Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Бриллиантовый зеленый, этанол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
ZIYO NUR FARM
Brilliant ko‘kining spirtli eritmasi 1% 20ml Ziyo Nur Farm haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Brilliant ko‘kining spirtli eritmasi
Ta'sir etuvchi modda (XPN) brilliant ko‘ki
Dori shakli
eritma
Tarkibi
faol modda brilliant ko‘ki – 1 g,
yordamchi modda tibbiyot etil spirti 60 % – 100 ml gacha.
Ta'rifi to‘q yashil rangli, spirt hidli tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruxi Antiseptik vosita.
ATX kodi D08AX
Farmakologik xususiyatlari
Yuqori faol va tez ta'sir etuvchi antiseptik vositasi hisobladi. Grammusbat bakteriyalariga nisbatan faol. Suvli muhitda tilla rangli stafilokokk (Staphylococcus aureus) kulьturasiga 110000000 nisbatda halokatli ta'sir ko‘rsatadi, dori vositasining fenol koefitsenti 40000 (fenol koeffitsiyenti bu – bir xil mikroblarga qarshi samara ko‘rsatadigan sinaluvchi vositalar va fenol kontsentratsiyasini nisbatidir, fenol koeffitsiyenti - antiseptik vositalarning faolligini keng tarqalgan baholash mezonlaridan biri hisoblanadi) teng. Brilliant ko‘ki difteriya tayoqchasiga (Corynebacterium diphtheriae) nisbatan yuqori sezuvchan. Organik moddalar mavjud bo‘lganida preparatni faolligi susayadi preparatning faolligini baholashda 10% qon zardobi saqlagan muhitda fenol koeffitsiyenti 120 ga teng bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Operatsiyadan keyingi yangi va shikastlanishlar oqibatidagi chandiqlar, meybomit (govmichcha), blefarit, piodermiya, teri qoplami butunligini buzilishlari, shilinishlar, kesilishlar, saramasli yallig‘lanish, folikulitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Jarohatlangan yuzalarga bevosita surtiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat komponentlariga allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Ko‘zning shilliq qavatiga tushganida – achishish hissi, ko‘z yoshlanishi. Bunday hollarda qaynatib sovutilgan suv bilan ko‘zning shilliq qavatini yuvish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlarigayuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tarkibi
da xlor, yod va ishqorlar (shu jumladan ammiak eritmasi) saqlagan zararsizlantiruvchi vositalar bilan nomutanosib.
Tashqi qo‘llash uchun organik birikmalar saqlagan dori vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda oqsilni aynishi, hamda yangi birikmalar hosil qilishi mumkin. Dori vositalarni faolligi qon zardobida sezilarli darajada susayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qon zardobida preparatni faolligi sezilarli darajada kamayishini nazarda tutish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin. Preparatni shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish lozim, chunki spirt saqlaganligi tufayli achishish hissi, kuchli ta'sirchanlikni chaqirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin
Chiqarilish shakli
10 ml, 15 ml, 20 ml dan eritma (PET yoki shisha) flakonlarda.
Saqlash sharoiti
25 0S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«ZIYO NUR FARM» X.K,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 5/4, telefon/faks (71) – 287–62–22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.