Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Гепарин натрия
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Нижфарм
Chiqarillish shakli
Rektal shamchalar
Nigepan rek. supp. №10 (Nijfarm) haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Nigepan
Dori shakli
Rektal suppozitoriylar
Bir suppozitoriy tarkibi
ta'sir qiluvchi moddalar geparin natriy - 1000 XB (geparin natriyning 120 XB/mg faolligida 8,3 mg), benzokain – 50,0 mg;
yordamchi moddalar suv – 19,5 mg, qattiq yog‘ (N 15, W 35 markali Vitepsol 11 nisbatda, NA 15, NAS 50 markali Supposir 11 nisbatda) – 1,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun, distillangan monoglitseridlar (Palsgaard 0093) – qattiq yog‘ miqdori 5% gacha.
Ta'rifi
Oqyokisarg‘ish tuslioq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
Gemorroyni davolovchi vosita.
ATX kodi S05AX03
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat, antitrombotik, yallig‘lanishga qarshi va og‘riqsizlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Geparin – bevosita ta'sir qiluvchi antikoagulyant bo‘lib, mahalliy qo‘llanganida tromblar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va paydo bo‘lgan tromblarni kattalashishini to‘xtatadi, yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega. Benzokain mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Tashqi va ichki gemorroidal tugunlarning trombozi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida Nigepan preparatining xavfsizligi aniqlanmagan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal. Ichak o‘z-o‘zidan yoki tozalovchi xuqnadan so‘ng bo‘shalganidan keyin to‘g‘ri ichakka kiritiladi. 1 suppozitoriy sutkada 2 marta qo‘llanadi. Nigepan preparati bilan davolash kursi 10-14 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin
Chiqarilish shakli
Nigepan rektal suppozitoriylar. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramga joylanadi. Ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati tugagach ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.