Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Курантил N25 табл п/о 25мг №120 Берлин Хеми (49006##2 325) |
UZS 79 000
UZS 82 300
-4%
Экономия UZS 3 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Germaniya
Производитель
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Kurantil №25 tab qobiq bilan qoplangan 25 mg №120 Berlin Xemi haqida va yo'riqnoma
Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing.
• Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lib qolishi mumkin.
• Agar Sizda keyinchalik savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
• Bu dori preparati faqat Sizga yozib berilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yubormang. Uni qabul qilish ularga zarar keltirishi mumkin, hatto agar kasallik simptomlari Sizniki bilan bir xil bo‘lsa ham.
• Biron bir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida, shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya ta'sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta'riflanmaganlariga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.
Ushbu ilova-varaqaning mazmuni
1.Kurantil® N 25 o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
2.Kurantil® N 25 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Kurantil® N 25 ni qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
5.Kurantil® N 25 ni qanday saqlash kerak
6.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar

Kurantil® N 25 trombotsitlar agregatsiyasiga tormozlovchi ta'sir ko‘rsatadi va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. Preparat qon tomirlarni kengaytiruvchi yengil ta'sir ko‘rsatadi va immun tizimini faollashtiradi.
Kurantil® N 25
-bosh miyada qon aylanishini ishemik tipdagi buzilishlarini davolash va oldini olish uchun
-distsirkulyator entsefalopatiyada
-arterial va venoz trombozni, shu jumladan uning asoratlarini oldini olish uchun
-yurak klapanlarini protezlash operatsiyasidan keyingi tromboemboliyani oldini olish uchun
-asoratlangan homiladorlikda yo‘ldosh yetishmovchiligini oldini olish uchun
-mikrotsirkulyatsiyani buzilishlarida majmuaviy davolash doirasida
-interferon va immunomodulyatorning stimulyatori sifatida gripp va respirator yo‘llarning o‘tkir infektsiyalarida davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladi
2.Kurantil® N 25 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilan kerak
Kurantil® N 25 ni qo‘llash mumkin emas
-dipiridamol yoki ushbu dori preparatining har qanday boshqa komponentlariga (6.1.-bo‘limda keltirilgan) allergiya bo‘lganida
-yaqinda o‘tkazilgan miokard infarktidan keyin
-agar Sizda nostabil stenokardiya bo‘lsa
-agar Sizda koronar arteriyalarining tarqoq stenoz chaqiruvchi aterosklerozi o‘rin tutsa
-agar Sizda subaortal stenoz bo‘lsa
-agar Sizda dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi o‘rin tutsa
-agar Sizda arterial gipotenziya, kollaps bo‘lsa
-agar Sizda yurak ritmini og‘ir buzilishlari o‘rin tutsa
-agar Sizda gemorragik diatez bo‘lsa
-agar Sizda qon ketishiga moyilligi bo‘lgan kasalliklar (me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi va boshqalar) bo‘lsa.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Kurantil® N 25 preparatini qabul qilishdan oldin maslahat uchun shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Bolalar
Klinik qo‘llash tajribasi yetarlicha bo‘lmaganligi tufayli, Kurantil® N 25 preparatini 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Kurantil® N 25 preparatini boshqa dori preparatlari bilan birga qo‘llanilishi
Agar hozirgi vaqtda Siz qabul qilayotganlar/qo‘llayotgan, qabul qilgan/yaqin o‘tmishda qo‘llagan yoki har qanday boshqa dori vositalarini qabul qilgan/qo‘llagan bo‘lsangiz, bu haqida shifokor yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Agar Siz quyidagi dori vositalaridan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorni yoki dorixona xodimini ogohlantirish tavsiya etiladi,
• Arterial bosimni pasaytirish uchun dori preparatlari
• Ksantin hosilalari (masalan, kofe va choy tarkibidagi moddalar)
• Atsetilsalitsil kislotasi (aspirin) yoki klopidogrel (qonni suyultirish uchun)
• Varfarin yoki qon ivishini bartaraf etuvchi boshqa dori preparatlari
• Xolinesteraza ingibitorlari (mushak kuchsizligida qo‘llanadigan vosita)
• Antatsid preparatlar (dispepsiyada qo‘llanadigan vosita)
• Adenozin (yurak kasalliklarida yoki kardiologik tekshiruvlarda qo‘llanadigan vosita)
• Digoksin (yurak kasalliklarida qo‘llanadigan vosita)
• Fludarabin (leykozning ayrim turlarida qo‘llanadigan vosita)
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlikda yoki emizishda, shu jumladan ehtimol yoki rejalashtirilgan homiladorlikda ushbu preparatni qo‘llashdan oldin maslahat uchun shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Homiladorlikda va emizishda Kurantil® N 25 ni faqat xavf va foyda nisbati shifokor tomonidan sinchkov baholangandan keyingina qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Kurantil® N 25 to‘g‘ri qo‘llanganida ham avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishga bilvosita ta'sir qilishi mumkin, chunki qon bosimini tushib ketishi natijasida reaktsiya buzilishi mumkin.
Kurantil® N 25 laktoza saqlaydi
Ushbu dori preparati laktoza saqlaydi. Agar Sizda qandning biron bir turini o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparatni qo‘llashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Doimo ushbu dori preparatini davolovchi shifokor tavsiyalariga muvofiq qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz, shifokorga yoki dorixona ishchisiga murojaat qiling.
Tavsiya etiladigan doza
Trombotsitlar agregatsiyasi kamayishi uchun sutkada 75-225 mg (Kurantil® N 25 plyonka qobiq bilan qoplangan preparatining 3-9 tabletkalari), dipiridamolni bir qancha qabulga taqsimlangan qabul qilish tavsiya etiladi. Og‘ir holatlarda dipiridamolning dozasi sutkada 600 mg gacha oshirilishi mumkin.
Bosh miyada qon aylanishini buzilishini oldini olish va davolash uchun Kurantil® N 25 plyonka qobiq bilan qoplangan preparatini sutkada 3-6 marta (225-450 mg dipiridamol) qabul qilish tavsiya etiladi.
Dipiridamolning maksimal dozasi 450 mg ni tashkil qiladi (Kurantil® N 25 plyonka qobiq bilan qoplangan preparatning 18 tabletkasiga to‘g‘ri keladi) gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infektsiyalarni oldini olish uchun, ayniqsa epidemiya vaqtida, quyidagicha qabul qilish tartibi tavsiya etiladi sutkada 50 mg dipiridamol (Kurantil® N 25 plyonka qobiq bilan qoplangan preparatining 2 tabletkasi) 7 kunda 1 marta 4-5 hafta davomida qabul qilinadi.
Respirator virusli infekitsyalar bilan tez-tez kasallanuvchi patsiyentlarda qayta kasallanishni oldini olish uchun, Kurantil® N 25 ni quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi
sutkada 100 mg dipiridamol (Kurantil® N 25 plyonka qobiq bilan qoplangan preparatning 2 tabletkasidan 2 marta) 8-10 hafta davomida haftada 1 marta qabul qilinadi.
Bolalarda qo‘llanilishi
12 yoshdan kichik bolalarga Kurantil® N 25 preparatini qo‘llash tajribasi yetarlicha bo‘lmaganligi uchun tavsiya etilmaydi.
Qo‘llash usuli
Davolashni asta-sekin o‘sib boruvchi dozadan boshlash kerak, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni esa, sindirmasdan, och qoringa, suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Davolash davomiyligi va doza individual ehtiyoj va o‘zlashtiraolinishiga qarab belgilanadi.
Davolash davomiyligi
Kurantil® N 25 uzoq davolash uchun to‘g‘ri keladi.
Agar Siz Kurantil® N 25 preparatini keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz ushbu preparatni keragidan ortiq miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol davolovchi shifokorga yoki shifoxonaga murojaat qiling. Hatto o‘ramida tabletkalar qolmagan bo‘lsa ham, o‘zingiz bilan dori preparatining o‘ramini olib oling.
Agar Siz Kurantil® N 25 ni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun ikki barobar dozani qo‘llamang.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha keyinchalik savollar paydo bo‘lsa, shifokoringizga va dorixona xodimiga murojaat qiling.
4.BO‘LIShI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘Ya TASIRLARI
Har qanday vositalar kabi ushbu preparat ham, garchi ular hammada ham paydo bo‘lmasa ham nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Kurantil® N 25 preparatii terapevtik dozalarda qo‘llanganida, odatda kutilmagan dori reaktsiyalari yengil va o‘tkinchi xarakterga ega.
Ba'zida qusish, ich ketishi, shu jumladan bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i (shu jumladan qon tomirlarini o‘zgarishi oqibatidagi bosh og‘rig‘i) va mushaklarda og‘riq o‘rin tutishi mumkin. Odatda bu nojo‘ya samaralar Kurantil® N 25 preparati uzoq muddat qo‘llanganida yo‘qoladi.
Kurantil® N 25 o‘zining potentsial qon tomirlarni kengaytiruvchi ta'siri natijasida yuqori dozalarda qon bosimini pasayishini, qizib ketish hissi va yurak urishini tezlashishini, ayniqsa qon tomirlarni kengaytiruvchi boshqa vositalarni qabul qiluvchi shaxslarda chaqirishi mumkin.
Qisqa vaqtli teri toshmalari va eshakemi tipidagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin. Yakka hollarda jarrohlik aralashuvlari vaqtida yoki undan keyin qon ketishga yuqori moyillik kuzatilgan.
Dipiridamol o‘t pufagi toshlari tarkibida bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Quyidagi nojo‘ya ta'sirlarning yakka hollari qayd etilgan
-yurak ishemik kasalligini zo‘rayishi
-stenokardiya
-miokard infarkti.
Nojo‘ya ta'sirlari haqida ma'lumotlar
Har qanday nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu shuningdek ushbu ilova-varaqada ta'riflanmagan har qanday nojo‘ya ta'sirlarga taalluqlidir. Siz nojo‘ya ta'sirlar haqida, shuningdek bevosita «Berlin–Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga Toshkent shahri, 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12-uy (biznes-markazi) manziliga xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya ta'sirlar haqida xabar bergan holda Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma'lumot to‘plashga yordam berishingiz mumkin.
5. Kurantil® N 25 qanday saqlanadi
Ushbu dori vositasini bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak.
3 yil.
Ushbu dori vositasini taxlanadigan karton qutida va shisha flakon etiketkasidagi “goden do” so‘zlaridan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hech qanday dori preparatlarni kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Keraksiz dori preparatini qanday utilizatsiya qilish bo‘yicha dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar
Kurantil® N 25 preparatining tarkibi
Preparatning ta'sir etuvchi moddasi dipiridamol hisoblanadi.
Qobiq bilan qoplangan bir tabletkada 25 mg dipiridamol saqlanadi.
Boshqa komponentlar makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, kraxmal glikolyatining natriyli tuzi, jelatin, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, talk, makrogol 6000, titan dioksidi (E 171) va xinolin sarig‘i (E 104), simetikon emulsiyasi
Kurantil® N 25 preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Yassitsilindrik, dumaloq, plyonka qobiq bilan qoplangan sariq rangli, deyarli yassi parallel yuzali tabletkalar.
Kurantil® N 25 polietilen qobiqli 30 ml li rangsiz shisha flakonlar joylangan qutilarda chiqariladi.
Bir original o‘ramda 120 qobiq bilan qoplangan tabletkalar saqlanadi.
Dori vositasi retsept bo‘yicha beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasining egasi
Berlin-Xemi AG
(Menarini Grupp)
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Germaniya
Berlin-Xemi AG
(Menarini Grupp)
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Germaniya
Menarini-Fon Xeyden GmbX
Leyptsiger Shtrasse 7-13
01097 Drezden

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqaruvchi
Berlin-Xemi AG
(Menarini Grupp)
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Germaniya
Menarini-Fon Xeyden GmbX
Leyptsiger Shtrasse 7-13
01097 Drezden
Germaniya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.