolash o‘tkazish talab etilishi mumkin.
Soxta membranoz kolitni rivojlanishi deyarli barcha antibakterial dori vositalari, shu jumladan sefpodoksim qo‘llanganida ham kuzatilgan. Shuning uchun antibakterial preparatlarni qabul qilgandan so‘ng diareya kuzatiladigan patsiyentlarda ushbu tashxisni inobatga olish muhimdir.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida preparatni, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda va homila uchun kuzatilishi mumkin havf nisbatini baholab, ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
2 oylikkacha bo‘lgan go‘daklarda preparatni qo‘llashni klinik tajribasi yo‘qligi tufayli, ularga preparatni qo‘llash mumkin emas. Pediatriya amaliyotida sefpodoksimning suspenziya dori shaklini qo‘llash tavsiya etilgan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Dori vositasining nojo‘ya ta'sirilarini hisobga olib, avtomobil va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda diskomfort, diareya.
Davolash gemodializ yoki peritoneal dializ, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganida o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 yoki 15 tabletka blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
7 yoki 10 tabletka blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«FarmaVijn Sanayi ve Tidjaret A.Sh.», Turkiya
(Davutpasha Djaddesi №145, Topkapi, Istambul)
“PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.Ş.”, Turkey
(Davutpaşa Caddesi No.145, Topkapı, İstanbul).s
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.