Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Производитель
Дарница ЧАО
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Miramistin-Darnitsa 50 ml dan sirtga qo‘llash uchun eritma 0,1 mg/ml haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Miramistin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) miramistin
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 0,1 mg miramistin;
yordamchi modda tozalangan suv.
Ta'rifi rangsiz yoki sarg‘ish tusli, tiniq, silkitilganida ko‘piklanuvchi suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar.
ATX kodi D08AJ10.
Farmakologik xususiyatlari
Miramistinning ta'siri asosida mikroorganizm membranalarining lipidlari bilan molekulaning bevosita gidrofob o‘zaro ta'siri yotadi, bu ularning fragmentatsiyasi va buzilishiga olib keladi. Bunda miramistin molekulasining bir qismi, membrananing gidrofob sohasiga kirib, membrananing usti qavatini buzadi, membranani yumshatadi, yuqori molekulyar moddalar uchun ularning o‘tkazuvchanligini oshiradi, ferment tizimlarini ingibitsiya qilib, mikrob xujayrasini ferment faolligini o‘zgartiradi, bu mikroorganizmlarning hayot faoliyatini susayishi va ularning sitoliziga olib keladi. Boshqa antiseptiklardan farqli ravishda, miramistin mikroorganizmlarga nisbatan yuqori tanlab ta'sir qilish xususiyatiga ega, chunki odam xujayralari qobiqlariga deyarli ta'sir qilmaydi. Ushbu samara insonning xujayra membranasini o‘zgacha tuzilishi bilan bog‘liq (ahamiyatli katta uzunlikdagi lipid radikallari, xujayralar bilan miramistinni gidrofobli o‘zaro ta'siri cheklash xususiyatiga ega).
Miramistin grammusbat va grammanfiy, aerob va anaerob, spora hosil qiluvchi va monokulturalar va mikrobli assotsiatsiyalar, shu jumladan gospital shtammlari, ko‘rinishidagi asporogen bakteriyalarga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta'sirga ega.
Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilariga gonokokklar, oqish treponemalar, trixomonadalar, xlamidiyalar, shuningdek gerpes, odam immun tanqisligi viruslariga nobud qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi. Aspergillus oilasi va Penicillum oilasiga mansub askomitsetlarga, achitqi (Rhodotorula rubra, Torulopsis gabrata va boshq.) va achitqisimon (Candida albicans, Candida tropicalis, Candida krusei va boshq.) zamburug‘lar, dermatofitlarga (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Trichophyton verrucosum, Trichophyton schoenteini, Trichophyton violaceum, Epidermophyton Kaufman-Wolf, Epidermophyton floccosum, Microsporum gypseum, Microsporum canis va boshq.), shuningdek monokulturalar va mikrobli assotsiatsiyalar ko‘rinishidagi boshqa patogen zamburug‘larga nisbatan (masalan Pityrosporum orbiculare (Malassezia furfur)) zamburug‘larga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Miramistinning ta'siri ostida mikroorganizmlarning antibiotiklarga nisbatan chidamliligi kamayadi.
Qo‘llanilishi
Xirurgiya, travmatologiya turli hollarga joylashgan va turli etiologiyali infektsiyalangan yaralarni mahalliy davolash; granulyatsiyalangan yaralarni ikkilamchi infektsiyasini oldini olish.
Kombustiologiya II va III A darajali kuyishlarni davolash; kuygan yaralarni dermatoplastikaga tayyorlash.
Akusherlik va ginekologiya tug‘ruqdan keyingi yaralarni, tug‘ruqdan keyingi jarohatlarni yiringlanishini oldini olish va davolash; chot oralig‘i va qin yaralari; tashqi jinsiy a'zolar va qinning yallig‘lanish kasalliklari (vulvovaginit).
Dermatologiya teri va shilliq qavatlarning kandidozi, oyoq kafti kandidozi va katta burmalar mikozini majmuaviy davolash.
Venerologiya jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni (sifilis, gonoreya, genital gerpes) shaxsiy ravishda profilaktikasi.
Otorinolaringologiya o‘tkir va surunkali otitlarni, gaymoritlar, tonzillitlarni majmuaviy davolash.
Stomatologiya parodontitlar, stomatitlarni davolash, olib qo‘yiladigan protezlarni gigiyenik tozalash, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining operativ aralashuvlaridan keyingi mikrobli asoratlarni oldini olishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarda mahalliy qo‘llanadi.
Xirurgiya, travmatologiya, kombustiologiya. Profilaktika va davolash maqsadida Miramistin® bilan jarohat va kuyish yuzalari yuviladi, jarohat va oqma yo‘llari bo‘sh tamponlanadi, antiseptik bilan xo‘llangan doka tamponlar fiksatsiya qilinadi. Davolash muolajasi 3-5 kun davomida sutkada 2-3 marta takrorlanadi. Jarohat va bo‘shliq sutkada taxminan 1 l preparatni sarf qilinishi bilan samarali hisoblanadi.
Akusherlik va ginekologiya. Tug‘ruqdan keyingi infektsiyalarni oldini olish maqsadida tug‘ruqdan oldin (5-7 kun), qinni yuvish ko‘rinishida va 50 ml preparatga bo‘ktirilgan qin ichki tamponlari ko‘rinishida, tug‘ruqdan keyingi 2 soatlik ekspozitsiya 5 kun davomida qo‘llanadi.
Ayollar jinsiy a'zolarining yallig‘lanish kasalliklarini davolash preparat bilan tamponlarni qin ichiga yuborish yo‘li bilan2 hafta davomida, tashqi jinsiy a'zolar terisiga ishlov berish, shuningdek preparatni elektroforez yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Dermatologiya. Teri va shilliq qavatlarining kandidomikozi, oyoq-tovoni va katta burmalarning mikozini davolash sepuvchi uchlik yordamida, 3-4 marta sepish yoki sutkada 2-4 marta applikatsiya yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Venerologiya. Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni shaxsiy profilaktikasi uchunmiramistin eritmasi, agar u jinsiy aloqadan keyin kechi bilan 2 soatdan keyin qo‘llansa samaralidir. Flakon ichidagisi uretral uchlik yordamida siydik chiqarish kanaliga - 2-3 ml (erkaklarga), 1-2 ml (ayollarga), qinga - 5-10 ml 2-3 minutda) yuboriladi. Sonlarning ichki yuzasi, chov, tashqi jinsiy a'zolar terisiga ishlov beriladi.
Otorinolaringologiya. Yiringli gaymoritlarda yuqori jag‘ bo‘shlig‘ini punktsiya qilish vaqtida 10 ml preparat bilan yuviladi. Tonzillitlar va laringitlarni davolashda Miramistin eritmasi bilan tomoqni ko‘p marta chayish o‘tkaziladi. Otitlarda preparatga botirilgan tampon tashqi eshitish yo‘liga 10-14 kun davomida sutkada 4-6 marta kiritiladi.
Stomatologiya. Parodontitlarni davolashda miramistin eritmasi parodontal cho‘ntaklarga, keyingi milklarga 15 minut davomidagi applikatsiya qilish yo‘li bilan turundalar kiritiladi. Zo‘rayishlarda Miramistin® bilan parodontal cho‘ntaklar shprits yordamida yuviladi va abtsess bo‘shlig‘iga preparatli turunda kiritiladi.
Vestibuloplastika va frenulektomiya o‘tkazilgandan keyin, preparat ambulator sharoitda vannochkalar ko‘rinishida qo‘llanadi. Olib qo‘yiladigan protezlarga gigiyenik ishlov berish maqsadida, oxirgisi Miramistin® eritmasida kechasiga qoldiriladi, protezlarni ishlatish oldidan yaxshilab oqar suvda yuviladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ayrim hollarda, 15-20 sekunddan keyin mustaqil o‘tib ketuvchi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydigan qisqa muddatli achishish hissi bo‘lishi mumkin.
Miramistinga yuqori sezuvchanlikda terining mahalliy ta'sirlanish ko‘rinishlari qichishish, giperemiya, achishish hissi, terining quruqligi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Miramistinga shaxsiy sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llashdagi xavfsizlikning tegishli choralari
Venerologiya. Siydik chiqarish kanalini, qinni, sonning ichki yuzasini, qov va tashqi jinsiy a'zolarini Miramistin® bilan ishlov berilganidan keyin 2 soat davomida siyish tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antibiotiklar miramistin bilan majmuada qo‘llanganida, mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini kamayishi kuzatiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni rezorbtsiyasi deyarli yo‘qligi tufayli, Miramistin®ni homiladorlik va emizish davrida qo‘llashga ruxsat beriladi.
Bolalar.
Bolalarni davolash uchun miramistin eritmasini qo‘llash yuzasidan yetarli tajriba yo‘qligi tufayli, u pediatriya amaliyotida qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bildan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Preparatni qo‘llash avtotransportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmasligi bilan xarakterlanadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
50 ml dan flakonlarda, 1 flakondan uretral uchlik bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartiibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Farmatsevticheskaya firma «Darnitsa» XAJ. Ukraina, 02093, Kiyev sh., Borispolskaya ko‘ch., 13.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.